Blackcurse


Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar


Download 41.2 Kb.
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi41.2 Kb.
#215791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shaxs psixologiyasidan mustaqil ish Xojanova

2.Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar. Shaxs xislatlarining bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar asosida turli «shaxs tillari»ning ajratishga, ularni o‘rganishga olib keladi. Shaxslarning tipologiyasini yaratish turli odamlardagi individual psixologik xususiyatlarni topish va ulardagi umumiy belgilar, xususiyatlar asosida ularni ma’lum toifalarga birlashtirishga to‘g‘ri keladi.

Nazariyalar orasida shaxsda ikkita qism, ikkita omilni ajratuvchi yo‘nalishlar ko‘rinarli o‘rin egallagan. Ular shaxs tuzilida ikkita omil, biologik va ijtimoiy omillarni ajratib ko‘rsatadilar.

Ma’lumki, shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lishi bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Ammo ikki faktorni birbiriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, ular birlikni tashkil qiladi, birgalikda yuzaga chiqadi.

Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta’sirida shakllanadi, ammo lekin bir sharoitda tarbiyalangan ikki bola ikkki xil bo‘ladi. Chunki ularning tabiiy qobiliyatlari turlicha bo‘ladi. Demak shaxsning shakllanishiga sotsial omillardan tashqari biologik faktorlar ham ta’sir qiladi. Bu ikki narsa bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.

Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manbai masalasini hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik kontseptsialarini nomini olgandir. Biogenetik kontseptsiya inson shaxsning rivojlanishi biologik, asosan rasmiy omillar bilan belgilanishga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojalanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo‘lish xususiyatiga egadir. Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy taasurotlarning ro‘y berishdagi ba’zi bir xususiyatlarga harakat sur‘atining xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarining muayyan kompleksiga ham moyil (birovlardan jinoyat qilishga boshqalarga ma’muriyatlik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazi) bo‘ladi. Kishida guyo uning psixik holati shakllargagina emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan psixik rivojalanish bosqichlari va ularning ro‘y berish tartibi oldindan belgilab qo‘yilgan emish.

Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak- atrofdagi ijtimoiy mohiyatning bevosita ta’sir natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblanadi. Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiya kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligini hisobga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudodga xos sust rol uynashigina mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo‘lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarga bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarga aniqlanadi.

Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi jamiyatda ro‘y beradi. Individning shaxs bo‘lishi yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo‘lish kabi ehtiyoji aynan jamoda to‘laqonli qondiriladi.

Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo‘yilan maqsadlarda muvofiq tarzda yo‘naltirib boradi va uyushtiradi.




Download 41.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling