Blog yuritishning 12 foydasi
Download 16.09 Kb.
|
Blog yuritishning 12 foydasi
Blog yuritishning 12 foydasi 22:48 / 10.05.2021 Blog yuritish – anchagina foydali mashgʻulot. Quyida buning sabablarini sanab oʻtamiz: 1. Oʻzingizni rivojlantirish imkoniyati Blog yuritar ekansiz, ommaga qaysidir jihatlaringizni koʻrsatishga harakat qilasiz. Sizni qiziqib kuzatib borishlari uchun shaxsiy sifatlaringiz ustida ishlashga va imkoniyatlaringizni roʻyobga chiqarishga toʻgʻri keladi. Buning uchun kun kelib blogingizga rahmat aytasiz. 2. Yangi maqsadlar paydo boʻladi Blog yuritish jarayonida yana-da koʻproq odamni jalb qilish ishtiyoqi paydo boʻladi. Odamlarga ochilib borar ekansiz, qoʻrquv va shubhalaringizni yengishga ham erishasiz. 3. Doimiy ta’lim Blog yuritish uchun ba’zi koʻnikmalarni oʻzlashtirish va rivojlantirishga toʻgʻri keladi. Masalan, fikringizni ifodali va chiroyli yetkazish, sifatli foto va videolar olish, blogni biror soha boʻyicha yuritayotgan boʻlsangiz – shu sohani yana-da chuqurroq oʻrganish kabilar yuz berishi mumkin. 4. Zamon bilan hamnafaslik Blogerlar odatda dizayn hamda texnologiyalar borasidagi trendlarni hammadan oldin bilishadi. Shuningdek, odamlarning kayfiyati, istaklaridan ham xabardor boʻlishadi. 5. Yangi odamlar bilan tanishuv Blog yuritish jarayonida turli-tuman ajoyib, iqtidorli odamlar bilan tanishishingiz, shuningdek, muvaffaqiyatli blogerlar bilan ham aloqa oʻrnatishingiz mumkin. Sizni tan olishganida, maqtashganida oʻzingizga ishonch ancha yuksaladi. 6. Chet tillarini bilish koʻnikmangizni rivojlanish Sohangiz borasida chet tillaridagi bloglarni kuzatib borsangiz, til bilish darajangiz ham oshadi. Ulardan blog yuritishni oʻrganar ekansiz, qanday qilib xorijiy tilni oʻzlashtirayotganingizni sezmay qolasiz. 7. Kasbiy aloqalarning oʻrnatilishi Blog – kasbiy koʻnikmalaringizni namoyish qilish uchun ajoyib maydon. Aynan blogingiz orqali sizga kasbingizga oid takliflar bilan kelishlari mumkin. 8. Shaxsiy brend yaratish Bloglarning ortida odam borligi his qilingani uchun, auditoriya ularga ishonadi. Kiyim, kitob, kafe, turistik manzillarni aynan sizning tavsiyangizga ishonib tanlashlari mumkin. Muhimi, samimiy va toʻgʻrisoʻz boʻlishingiz. 9. Foyda keltirish imkoniyati Blogingiz axborot manbasi boʻlmasa ham, soʻzlar, xatti-harakatlaringiz orqali odamlarni ilhomlantirishingiz mumkin. Bu shubhasiz, kimgadir yordam berishdir. 10. Ijodiy jarayondan lazzatlanish Blog yuritishni boshlar ekansiz, bir necha faoliyatni qamrab oladigan ijodiy olamga kirib borasiz. Ijodiy fikrlashingiz oʻsadi. 11. Intizom va rejalashtirish koʻnikmalarining rivojlanishi Blogni yuritayotganda rejalashtirishga toʻgʻri keladi. Ish va dam olish borasida shaxsiy qoidalaringiz vujudga keladi – oʻzingiz bilan yaxshiroq tanishasiz. Rejasiz hayot, rejasiz blog – bu faoliyatni eplolmasligingizga olib kelishi mumkin. 12. Qoʻshimcha daromad manbasi Blog yuritish – oson emas. U moddiy va ma’naviy mukofotga loyiq. Yuqoridagi holatlar sizda kuzatilsa, blog ortidan pul topish ham albatta kuttirib qoʻymaydi. Qalbingizni, vaqtingizni, kuchingizni bergan blogingiz, albatta, daromad keltiradi. Download 16.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling