Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi


Download 25.81 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi25.81 Kb.
#1010123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
blokcheyn

Blokcheyn – bu markaziy boshqaruv organiga ega bo‘lmagan xolda ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o‘zgartirish imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir.
Blokcheyn – tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini (raqamli konveerni) anglatadi.
Blokcheyn – bu tranzaksiyalarning taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, uni juda katta va markazlashmagan «grossbux» bilan solishtirish mumkin. Unda internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda himoyalanganlar va avtonom ravishda saqlanadilar. Ammo bu jarayonlarni nazorat qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv, xronologik tartibda tuzilgantaqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan ishonch (konsensus) asosida falsifikatsiyadan himoyalangan. Tarmoqning har bir ishtirokchisi kvazireal muhitda «grossbuk»ning aktual nushasiga ega bo‘ladi va uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa chiqarishimiz mumkin:


  • Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi.


  • Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir.


  • Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir.




Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz:




  • Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr bo’ladi.


  • Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish – blokcheyn hech qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin qolmaydi.


  • Konsensus: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan tashkilotning qarori emas.


  • O‘zgarmaslik va doimiylik: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish mumkin emas.


  • Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik: ma’lumotlar, amallar va konsensus bir-biridan ajratilgan.



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling