2008-2013: Blockchain 1.0: bitkoinlarning paydo bo’lishi. Bitkoin va blokcheyn bitta narsa emas, ulardan biri bittasi kriptovalyuta hisoblanadigan bazaviy texnologiya sifatida ko’riladi. Blokcheyn evolyutsiyasi: faza 2 - shartnomalar 2013-2015: Blockchain 2.0: Ethereumni ishlab chiqish. 2013 yilda Vitalik Buterin tomonidan qo’shimcha funksional imkoniyatlarga ega bo’lgan bitcoin yaratildi. Buterin Ethereumga Bitkoindan farqlanadigan qo’shimcha funksiyani qo’shdi, bu funksiya odamlarga kontrakt kabi boshqa aktivlarni qo’shish imkonini beradi. Yangi funksiya Ethereumga kriptovalyutadan markazlashmagan ilovalarni yaratishgacha bo’lgan imkoniyatni berdi. Ethereum blokcheyni smart-shartnomalar va markazlashmagan ilovalarni qo’llash orqali katta hajmdagi kunlik tranzaksiyalarni ishlab topish imkonini beradi. Blokcheyn evolyutsiyasi: faza 3 - ilova 2018: Blockchain 3.0: kelajak Blokcheyn ilovalaridan biri Xitoyda ishga tushirilgan, birinchi ochiq kodli markazlashmagan blokcheyn platformasi sifatida e’lon qilingan NEO ilova hisoblanadi. NEO xitoy Ethereum sifatida tanilgan. Buyumlar Internetining rivojlanishi natijasida IOTA platformasi ishlab chiqildi. IOTA kriptovalyuta platformasi Buyumlar Interneti ekotizimi uchun optimallashgan bo’lib, tranzaksiya uchun nol komissiyani taklif qiladi. Quyida keltirilgan tamoyillar biznesda ko’plab masalalarni yechishga ruxsat beradi:
Ishonchsiz tomonlar bilan bitim tuzishda murosaga kelish. Blokcheyn texnologiyasida hech qanday xavf yo'q. Hech kim sizni alday olmaydi. Algoritmlar shunday tuzilganki, har bir blok avvalgisiga bog'liq bo'ladi va yangisi qo'shilganda (bu har bir ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi), registr avtomatik ravishda yangilanadi. Shunday qilib, tomonlardan birortasi o'z majburiyatlarini bajarmasligidan xavotirlanishga hojat yo'q.
Tranzaktsiya tezligi. Blokcheyn yordamida pul o'tkazmalari 2-3 daqiqadan ko'proq vaqtni oladi. "Oddiy" usullardan foydalangan holda, protsedura bir necha kungacha davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |