Bob dastur va dasturlash tillari. Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari


-Rasm 3.File bo’limidan Save as ni tanlaymiz. 4.Ochilgan oynadan ishchi stolini tanlaymiz. 10 -rasm


Download 0.97 Mb.
bet4/18
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 mavzu

9-Rasm
3.File bo’limidan Save as ni tanlaymiz.
4.Ochilgan oynadan ishchi stolini tanlaymiz.

10 -rasm

5.Yangi yaratgan Dasturlar nomli papkani tanlaymiz.



11-Rasm
6.Dasturga nom berib saqlaymiz. (masalan dars_1). Nom berishda joy tashlamaslik kerak, uning o‘rniga tag chiziq (_) dan foydalaning.
12-Rasm
7.Dasturni tekshirish uchun, Run bo‘limidan Run Module ni tanlaymiz.
8.Natija birinchi oq oynada hosil bo‘ladi. (Natija har doim birinchi oynada
ko‘rsatiladi.)

13-Rasm
Dasturimiz natija berdi, demak kodlarni to‘g‘ri kiritdik. Agar yozilgan dasturga biror o‘zgartirish kiritsak klaviaturadan Ctrl+S klavishlar birikmasini bosgan holda saqlab, yana Run bo’limi orqali qayta ishga tushirish mumkin.

    1. Python dasturlash tili sintaksisi.

Python dasturida ishlash tartibi quyidagicha ekan:
1.Puskdan Python 3.7 ni topib, undan IDLEni ishga tushirish
2.Ochilgan oynaning File bo‘limidan New File ni tanlash (File →New File )
3.Yangi ochilgan oynaga kodlarni kiritish va saqlash (ishchi stolida yaratilgan yangi papkaga, masalan Dasturlar nomli papkaga ) (File → Save as →Ishchi stoli (Рабочи стол ) →Yangi yaratilgan papka (Dasturlar) →Dastur nomi (dars_1) →Сохранить (saqlash))
4. Dasturni ishga tushirish (Run →Run Module)
5.Natijani tekshirish 6.Agar dasturga biror o‘zgartirish kiritilsa klaviaturdan CTRL+S klavish birikmalari yordamida qayta saqlash.
7.Har doim yangi dastur yaratilayotganda yuqoridagi tartiblar takroran bajariladi.
8.Keyingi darslarda dasturni ishga tushiramiz deyilganda yuqoridagi tartiblar tushuniladi.
9.Ma’lumotni har safar kiritayotganimizda (dastur natijasini tekshirishda) enter klavishini bosamiz.

. Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:



  • O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;

  • Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;

  • Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;

  • Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi;

  • Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;

  • Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;

  • Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin;

  • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qulayligi: Python barcha a’lumotlar bazasini qo‘llab quvvatlaydi;

  • GUI dasturlashni amalga oshirish imkoniyati: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi;

  • Moslashuvchanligi: Python qobiq buyruq fayliga qaraganda, katta dasturlarga yanada yaxshi moslashish va ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi;

  • Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun bytekodga to‘planishi mumkin;

  • Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • Chiqindilarni avtomatik ravishda to‘plashni va ularni tozalashni qo‘llabquvvatlaydi (musorosborshik funktsiyasi);

  • C, C++, Java va PHP kabi dasturlash tillari bilan osonlik bilan bog‘lanishi mumkin.

Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan o‘rganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy bo‘lgan til hisoblanadi. Ya’ni, til o‘rganishni boshlovchilar uni osonlik bilan o‘rganishlari mumkin, shu bilan bu til yordamida ancha-muncha jiddiy amaliy loyihalarni ham amalga oshirish mumkin.
Python dasturlash tili sintaksisi o`zi kabi juda sodda:
 Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas)
Pythonda sintaksis juda sodda tuzilishga ega. Quyida “Salom dunyo” gapini ekranga chiqaruvchi kod ko’rsatilgan:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling