Bob. Integral mikrosxemalar
Download 175.06 Kb.
|
Ma\'ruza 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dijfuziya
Termik oksid/ash. Termik oksidlash - kremniy sirtida oksid (SiO,) qatlam (parda) hosil qilish maqsadida sun'iy yo') bilan oksidlashda·n iborat jarayon. U yuqori ( I 000--:-1200) °C temperaturalarda kechadi.
IMSlar tayyorlashda SiO, qatlam bir necha muhim funksiyalarni bajaradi: sirtni himoyalovch( qatlam; niqob vazifasini bajarib, undagi tirqishdan zarur kiritmalar kiritiladi; MOY - tranzistorlarda zatvor ostidagi yupqa dielektrik qatlam sifatida ishlaydi. Legirlash. Yarimo'tkazgich hajmiga kiritmalarni kiritish jarayoni legirlash deb ataladi. I MS Jar tayyorlas'.1da legirlash sxemaning aktiv va passiv elementlarini hosil qilish uchun, zarur o'tkazuvchanlikni ta'minlash uchun kerak. Legirlashning asosiy usullari yuqori temperaturalarda kiritrnalar atomlarini diffuziyalash va yuqori energiyali ionlar bilan bombardimon qilish (ionlarni kristall panjaraga kiritish) dan iborat. Dijfuziya yordamida legirlash butun kristall yuzasi bo'ylab yoki niqobdagi tirqishlar orqali ma'lum sohalarda (lokal) amalga oshiriladi. Ion /egirlash yetarli energiyagacha tezlatilgan kiritma ionlarini niqobdagi tirqishlar orqali kristalga kiritish bilan amalga oshiriladi. Ion legirlash universalligi va oson amalga oshirilishi bilan xarakterlanadi. Ionlar tokini o·zgartirib legirlovchi kiritmalar konsentratsiyasini, energiyasini o'zgartirib esa - legirlash chuqurligini boshqarish murnkin. Yemirish. Yarimo'tkazgich, uning sirtidagi oksidlar va boshqa birikrnalami kimyoviy moddalar hamda ulaming aralashmalari yordamida eritib tozalash jarayoniga yemirish deyiladi. Yemirish yarimo'tkazgich sirtini tozalash, oksid qatlamda "darcha"lar ochish va turli ko'rinishga ega bo'lgan "chuqurchalar" hosil qilish uchun qo'llaniladi. Yarimo'tkazgich sirtini tozalash va "darcha"lar hosil qilish uchun izotrop yemirishdan foydalaniladi, bunda yarimo'tkazgich barcha kristalografik yo·nalishlar bo'ylab bir xii tezlikda eritiladi. Ba'zan yarimo'tkazgichni turli kristalografik yo'nalishlar bo'ylab turli tezlikda eritish va natijada turli ko'rinishga ega bo'lgan "chuqurcha"lar hosil qilish zarur bo'ladi. Download 175.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling