Bob. Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga oid chizgilar Shoir yashagan davr va adabiy muhit


BOB. Shoir she’riyatida an’ana va ijodiylik


Download 55.96 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi55.96 Kb.
#1580728
1   2   3   4   5
Bog'liq
Komil Xorazmiy1

BOB. Shoir she’riyatida an’ana va ijodiylik

  1. Komil Xorazmiy she’rlarida ijtimoiy muammolarning aks etishi

Komil ijodining mavzuasi xilma-xil. Biz unda murakkab hayot, dunyoni anglay olmasdan, undagi haqsizliklardan dodlaguvchi, hasrat qilguvchi otashin yurak sadosini, jamiyat, ochkoʻzlik, baxillik, hasadgoʻylik, laganbardorlik kabi xususiyatlar qoralanib, kishilarni himmatli boʻlish, insof va vijdonga chaqirish tuygʻularini koʻramiz. Qisqa qilib aytganda, yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik oʻrtasidagi kurash shoir ijodining asosiy magʻzini tashkil etadi. Bu hodisa shu davr yozuvchilarini bizga ulugʻ, ilgʻor qilib koʻrsatish bilan birga, ularning tarixiy chegaralanganligidan ham darak beradi. Inson qalbining oʻlmas, abadiy samarasi muhabbat, intim lirika Komil ijodida ham salmoqli oʻrin olgan. Bu sohada u chinakam inson tuygʻularini oʻziga xos yoʻsinda juda yoqimli qilib bera oldi. Komil xon bilan bir necha bor Rossiya va Toshkent safarida boʻldi. Shunda rus xalqi va boshqa xalqlar hayotiga juda diqqat bilan nazar soldi. 1883 yilda Komil Xorazmiy Muhammad Rahimxon II bilan birga Moskva, SanktPeterburg shaharlarida bo‘lib, rus xalqi madaniyati va hayotini o‘rganadi hamda ilg‘or madaniyat, sanʼat namunalarini Xivada ham yo‘lga qo‘yish ishini xonga targ‘ib qiladi. Safardan qaytgach, u Xivada rus-tuzem maktabi ochilishiga rahnamolik qildi9. Xivadagi maktabda 1887 yilda 11 ta o‘quvchi taʼlim olgan.5 1891 yilda Komil Xorazmiy tashabbusi bilan Xivada ochilgan rus-tuzem maktabi to‘g‘risida “Turkiston viloyatining gazeti” shunday xabar bergan: “…Xiva mamlakatida Rusiya tilini o‘rganmoqning boshlanishini xohlab, Rusiya tilida taʼlim beradurgon maktabxona ochib, ul maktabda o‘n bola uchun joy va xarajat taʼmin qilinibdur. Ushbu yil aprel oyida Turkiston viloyatidagi tamomi Rusiya madarasasi va maktabxonalarining noziri…Xivaga borib …mazkur maktabni ko‘ribdur… Xon (Feruz) andin Xivaga bir o‘ris domlasi yubormoqni iltimos qilibdur. Shul sababdin Rusiya tili va ilmi hisobini o‘rgatmoq uchun ushbu yil Toshkand shahrida Uchitelskaya seminariyani juda yaxshi xatm qilg‘on qozoq musulmon Xusayn Ibrohim o‘g‘lini maktabxonaga domlalikka tayinlabdur”. Bu esa Xiva anʼanaviy muhiti uchun, kichik bo‘lsa-da, islohot edi. Yaʼni, o‘z vaqtida Feruzga sheʼriy kechalar o‘tkazib ovunishni maslahat bergan Komil Xorazmiy qarashlarida yangiliklar sari o‘zgarishlar yuz beradi: u Rossiya safaridan keyin maorif sohasida modernizatsiyaga intila boshlaydi. 1892 yili Komil Xorazmiy Toshkentga keladi va tipolitografiya, teatr, gimnaziya va maktablar, kasalxonalar, gazetalar muharriyati ishi bilan tanishadi. O‘rta asr anʼanalari ichida yashayotgan Xiva saroyi muhitidan Toshkentga kelgan shoir o‘z yurtdoshlari, butunlay yangi, zamonaviy bir sharoitda yashayotganlariga guvoh bo‘ladi. Komil Xorazmiy 1898 yil sentyabda Toshkent shahridan olgan taassurotlaridan to‘lqinlanib, “Toshkent” radifli qasidasini yozadi. Unda Toshkent shahrini madh qiladi. Samarqand “yer yuzining sayqal topgan go‘zal maskani” (“Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast”) degan ibora mashhur bo‘lsa-da, Toshkent tog‘lari bilan chiroyda undan qolishmasligini qayd etadi:
Garchi debdurlar Samarqand sayqali ro‘yi zamin,
Xorij ondin ko‘horo uzra hisori Toshkand.6
Toshkentni go‘zallikda hech bir shaharga qiyoslab bo‘lmasligini taʼkidlaydi:
Loyiq ermas oni tashbih aylamak hech shahrga,
Aylasa har yerga tashbih o‘lg‘ay ori Toshkand.
Aylamak oni Buxorog‘a barobarkim base,
Yaxshidur asbi Buxorodin himori Toshkand.
Xiva adabiy muhitida o‘z yurti Xorazmga bag‘ishlab, uni madh etib sheʼr yozish anʼanasi mavjud edi. Masalan, Munis Xorazmiyning (1778–1829)15 “Xorazm” radifli qasidasi mavjud. Yana Shaydoiy taxallusli shoir 1290/1873 yilda Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi haqida ham “Xorazm” radifli sheʼr yozgan16. Komil Xorazmiy Xorazmga atab maxsus sheʼr yozganligi bizga maʼlum emas. U “Toshkent” radifi asosida bu shaharni madh qilib qasida yaratish orqali Xiva adabiy muhitidagi mavjud anʼanaga amal qilgan.
Shoir Toshkent muhitidagi zamonaviy jihatlarga diqqatini qaratadi. Toshkentda erkagu ayollar sayr qilib yurganliklari, yaʼni odamlar uchun erkin sharoit mavjudligiga havas qiladi:
Sayr etarlar onda yuz ming erkaku qizu juvon,
Barchasi ilmu hunarda nomdori Toshkand.
Bundan tashqari Komil Xorazmiy qasidasida Toshkentdagi zamonaviy buyum, narsalarga qoyil qolganligini taʼkidlaydi. Bular jumlasiga limonad ichimligi va fonar taʼriflarini kiritish mumkin. Sharqda devon tuzish ma‘lum an‘anaga ega edi. Jumladan, she‘rlar dastlab
janrlar bo`yicha (g`azal, ruboiy, tuyuq kabi), so`ng esa ularning har biri ichki alifbo
tartibi (qaysi harf bilan tugashiga qarab) bilan joylashtirilgan. She‘rlarning,
chunonchi g`azallarning g`oya va yo`nalishi, mavzu-mazmuni ham belgilab
qo`yilgan edi. G`azal aksariyat ishq haqida yoziladi. Ishq esa ikki mazmunni:
«ishqi ilohiy», «ishqi majoziy»ni anglatadi. Birinchisi Olloh ishqi, Xudoni sevish,
ikkinchisi erdagi go`zalga oshiqlik edi. Har ikkisining ifoda vositalari, obraz
timsollarida o`xshashlik bor. Qolaversa, tasavvuf ta‘limoti bo`yicha, borliq, inson
yoki go`zal yor ham Haq jamolining jilvasi. Demak, unga muhabbat Ollohga
bo`lgan ishq darajasiga etishi kerak.
Shoirlar o`z salohiyatlarini ko`proq mana shu doirada namo-yish etar edilar.
Komil g`azallarida ham bu mavzu keng o`rin egallaydi.
«Ayn»u «shin»u «qof»inga to bo`ldi ko`nglum mubtalo
«Dol»u «ro»u «dol»u hajringdin dame erman judo,-
deb boshlanadi shoirning bir g`azali. YA‘ni «ayn», «shin», «qof»— «ishq»inga
ko`nglum mubtalo bo`lganidan buyon «dol», «ro», «dol»— «dard»u hijroningdin
bir nafas (dame) ham holi emasmen, demoqda shoir. She‘r boshdan ohirigacha shu
tarzda harflar o`yini bilan davom etadi. Bunday usulni sharq she‘r ilmida kitobat
san‘ati deganlar. Mana, yana bir bayt:
Yuzung mushafi sharhi o`lg`ay necha –
Kitobu kitobu kitobu kitob.
Mushaf Qur‘ondir. Shoir yor yuzini muqaddas Qur‘on sahifasiga tashbih
etyapti. U sharh etilgudek bo`lsa, necha-necha kitob bo`ladi, demoqchi. Mazmunda
ilohiy ishq jilva qilyapti. Muayyan so`zning muayyan o`rindagi takrori ham san‘at.
Bunday usulni mu-karrar san‘ati deydilar. U kerakli fikrni kuchaytirishga хizmat
qiladi.
Shoir yor ta‘rifida an‘ana izidan borib, chiroyli tashbihlar, manzaralar yaratdi:
Jonbahsh la‘ling ustida ul holi hindularmudur,
Yo chashmai hayvon uza zog`i siyahmo`larmudur.
La‘l - qizil qimmatbaho tosh, yoqut. Uni shoirlar yorning labiga qiyos
qilganlar. Bu la‘l oshiqqa jon bag`ishlaydi. Shuning uchun u jonbahsh. Qora holni
«holi hindu» deganlar. Shoir yorning labi ustidagi qora holini ta‘rif etmoqda.
Hindu qo`riqchi ma‘nosida ham keladi. La‘lni (qimmatbaho narsani) qo`riqlash
uchun qo`yilgan posbon ma‘nosi ham bor. «Chashmai hayvon» — hayot suvi. Bir
ichgan kishi aslo o`lmaydigan obihayot. Zog`i siyahmo` - qora qarg`a. Lab va
uning ustidagi hol obihayot va uning bo`yidagi qora qarg`aga tashbih etilyapti.
Shoir yor siymosi—timsolini beryapti. Jumladan, lab va holini ta‘rif etyapti.
Ta‘rif boshdan ohirigacha tashbih (o`hshatish) asosiga qurilgan, «mudur»
qo`shimchasi esa unga so`roq ma‘nosini beradi, «yo» ayiruv bog`lovchisi so`roqqa
yangi ma‘no yuklaydi. Shoir go`yo galga soladi: undaymikin, bundaymikin, —
deyayotgandek bo`ladi. Ya‘ni: jon bag`ishlovchi labing ustidagi qora holmidir yoki
obihayot bo`yidagi qora qarg`ami? Bunday usulni tajohuli orif (bilib bilmaslikka
olish) deydilar. Shoir ikki fikrni o`rtaga qo`yib, bittasini aniqlashtirmoqchidek
tuyuladi. Lekin aslida ikkala fikrni ham tasdiqlatib oladi. Tajohuli orif she‘riyatda
keng tarqalgan poetik san‘atlardan. «Ahbob» («Do`stlar») radifli g`azalida
umrning g`animatligi, do`stu yorning qadriga etmoq kerakligi haqida gap ketadi.
SHe‘r shunday boshlanadi:
Tugunglar bir-birovning suhbatini mug`tanam, ahbob,
Ki barcha bo`lg`umiz navbat bilan bir-bir adam, ahbob.
SHe‘rni o`qir ekanmiz, buyuk Navoiyning:
Ki bir kun bo`lurmiz adam, ey rafiq,
G`animat tutoli bu dam, ey rafiq, -
degan satrlari yodga tushadi. She‘rni o`qiy boshlaymiz. Xo`sh, nima qilmoq kerak,
degan hayol bizni bezovta qila boshlaydi. Komil «Oftob» radifli she‘rida bu fikrni
davom ettirib, to`g`ridan-to`g`ri shohga murojaat qiladi:
Ey shoh, g`arra bo`lma jahon tahtu johiga,
Gar bo`lsa afsaring qamaru gavhar-oftob.
(Ey shoh, boshdagi tojing oyu, uning gavhari -oftob bo`lganida ham bu dunyoda
tahtu boyligishta bino qo`yma, mag`rurlanma.) Xo`sh, nima qilmoq kerak? Yo`l
bitta. Har bir narsadan ibrat olmoq zarur. Umrni qadrlamoq, yahshilik yo`lida sarf
etmoq kerak. Do`stlikning qadriga etmoq lozim. Qani buni eshitadigan odam? Qani ajdodlar tarixidan hulosa chiqaradigan avlodlar? Hubbi dunyo baski, Komil, kar qilibdur xalqni, Hech kim olmas quloqg`a durri shahvori hadis. (Ey Komil, mol-dunyo hirsi xalqni shu qadar kar kilibdurki, hech kishi hadis atalgan shahvor durni qulog`iga olmaydi.) Ko`rinyaptiki, Komil tasavvuf bilan bir kdtorda ahloq, pand-nasihat masalalariga ham alohida diqqat qiladi. Komil lirikasida muhabbat mavzui ayricha o`rin tutadi. Komil bu mavzuda g`azal, murabba‘, muhammas, mustazod, masnaviy, musabba‘ va boshqa shakllarda ko`plab asarlar yaratgan. Shoirning «Turkiston viloyatining gazeti»da 1891 yil 6 sentyabrda e‘lon
qilingan dastlabki uch she‘ri shu mavzudagi asarlardan iborat ekani хarakterlidir.
Sharq mumtoz she‘riyatining eng yahshi an‘analari ruhida kamol topgan bu ulkan
qalam sohibining muhabbat lirikasida, bir tomondan Navoiy, Fuzuliy, Munis,
Ogahiy kabi azamat shoirlar yaratgan she‘riy timsollardan mahorat bilan
foydalanilsa, ikkinchi tomondan, ularda Komil qalamigagina hos bo`lgan noyob
timsollarni, xilma-xil badiiy kashfiyotlarni ko`ramiz. She‘riy asar sohibining mahorati, odatda, o`zidan oldingi yirik san‘atkorlar
kashf etgan timsollarning ular nigohidan pinhon qolgan yangi jihatlarini ochishdan
iborat bo`lsa, balo-g`at cho`qqisiga ko`tarilgan chog`larida ular o`sha oldingi yirik
san‘atkorlardan meros qolgan timsollarni inkor etish, ularga aks tarafdan
yondoshish orqali ham o`quvchi qalbini rom etadilar. Navoiyning «Bo`lmangiz»
radifli mashhur g`azaliga tah-mis bog`lagan Komil har bandda ulug` shoir
g`azaliga shunday mis-ralarni zargarona payvand qiladiki, natijada ular bitta qalam
sohibi ijodining mahsulidek yangraydi. Bu hol tahmis bog`lagan shoirning ulkan
mahoratidan, o`z salafi egallagan yuksak cho`qqiga ko`tarila olganidan dalolatdir.7
Mana o`sha bandlar:
Olam ahlidin vafo osorini qilmang gumon,
Naqd umrim sarf etib qildim alarni imtihon,
Uzlat istab ahli olamdin qoching boricha jon,
Oshnolig` aylabon o`z joningizg`a har zamon,
Boisi yuz ming balou mehnatu g`am bo`lmangiz.
Garchi Komil bo`ldi furqatdin alil, ey, ahdi vasl,
Hajr o`tig`a tushti andog`kim Halil, ey, ahli vasl,
Lek topti yor vaslig`a dalil, ey, ahli vasl,
Gar Navoiy hajr aro bo`ldi zalil, ey, ahli vasl,
Endi navbat sizgadur, muncha muazzam bo`lmangiz.
Komilning:
Ohkim har kimg`a molu jonimi qildim fido,
Qildilar yahshilig`img`a ming yamonlig` borho, —
matla‘i bilan boshlanadigan bir g`azali buyuk Navoiyning:
Kimga jonimni fido qildimki, jonim qasdig`a
Har tarafdin yuz tuman tiyg`i jafosin ko`rmadim, -
baytidagi inson qalbi qa‘riga yashiringan alamli tuyg`ularni cheksiz iztirob bilan
ifodalashda buyuk ustozga munosib shogird ekanligini ko`rsatadi.
Fuzuliyga tatabbu tarzida bitilgan bir g`azalida Komil:
Sunbul erurmu sarvg`a chirmashib o`sgan bog` aro,
Yohud chirmashgan qadingga shabrang gisularmudur?
Hayroni diydoring bo`lub turmish qoshingda xo`blar,
Yo`q ersa ko`yg`on o`tru mashshota ko`zgularmudur? -misralarini bitarkan, mahbuba qaddini qurshab turgan o`rim sochlarni bog`da
sarvga chirmashib o`sgan sunbulga, yor husniga hayron bo`lib turgan go`zallarni
uning husnini yanada jilolantirish uchun jam bo`lgan mashshotalarga o`xshatadi va
Fuzuliyga munosib o`ziga hos noyob tashbihlar yaratadi. Komilning betakror san‘atkorlik mahorati uning kuylar bastalanib, yuz yildan ortiq muddat ichida eng mashhur honandalar tomonidan honish etilib kelinayotgan g`azal va muhammaslarida yana ham yaqqol namoyon bo`ladi. «Qo`qon ushshoqi»ga solinib, tinglovchilar orasida, ayniqsa, keng shuhrat qozongan: Yuzung firoqidin, ey rashki mehri rahshonim, Qorong`udir kecha-kunduz bu baytul ahzonim, - matla‘li g`azali ham go`zal she‘riy kashfiyotlar yaratilganligi bilan ajralib turadi. Bo`lur ko`zimg`a gul - o`t, sarv - o`q chaman ichra, Nedinkim qaddu yuzingdur meni gulistonim. Yuzung quyoshidin ayru gar o`lsa yuz hurshid, Munavvar o`lmoqi mumkin emas shabistonim, - baytlarining birinchisida mumtoz she‘riyatdagi an‘anaviy tim-sollar: ya‘ni
mahbuba ruhsorining gulga, qaddining shamshodga tashbih etilganligi Komilni
aslo qanoatlantirmaydi. Oshiq -muallifning idrokicha, chamanda gulu sarv
bo`lsayu mahbuba bo`lmasa, bu chaman chaman emas: u gulni o`t-o`lan, sarv
og`ochini esa o`q sifatida qabul etadi, chunki mahbubaning ruhsoriyu qaddi
bo`lsagina chaman chaman bo`la oladi. Ikkinchi bayt ham mumtoz she‘riyatdagi
ko`rkam timsollardan birini, ya‘ni mahbuba chehrasining olamni munavvar etuvchi
quyoshga tashbih etilishini keskin rad qilishi bilan e‘tiborga loyiq. Shoir fikricha,
qorong`u kechani yoritishga qodir yagona quyosh - yor yuzining quyoshi bo`lmasa,
olamni nurga to`ldiruvchi yuzta quyosh baravar osmonga chiqsa ham oshiqning
zulmat kechasini yoritishga qodir emas. Bu Komil she‘riyati uchungina emas, balki
butun mumtoz she‘riyatimiz uchun ham yangicha talqindir.
Xorazmlik buyuk honanda Komiljon Otaniyozovdan boshlab yuzlarcha
hofizlarning eng sevimli honishlaridan biri Komil qalamiga mansub «Kimni sevar
yorisan» nomli sho`hshang qo`shiqdir. Undagi:
Qaysi falak burjini mehri pur anvorisan,
Qaysi sadaf durjini gavhari shahvorisan,
Qaysi Xo`tan ohusi, nofai totorisan,
Qaysi chamanzorni lolavu gulnorisan,
So`yla mang`a, ey sanam, kimni sevar yorisan?
Qomatinga bandadur bog` aro sarvi ravon,
La‘l labing rashkidin g`uncha erur bag`ri qon,
Chunki chaman sahnida bo`lsa yuzung gulfishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli behonumon,
So`yla mang`a, ey sanam, kimni sevar yorisan?
Ayshu nashot istabon g`amga duchor o`lmag`on,
Mehringa dil bastayu zoru nizor o`lmag`on,
La‘li labing shahvdg`a bormu humor o`lmag`on,
Dahr aro yo`qtur sang`a oshiqi zor o`lmag`on,
So`yla mang`a, ey sanam, kimni sevar yorisan? -bandlarida, bir tomondan, mumtoz she‘riyat an‘analarini rad etish orqali yangi
timsollar yaratilsa, ikkinchi tomondan, unda:
«Dahr aro yo`qtur sang`a oshiqi zor
o`lmag`on» singari o`ta ehtirosli va original misralar uchraydi.
Xullas, Komil o`z mahoratining yuksakligi jihatidan ham ko`p asrlik mumtoz
she‘riyatimizda salmoqli o`rin tutadi. Komil devonidan ruboiy, mustazod,
murabba‘, muhammas, musabba‘, muammo kabi poetik janrlar ham o`rin olgan.
Muhammaslari Navoiy, Munis, Ogahiy, Feruz, Rojiy g`azallariga bitilgan. Shoir
aruz vaznining imkoniyatlaridan keng foydalandi. CHunonchi, unda boshqa
shoirlarda uchramaydigan uzun vazn - bahri tavilni ham ko`ramiz. Qisqasi, Komil Xorazmiyning Toshkentga bag‘ishlangan qasidasining vujudga kelishi faqatgina Xiva muhiti xususiyatlari fonida oydinlashadi. XIX asr so‘ngida ham hayotning ko‘pgina sohalarida o‘rta asr anʼanalari ichida yashayotgan Xiva muhitidan chiqqan Komil Xorazmiy uchun Toshkent shahri yangilangan (modern) sharoiti bilan katta taassurot qoldirgan. Xiva muhitidagi anʼanaviylik sabablarini biz yuqorida ko‘rib chiqdik. Ana shunday muhitning g‘arbona yangilanishlarni qabul qilishdan uzoqligi ham Komil qasidasi orqali ko‘rinadi. Komil Xorazmiyning Toshkentga bag‘ishlangan qasidasi zamirida Xivadagi anʼanaviy va Toshkentdagi modern muhitlarning bilvosita qiyoslanishi yotadi. Ayni paytda, Komil Xorazmiyning “Toshkent” qasidasini yaratishi Xiva muhitidagi anʼanaviylikdan uzoqlashish istagi mahsuli sifatida qaralishi mumkin. Hissiyot orqali tafakkurni uyg‘otishni anglagan shoir, xalqning qalb ko‘zini ochish, ularda atrofda bo‘layotgan voqeliklarga faol munosabatda bo‘lishga undadi. Shu yo‘nalishda uning “Tama”, “Fuzalo”, “Juhalo” kabi ijtimoiy-falsafiy mazmundagi g‘azallari yaratildi. Hazrat Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining yettinchi maqolotida: “Tama – gadolar ishi, tamagir esa gadoning o‘zi”1, deya falsafiy-axloqiy qarashlarini ifodalagan. Yoki hazratning “Mahbub ul-qulub” asarining yetmishinchi tanbehida: “Tama ahli nokas, pastkash laimdir”2, degan edi. Ma’lumki hamma zamonlarda ham tamagirlik insonni axloqiy tubanlashtiruvchi illat sifatida qoralanib kelingan. Navoiy asarlaridan ta’sirlanish Komil g‘azallaridagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarida ham ko‘rinadi. Navoiy adabiy-estetik qarashlarini davom ettirgan holda.
Komil Xorazmiy “Tama” radifli g‘azalini quyidagi misralar bilan boshlaydi.
Ey ko‘ngul, zinhor qilma ahli davrondin tama,
Bor esa bu xasta jisminga agar jondin tama.
Komil e’tiroficha, ahli davrondin tama qilish joningni xatarga qo‘yishdir. Misralar “Hayrat ulabror”da ta’kidlangan “Xomtama dahrda ranj chekadi” fikrlarni esga soladi.
Komil fikrlarini davom ettirar ekan, xolis do‘st yo‘qligidan kuyinadi. Do‘stdan yaxshiroq kishing bo‘lmasa, undan tama qilma, deydi shoir:
Chunki yo‘q ermish jahon ahlida xolis do‘stlig‘,
Kimki ondin yaxshiroq yo‘q, aylama ondin tama.3
Komil Xorazmiy tanqidiy qarashlarini davom qildiradi. Shoirlar asl sultonlik bu – qanoatda deydilar. Tamagir shoh esa, gadodan ham pastroq turadi. Raqibidan diyonatni istagan shoh
gado qo‘lidagi nonni tama qilgan kabidir.
Xoni vaslig‘a raqibidin diyonat istamak,
O`ylagan yanglig‘ gado ilkidag‘i nondin tama
Ijtimoiy mazmundagi qarashlar g‘azal xotimasida tasavvufiy-falsafiy g‘oyalar negizida beriladi:
­­­­­­­­­­­­­­­­Olam ichra gar bo‘lay desang aziz-u arjumand,
Aylama Komil juz zilli subhondin tama. Komil Xorazmiyning “Iyd o‘ldi” nomli g‘azali diniy e’tiqodni anglatuvchi, ijtimoiy-falsafiy
qarashlari bilan uyg‘unlikda tasvirlangan. G‘azalda iyd, ro‘za tutish kabi islomiy tushunchalarga munosabat emas, balki shu tushunchalar orqali jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy tengsizlikni ko‘rsatib berishga harakat qildi. Shuning uchun ro‘za, iyd tushunchalari estetik unsur sifatida
emas, shoirning ijtimoiy qarashlarini ochib berishda yordamchi vosita bo‘lgan.
Shoir g‘azalda jamiyatda mavjud ikki qatlam boy va kambag‘al kishilar ahvolotini tasvirlaydi.8
O‘tkardi ro‘zani yebon ahli g‘ino shakar,
Bechoralar saharlik-u iftori bir kuloj.
Xalq turmush tarzini, hayot notekisliklarini, ijtimoiy tengsizlikni bolalar hayoti vositasida
beradi:
Atfoli ag‘niyo olib iydonag‘a tillo,
Qashshoqlar bolasi diram tobmay oldi koj. Tanqidiy fikrlari yakunida, xalqning mushkulini yengil qilishni o‘ylaydi va shoh mamlakatni adl
ila boshqarishini Allohdan so‘raydi:
Yo rab, shahim hukumatin mustadom tut,
Avrangi adl uzra maqom ayla taxt-u toj.
G‘azalda xalqning og‘ir, ayanchli turmush tarzining real tasviri keltiriladi.
“Har soat” radifli g‘azali “Hasbi hol” shaklida yozilgan. Bilamizki, Komil hayot notekisliklarida, past-balandliklarida qiynaldi. Umrining oxirida og‘ir dardga chalinishi bu davrondan ko‘rgan
zulmlarining ta’siri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boshdan o‘tkazilgan g‘am tashvishlar shoir qalbini jarohatladi. G‘amdan iborat xirmon yuki she’rga to‘kildi:
Menga zulmin kam etmas gunbazi davvor har soat,
To‘kar g‘am xirmanin boshimg‘a yuz xirvor har soat.
Ko‘ngli ozorlangan shoir o‘z ahvolotini xalqona ohangda tasvirlaydi:
Kima bir xizmat etsam, aylagay o‘rnig‘a yuz tuhmat,
Asalg‘a, zahr-u gul o‘rnig‘a sanchar xor har soat.
2.2.Komil Xorazmiyning tarjimonlik faoliyati
Komil Xorazmiyning ijodiy faoliyati serqirra. Uning faoliyatida tarjimonlik
ham muhim o`rin tutadi. XVIII asr fors-tojik adabiyoti namunalaridan Mumtoz
taxallusli Barhurdor bin Mahmud Turkman Farohiyning “Mahbub-ul-qulub” (xalq
orasida “Mahfil oro” nomi bilan mashhur) asarini, Mirxondning “Ravzat us-safo” asarlarini o`zbek tiliga tarjima qildi.
Fahriddin Ali Sayfiyning “Latoyifut-tavoyif” (XVI) asarini forschadan
o`zbekchaga o`girdi. Tarjimon Komil asarni qayta ishlab, bir qismini yangilaydi.
Professor Sh. Yusupovning qaydicha, 452 hikoyatdan 345 tasini keltirib, eskirganlarini tushirib qoldiradi. Shu tariqa kitob “Latoyifuz-zaroyif”(Zarif latifalar) nomi bilan tarjima qilinadi. “Latoyif-at tavoyif» ya`ni «Turli toyifalarning latifalari» asari XVI asrda yashab ijod etgan yozuvchilardan Safiyning asaridir. Safiyning asl ismi Faxriddin Ali bo`lib, u mashhur adabiyotchi, Navoiyning zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning o`g`lidir. Safiy bu asardan tashqari «Rashaxot» hamda «Mahmud va Ayoz» asarlarini ham yozgan. «Latoyifat - tavoyif» asari olimlar, shoirlar, shayhlar, darveshlar, qalandarlar va boshqa toyifa kishilar hayotidan olingan kichik xajmdagi hikoyalar va latifalar to`plamidir. Unda A.Jomiy va A.Navoiylar haqida ham ko`pgina hikoyalar uchraydi. Xullas Komil Xorazmiy adabiyotimiz va ma`naviyatimizning mashhur arboblaridan biridir. Uning eng muhim tarixiy xizmati shundaki, u o`zbek mumtoz adabiyotining ilg`or an`analarining merosxo`ri bo`lib chiqdi va ularni XIX asrning ikkinchi yarmida Xorazmda davom ettirib, u yerda progressiv adabiyotning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.9
«LATOIF-UZ-ZAROIF»DAN
Bir ota va o’g’ulni bir hokim qoshig’a kelturdilarkim, tayoq urg’aylar. Avval otosin yotquzub yuz tayoq urg’oylar. U hech so’zlamodi. Andin so’ng o’g’lini yotquzib bir tayoq urub erdilarkim, ota dodu faryod qila boshladi. Hakim dedi: — Sen yuz tayoq eding, hech bir daming chiqmodi, o’g’lungga bir tayoq urganda nechun nola qilursan? Ul dedi: — Ul tayoqkim tanimga tegdi, tahammul qildum. Endi jigarimga tekkan erdi, chiday olmadum.
* * *
Bir kambag’al olim kishi faqir bo’lgani uchun bir baxil boyni eshikiga boribdurkim: — Men, siz sadaqa bermoqchisiz, deb eshitdim. Men g’oyat daraja muhtoj va mustahiqdurman,— dedn. Baxil boy bahonalar qilib dedikim: — Men sadaqamni ko’rlarga berurman, deb ahd qilib erdim. Sen ersang ko’r emassan. Olim dedi: — G’alat qilibdursan, ko’r haqiqiy mandurmankim, maxluqotga rizq beruvchi zotdan yuz o’gurib, seningdek baxilning yoniga kelibdurman. Bu so’zni aytib olim qaytib ketdi. Olimning so’zi baxilga bag’oyat ta’sir qilib, izidan yugurdi. Olim qabul etmadi.
* * *
Bir tabibni ko’rdilarkim, har vaqt go’ristondan o’tsa ridosini boshiga solub yopunib o’tar erdi. Aning sababin so’radilar. Tabib dedikim! — Bu go’ristonda yotg’on o’luklardin uyalurman. Chunki har biri meni dorimni eb va mening sharbatimdin ichib o’lgandurlar.
* * *
Bir kun shoir Anvariy Balx bozoridin o’tub borur erdi. Ko’rdikim, xaloyiqlar halqa qurmishlar. O’rtada bir kishi turib Anvariyning qasidalaridan o’z otig’a o’qur erdi. Xaloyiq anga tahsin va ofarin qilur erdilar. Anvariy debdur: — Bu kimning ash’oridurkim, o’qursan? Ul debdur: — Anvariyning ash’oridur. — Anvariyni tanurmisan? Ul dedi: — Ne aytursan, Anvariy mendurman. Anvariy kulib debdur: — She’r o’g’risin eshutib erdim, shoirning o’g’risin ko’rmamish erdim.
* * *
Keltiribdurki, Abu Ayyub Mansur xalifaning yaqin va hamsuhbatlaridan erdi. Ammo har vaqt Mansur ani chaqirsa, rangi sarg’ayib, badanlarig’a larza tushar erdi. Bir kun bir mahram joeda anga dedikim: — Sen xalifaning yaqin va hamsuhbatlaridansan. Ne uchun seni har vaqt chaqirsa qo’l-oyog’ing bo’shashib, o’zingni yo’qotib qo’yursan. Abu Ayyub ul mahram javobida dedikim: — Bir qarchig’ay bir xo’rozdin so’rdikim, sen yoshlikdan odamlarning uyida bo’lursan. Ular sanga o’z qo’llari bilan don va suv berurlar, saning uchun uylarida joy solurlar. Ammo har vaqt seni tutar bo’lsalar ne uchun g’avg’o qilib, faryod bilan ul uydin bul uyga, ul o’choqdin bu o’choqg’a qocharsan. Men esam bir vahshiy qushdirman. Ulug’ tog’larda kezarman. Qachon meni tutib keltirsalar, qo’llarida orom olurman, meni ovg’a yuborsalar hech g’avg’o va mojaro qilmay parvozga chiqib, aylanib, yana qaytib kelurman. Xo’roz dedikim: — O qarchig’ay qush, hech joyda ko’rdingmi yoki eshitdingmi, bir qushni sixga tortib, o’tga qo’yib, kabob qilganliklarini. Qush yo’q, dedi. Xo’roz dedikim: — Men bu xonadonda bo’lganimdan beri yuz xo’rozni ko’rdim: boshini uzib, qanotlarini yulib qrrnini yorub, sixg’a tortib, kabob qilib, eydilar. Mening faryodimning sababi shudir.
* * *
Abdulfazl bilan Umayt Ruknuddavlaning vaziri erdi. Ug’li Abdulfathni Abul Husayn Ahmad binni Foris degan muallimg’a topshirdi. Abul Husayn esa o’z zamonining fasohatli tengsiz adiblaridan erdi. Abdulfath o’qishda tamballik qilar erdi. Muallim Abul Husayn otasi Abdulfazlga yozdikim: «O’g’lingiz Abdulfathning o’qishdagi harakati chumolining bosh barmog’idan ham kamroq va pashshaning gardanidan kaltaroqdur».
* * *
Bir kecha Hajjoj dedikim: — Ko’ringlar, zindonda biror fazilatliq kishi bormukin? Agar bo’lsa, men aning bilan suhbatlashurman. Zindondan qidirib bir fozil kishini topib kelturdilar... Hajjoj andin so’rdikim: — Sen nima sababdin zindong’a tushding? Fozil dedikim: — Maning amakimning bir o’g’li bor erdi. Chun nohaq qon to’kib qochib ketdi. Aning o’rnig’a mani tutib zindong’a soldilar. Hajjoj dedikim: — Shoirning bir so’zi borki, rost aytibdur. Amakingning o’g’li gunoh qildi. Sen aning o’rnig’a mubtalo bo’lding. Albatta mard kishi amakisining yomon axloqli o’g’li sababidin giriftor bo’lg’usidir. Hajjoj shoirning shu so’zini o’qigach, ul adib dedikim: — Tangri shoirdin rostgo’yroqdur. Chunki tangri buyuradi: «Qishi ikkinchi bir kishining gunohi uchun tutilmasin». Hajjoj bu so’zni eshitgach unga ming tillo berib ozod qilib yubordi.
* * *
Xalifalardan biri vazirig’a dedikim; — Qayda erding? Ul dedi: — Sening uchun ko’shk bino qilur erdim. Xalifa ani javobidin hayron bo’ldi. Chunki aning javobida ishorat bor erdi. Shundayki, xalifa Fir’avn hukmida bo’lib qoldi. Xalifa: — Ey Homon,— deb chaqirgani uchun vaziri ham unga munosib javob berdi. Chunki Homon Fir’avnning vaziri erdi.
* * *
Bir kun devon kotiblaridin biri Hajjojning qoshig’a kelib, ba’zi ehtiyojini arz qilib chiqib ketdi. Hajjojning oldida doimo birga turadigan va uning kuldiradigan Mabra degan nadimi bor edi. U dedikim! — Odamlarning eng yomoni devonxona kotiblaridur. Shunda Hajjoj aytdikim: — Nima uchun sen kotiblarni shikoyat qilursan. Holbuki tangri, «kiromun kotibin», deb yod qilubdur, sen tangrining kalomiga qarshi so’z aytursan. Agar sen eski hamsuhbatlarimdan bo’lmasang erdi senga siyosat qilur erdim. Mabra: — Ey xalifa, men devon kotiblarini ayturman, osmondagi farishtalarni aytmadim va alarni shikoyat qilmadim,— dedi. Hajjoj kulib, aning javobiga ming diram in’om etdi.
* * *
Bir podshoh nadimga dedikim: — Bu shaharning ablahlarining otini ro’yxat qilgin. Nadim: — Har kimning otini yozsam g’azab qilmasligingga shart qilasanmi,— dedi. Podshoh qabul qildi. Nadim eng avval gyudshohning otini yozdi. Podshoh dedi: — Ablahlikni menga isbot qil. Agar isbot qilolmasang senga siyosat qilurman,— dedi. Nadim dedikim: — Yuz ming tilloning hujjatini falon navkarg’a berib, buyurdingkim, falon mamlakatga borib shul tilloni naqd qilib, olib kelsang, deding. Holbuki men o’sha navkarni yaxshi taniyman. Ani bizning mamlakatda na farzandi bor. Hech bir narsasi yo’q bir kishidur. Agar ul o’sha vajhni qo’lig’a kirgizsa boshqa bir viloyatg’a borib, tirikchilik qilur. Anga sening hukming hech bir o’tmaydi. Shul holda sen aning ustida ne ish ko’rursan. Podshoh dedikim: — Agar ul mandin yuz o’gurmay u tilloni naqd olib kelsa, sen na dersan,—dedi. Nadim: — Agar, ul olib kelsa, ablahlik daftaridan podshohning otini qirib tashlab, o’rnig’a aning otini yozib qo’yurman, dedi.10
* * *
Bir kun Iskandar Doro bilan urushish munosabati bilan o’z askarlarini ko’zdan kechirdi. Usha ko’rik kuni shamol va chaqmoqdek tezlikda uchib yuradigan bir otg’a mingan erdi. Shul vaqtda navkarlaridin biri bir oriq va cho’loq otga minib podshoh oldidin o’tdi. Podshoh g’azab bilan ani otdan tushishga buyurdi. Shul vaqtda navkar kulib yubordi. Iskandar chaqirib, kulganligini sababini so’rabdi, ul dedikim: — Sening g’azab va qahringdan kulgum keldi. Chunki sen uchar bir otg’a minib turib, men esam yurolmay to’xtab qoladigan otga minibdurman. Yana shunday bo’la turib menga g’azab qilursan. Iskandarg’a aning so’zi ma’qul tushib, oni askarboshilaridan qilibdur.
* * *
Bir kun Amru Lays askarlarini ko’zdan kechirar erdi. Askarlaridan biri ko’rdiki, biri oriq ot minibdur. Amru Lays qahrlanib dedi: — Mening askarlarimga tangrining la’nati bo’lsinkim, har vaqt tanga va tillolarni ularg’a berurman va ta’minotlarig’a sarf qilurman, ular esa xotunlarini semirtirib, o’z minadigan otlarig’a qaramay, oriq holda saqlaydilar. Ul askar dedi: — Ey amir, tangri haqida, agar haqiqat qilsang, uydagi xotinimiz bu otimizdan ham oriqroqdir. Bu so’zdan Amru Lays kulub, ango o’n ming tillo in’om qilub vazifasini oshurdi.
* * *
Askarlardan biri har vaqt hammomga borsa, hammomdan chiqar vaqtida hammomchig’a tuhmat qilur erdikim: — Mening falon narsam yo’q, ani topib bergil yoki tavon bergil, deb shu tariqada da’vo qilib, g’avg’o qilib, hammomning sartarosh va xodmilarin haqlarini bermay ketar erdi. Qisqasi, barcha hammomchilar ani tanib, hech bir hammomg’a kirgazmadilar. Oxiri noiloj bo’lub, bir hammomg’a borib, ahd qildikim, endi hammomchi, sartarosh va xodmilarning haqini berib, tuhmat qilmayman, degan so’ziga ko’pchilik guvohlik berdi. So’ngra hammomga kirdi. Hammomchi bir kishiga buyurdi: — Askarni hamma kiyimlarini yashirib qo’ying. Ammo kamar bilan qilichni yashirmay joyiga qo’y,—dedi. Ul askar hammomdan chiqdi. Ko’rdikim, barcha liboslari yo’qdur. Bu to’g’rida hech bir dam urolmadi. Chunki guvohlar hozir erdilar. Askar nima qilishini bilmay zaruriyat yuzasidan yalang’och beliga kamar bilan qilichini bog’lab hammomchini oldiga kelib dedikim: — Men o’zim sizga hech bir so’z aytolmasman, ammo insof o’zingizga bersinkim, men hammomga kelgan vaqtimda shu surat bilan kelib erdimmi? Hammomchi va hozir turgan kishilar kulishib, kiyimlarini berib, endi har hafta bir martaba haq to’lamay hammomg’a tushib ketishga rizolik berdilar.
* * *
Bir askarning bir chiroylik xotini bor erdi. Aning oti «Hur» erdi. U bir kun urushdan yuz o’girib qochdi. Anga dedilarkim: — Ey nomard, qaytg’il! Agar bir kofirni o’ldirsang, g’oziy bo’lursan. Va agar kofir seni o’ldirsa, shahid bo’lib, qiyomatda hurlar xizmatingda bo’lur. Ul dedikim: — Mening bu dunyoda hurim bordir. Boshqa hur uchun o’zimga o’limni ravo ko’rmayman.
* * *
Hajjojga jam’e odam xuruj qildi. Ul jam’edan bir xotunni Hajjoj qoshig’a kelturdilar. Hajjoj ango g’azab qila boshladn va itob bilan so’zladi. U xotun boshini tuban solib, hech bir so’zlamadi. Hozir bo’lgan odamlardan biri dedi: — Amir senga so’zlaydur, nega indamaysan?—dedi. Xotun dedikim: — Men tangri nazar qilmagan kishiga nazar qilib, so’zlagani uyalaman. Hajjoj dedikim: — Qaydan bildingkim, tangri menga nazar qilmaganini? Xotun dedi: — Agar senga tangri nazar solsa erdi, seni tangri buncha zolim qilmas erdi. Hajjoj dedi: — Xudo haqida, bu xotun rost aytur. So’ngra anga ming tillo berib, o’z uyiga yubordi.
* * *
Luqmoni hakim qora tanli kishi erdi. Bir kishi uni qul qilib sotib oldi. Qo’p muddat anga xizmat buyurub, andin ilm va hikmat asarlarini ko’rur erdi. Bir kun imtihon yo’li bilan Luqmonga dedikim: — Bir qo’yni so’yub, eng yaxshi joyidin manga kelturgil. Luqmon qo’yni so’yub, tilini va yuragini kelturdi. Yana bir kun buyurdi: — Bir qo’yni so’yub eng yomon joyidin menga kelturgil. Luqmon yana qo’yni so’yub tilini va yuragini xojasiga keltirdi. Xojasi so’radikim: — Bu qanday ishdir? Luqmon dedi: — Agar pok bo’lsa hech narsa til va yurakdan yaxshi ermasdur va agar nopok bo’lsa ham hech narsa andin yomonroq ermasdur.
* * *
Bir nodon kishi bir hakimga dedikim: — Ne uchun og’zingdin yomon is keladur? Hakim dedi: — Saning ayblaringni ko’kragimda ko’p saqlar erdim. Tanamga ta’sir qilibdur.
* * *
Bir baxil boy bir hakimni ko’rdikim, ko’p mehnat bila kumush ma’danidin toshlarni qazib chiqarib, ushatur. Andin tillo zarralarini hosil qilar erdi. Baxil dedi: — Ey hakim, bundan boshqa osonroq avqot o’tkazgudek kasb va hunar yo’qmi erdi. Na uchun shuncha mashaqqat chekarsen? — Menga yuz muncha mehnat va mashaqqat bilan zar hosil qilish sening qo’lingdan bir pulni chiqarib olgandan ming marta osonroqdur.
Xulosa
Komil o`z davrining yirik davlat arbobi, shoiri, adabiyotshunosi, musiqashunosi va mohir tarjimoni bo`lish barobarida XIX asrning 80-90-yillarida Xiva xonligida matbaa ishlari rivojiga ham qissa qo`shadi. Komil ijodi va faoliyati, ko`rib o`tkanimizdek, XIX asr o`zbek adabiyoti va madaniyatining yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. U bir tomondan, o`tmishdan kelayotgan eng yaxshi an’analarimizni yangi zamonga olib kelib bog`lagan bo`lsa, ikkinchi tomondan, yangi davr masalalariga javob berishga harakat qiladi. Uning ijodini
jumladan, she’riyatini tamoman dildor tuyg`ular, ishqiy kechinmalar qamrab olgan. Badiiy adabiyot xususan, she’riyat shaydosi bo`lgan qalblarga o`zgacha surur, ko`ngil va ruh ma’rifatini beradi. Adabiyotimizni yangi asarlar bilan boyitdi. O`zbek o`quvchilarini fors adabiyotining qator namunalari bilan tanishtirdi. O`zbek musiqasiga Yevropa notasini olib kirdi. “Xorazm notasi” ni yaratdi. Komil Xorazmiy millat jonkuyari sifatida xalqni ilm-ma’rifatli bo‘lishga chorladi, milliy uyg‘onishga da’vat etdi. U ijtimoiy-falsafiy mazmun bilan yo‘g‘rilgan she’riyati orqali jamiyatda bo‘layotgan voqeliklarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu munosabat zamiriga millat taqdiriga befarq bo‘lmaslik, donish ahli taqdiriga kuyunish kabi g‘oyalar singdirilgan edi. Komil Xorazmiy shoir sifatida mumtoz sheriyatimizning eng yaxshi ananalarining merosxo’ri va ijodiy davomchisi bo’ldi. U zo’r istedod bilan o’tmish poeziyamizning boy sheriy shakllarini, murakkab vazn turlarini, rang–barang uslubini chuqur egalladi va katta mahorat bilan ularning go’zal namunalarini yaratdi. Komilning badiiy ijodi Sharq poeziyasining eng yaxshi ananalari asosida, birinchi navbatda ulug’ A.Navoiy lirik merosining tasirida shakllangan. Xorazmda ijod qilgan o’zbek shoirlarining deyarli hammasi Navoiyga ergashgan. Shu jumladan, Komil ham Navoiy asarlarini juda sinchiklab o’rgangan, uning ruhiga kirgach va poetik ijodida Navoiyvor qalam tebratish bilan farqlangan. Komil poeziyasining ilg`orligi , xalqchilligi shundaki, u o`z ijodining hamma davrlarida adabiyotimizning progressive an’analariga amal qilib, adolatni, taraqqiyotni yoqladi, xalqning ezgu umidlarini kuylab, zulmni, jaholatni qoraladi. Shuning uchun ham uning ijodi Xorazmdagi adabiy harakatchilikka yangi g`oyaviy yo`nalish bergan. Komil ijodida uning ishqiy lirik asarlari ham optimistic ruhga, ijtimoiy mazmunga ega bo`lganligibilan alohida ahamiyatga egadir.



Download 55.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling