Bob. Korporativ nizolar


O’zbekistonda korxonalarni restrukturizastiyalash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari va huquqiy asoslari


Download 135.96 Kb.
bet9/12
Sana17.02.2023
Hajmi135.96 Kb.
#1205353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11-mavzu korporativ

O’zbekistonda korxonalarni restrukturizastiyalash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari va huquqiy asoslari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ya’ni raqobat bozorida ba’zi korxona va tashkilotlar boshqaruvni to’g’ri yo’lga qo’ya olmasligi natijasida moliyaviy holati yomonlashadi va inqirozga uchraydi.


Korxona va tashkilotning bankrotlik alomati (iqtisodiy nochor) - O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Bankrotlik to’g’risida”gi qonunining 4 - moddasiga asosan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi e’tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 fevraldagi 2007 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muxim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisida belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlaridan biri “Iqtisodiyotning barqaror va mutanosib o’sishi hamda tarkibiy o’zgarishlar va modernizastiyalashni ta’minlash, uning eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash” hisoblanadi.
Iqtisodiy nochor va zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni tarkibiy o’zgartirish, moliyaviy sog’lomlashtirish buyicha bir qancha Farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Ularni qo’yida kurib o’tamiz:

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-4053 sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni;

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19- noyabrdagi F-4010 –sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida”gi sonli Farmoyishi;

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28-noyabrdagi PF-4058 sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Farmoni;

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29-dekabrdagi PQ-1024 sonli “2009 yilga asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlarni va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametlarini prognoz qilish to’g’risida”gi qarori (8 bandi).

Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizastiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yishga qaratilgan.
Bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotishning (balansiga berishning) 3ta mexanizm bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlarning barchasi Respublika Komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.

      1. Bankrot korxonaning kreditorlik qarzining tarkibini 70 va undan ortiq foizini bank kreditlari tashkil etsa, tijorat banklari balansiga berish;

      2. Auktsion savdolari orqali tijorat banklariga sotish (eng ko’p narxni taklif

qilgan va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan);

      1. Tanlov savdolari orqali – tijorat banklariga “0” (nol) qiymatga investistion majburiyat sharti bilan sotish.

Bankrot korxonalari negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar korxonalari

  • qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi;

  • uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er soliqlarini to’lashdan ozod qilindi;

  • boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi.

Tijorat banklariga berilgan imkoniyatlari qo’yidagilardan iboratdir:

  • negizida – ustav jamg’armasi 100%gacha bo’lgan yangi korxona tashkil etish;

  • tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;

  • uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish;

  • ularni tugatish bahosida olib, faoliyatini tiklab uni bozor bahosida sotish kabilar.

Tijorat banklarining majburiyatlariga qo’yidagilar kiradi:

  1. Tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va texnologik modernizastiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur bo’lganda korxonani to’liq restrukturizastiya qilish orqali faoliyat yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;

  2. Yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;

  3. Banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo’lga qo’yilgan.

  1. Download 135.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling