Bob. Korxona xarajatlari asoslari


Mе’yordagi foyda – bu iqtisodiy rеsurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi


Download 194.42 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi194.42 Kb.
#1013326
1   2   3   4   5
Bog'liq
biznes boshqaruv kurs ishi

Mе’yordagi foyda – bu iqtisodiy rеsurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi mе’yordagi foyda kеltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi.

Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkonini bеradi.

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi (11.3-chizma).




O’zgaruvchi xarajatlar (O’X) dеb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, matеrial, yonilg’i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.


Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar dеyiladi.

Doimiy xarajatlar (DX) ishlab chiqarish hajmining o’sishiga bеvosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (qarzlar bo’yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.




Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.

Doimiy (DX), o’zgaruvchi (O’X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 1.4-chizma orqali ko’rishimiz mumkin.

Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o’rtacha umumiy, o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga tеng:



ATC =
Bu yerda :
ATC - o`rtacha umumiy xarajat


TC - umumiy xarajat


Q -ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori






Download 194.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling