Bob. Marketing va uni rivojlanishining asosiy
Download 128.7 Kb.
|
1 maruza mar
Tahlil. Tahlil bosqichida marketing elementlarining strategik va taktik muammolari tahlil qilinadi, bularga atrof muhit, xaridorlar, raqobatchilar, savdo jarayoni kiradi. Tahlil natijasida firmaning mavjud sharoitda raqobatchilarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlari tadqiq qilinadi va keyingi faoliyat yo nalishlariga о zgartirishlar kiritilishi, yoki taktik tadbirlar о tkazilishi va mavjud strategiyaga aniq о zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bularga:
Marketing konsepsiyasi va axborot tizimini, benchmarking, marketing qarorlarini qo llab quwatlash, marketing tadqiqotlari holati tahlili. Marketing tashqi muhiti makro va mikro muhit omillari tahlili. Iste mol bozorlari va xaridorlar xulqi xarid qilish modeli, sotib olish haqida qaror qabul qilish, xaridorlar xulqiga ta sir etuvchi omillar tahlili. Korxonalar va tashkilotlar bozori tahlili, davlat korxonalari bozori tahlili (maktablar, kasalxonalar, bog chalar, ta lim muassasalari va boshqalar). Raqobatchilami aniqlash, ulaming soni, bozordagi ulushi, potensial imkoniyatlari, ular strategiyasi, kuchli va kuchsiz tomonlari, ular bilan о zaro ta sir munosabatlari, iste molchilarga va raqobatchilarga yo naltirilgan strategiya tahlili. Maqsadli bozorni tanlash. Bozor talabini hisoblash va istiqbolini belgilash. Bozor segmentlarini aniqlash va maqsadli bozorlami asoslash. Strategiyalarini asoslash va marketing takliflari istiqbolini belgilash. Ta minotchilami aniqlash, raqobat afzalliklarini aniqlash, firmaning bozorda pozitsiyasini aniqlashda kommunikatsion tadbirlami tanlash, raqobatning tabaqalanishini tahlil qilish. Bozor liderlari, innovatorlar uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish. Global bozor uchun strategiya ishlab chiqish, global marketingning tashqi muhitini baholash, xorijiy bozorlarga chiqish haqida qaror qabul qilish, marketing xizmati strukturasi va uni takomillashtirish haqida qaror qabul qilish. Narx navo strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, narxning egiluvchanligini ta minlash. Yangi tovar va xizmatlami ishlab chiqish, sinovdan о tkazish, ishlab chiqarishga joriy etish. G oyalami amalga oshirish, tovami yangilash konsepsiyasini amalda tekshirib ко rish. Yangi tovami ishlab chiqish, bozorda iste molchilaming fikrlarini bilish uchun testlar о tkazish, xaridoming yangi tovami tan olganini о rganish. Tovar hayotiylik davrini boshqarish. Tovar assortimentini boshqarish. Servis sohasi tadbirkorligini boshqarish, mavjudva istiqboldagi xizmat turlarini tasniflash, xizmatlar xarakteristikasini tahlil etish, xizmat sohasida marketing strategiyasini ishlab chiqish, xizmatlami boshqarish. Tovar va xizmatlar tarqatish kanallarini tanlash va boshqarish. Kanal strukturasi haqida qaror qabul qilish. Kanallami boshqarish haqida qaror qabul qilish. Marketing kanallari dinamikasi tahlili. Tovar tarqatish kanallari tizimida о zaro ta sir va aloqalar jarayonini о rganish. Chakana va ulgurji savdoni boshqarish, savdo personallarini takomillashtirish. Marketing tizimida kommunikatsion jarayonlarni boshqarish. Kommunikatsiya strategiyasi va tovami siljitish, ya ni harakatga keltirish strategiyasini ishlab chiqish. Hamkorlar, iste molchilar, raqobatchilar bilan samarali munosabatlar tizimini ishlab chiqish. Multimedia kompaniyalarining optimal qarorlarini ishlab chiqish, reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjetini aniqlash, reklama vositalarini tanlash, reklama samarasini baholash. Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, sotuv va pablik rileyshenz (omma bilan aloqalar)ni optimallashtirish. Marketing qarorlarini amalga oshirish, baholash va nazorat qilish. Kompaniyani tashkil etish. Marketingni tashkil etish. Marketing qarorlarini samarasini baholash. Marketing faoliyati nazorati va auditi. Firma marketing menejmenti uzoq va qisqa muddatga mo ljallangan boshqaruv qarorlarini shakllantirib, firmaning barcha bo limlarida marketing dasturlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va samarasini baholaydi. Marketing menejment tizimida boshqaruv ta siri turli yo nalishlarda aks etadi. Boshqaruv obyektiga, boshqaruv jarayoniga va funksiyalarga ta sir etishi mumkin. Boshqaruv jarayoniga va firma bo limlari fimksiyalariga ta sir ham о ziga xos xarakterga ega. Firmani boshqarishning marketing siyosati о z strategiyasiga ega bo lishi kerak. Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog liq. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: Korxona maqsadlari, ya ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan tashkil qilish vazifalarning bajarilishini ta minlashi, korxonani bosh- qarishning yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamay- tirishi. Shu bilan birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlami о z ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta minlashi kerak. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig imi, xarid qobiliyati, huquqiy me yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar. Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning yoshi; mahsulotlaming soni va turli tumanligi; xodimlaming mala- kasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari. Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo lishi mumkin: marketing xizmatining maxsus vazifalari bozomi о rganish, tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag batlantirish va boshqalaming bajarilishini uyushtirish shaklida; marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari bo yicha bajarish tarzida; marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo yicha ijro etish shaklida. Marketing bo yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat. qaroming tayyorlanishi (marketolog). qaroming qabul qilinishi (menejer, tadbirkor). Marketing bo yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Qarorlarda qo yiladigan masalalar tizimli tahlil, qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq- bul yechim varianti qabul qilinadi. Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo nalishi mavjud: ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi. Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni talab etadi: nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)? resurslaming sarf -xarajati qancha? qaysi texnologiya bo yicha qanday bajarish kerak? kim bajarishi kerak? qaysi muddatda bajarish kerak? kim uchun qilish kerak (Iste molchi) ? qayerda bajarish kerak? qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, texnik). Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillami nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to g rilik, egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta sir etuvchi omillarga modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash- tirish va rag batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: qaror qabul qilish nazariyasini qo llab ilmiy yondashish; iqtisodiy qonunlaming marketing qaroriga ta sirini о rganish; qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta minlash; funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni belgilash usullarini qo Hash; sintez va tahlil, maqsadga yo naltirish, tarkiblashtirish usullarini qo Hash; qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta minlash; qabul qilingan qaromi huquqiy muhofazalash; qarorlaming ко p variantli yechimlarini topish; yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish; qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag bat- lantirishni у о lga qo yish. Altemativ yechimlar mavjud bo lgan hollarda ulami solishtirish va eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Altemativ marketing qarorlarini solishtirishda quyidagi omillarga e tibor berish lozim: Vaqt. Obyekt sifati. Ishlab chiqarish va sotish hajmi. Mahsulotning о zlashtirilganlik darajasi. Qaror qabul qilish uchun ma lumot va axborotlar olish usuli. Qaromi qo Hash shart sharoitlariga. Inflatsiya darajasiga. Tavakkalchilik va noaniqlik. Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda quyidagi qoidalarga albatta e tibor berish kerak: Altemativ variantlar 3 ta dan kam bo lmasligi kerak. Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo yicha eng kech qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya ni korrektirovka qilinadi. Altemativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini ta minlashi zarur. Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini ta minlash uchun keng axborot ma lumotlaridan foydalanish lozim. Talabning holati va rivojlanishiga ко ra marketingning turlari Marketingning evolyutsion bosqichida qo llanish sohasi, hamda bozordagi talabning xarakteriga qarab marketing turlari va shakllari farqlanadi. Marketingning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: Nodifferensial marketing. Differensial marketing. Mujassamlashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing. Kommunikativ marketing. Download 128.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling