Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/32
Sana03.12.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1797413
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Moliyaviy hisobotga sharhlar. Turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining ko‘p qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar 
ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur 
bo‘lgan barcha axborot bilan ta’minlay olmaydi, shu sababli yillik 
moliyaviy hisobotlarga qo‘shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan 
tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib 
beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. Bu 
sharhda xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga
jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga 
ta’sir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi. 
Qo‘shimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va 
hisob-kitoblar - xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda 
yoki erkin shaklda taqdim etiladi. 
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar jadvallar shaklida ham
boshqacha tarzda ham bo‘lishi mumkin. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xo‘jalik 
operatsiyalarini aks ettiradi, ularni moliyaviy hisobotlarning elementlari 
deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga 


145 
guruhlaydi. Aktivlar, xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya 
balansida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar 
faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotda xo‘jalik yurituvchi subyektning 
ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlaridir. 
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot faoliyat natijalari va 
buxgalteriya 
balansi 
elementlaridagi 
o‘zgarishlar 
to‘g‘risidagi 
hisobotning elementlaridir. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling