Bob Neft va tabiy gaz xomashyolari neft va gazni qayta ishlash bob Oksidlanish jarayonlari


Download 1.02 Mb.
bet10/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1273544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16 mavzu

Neft kislotalari. Neftning kerosin, dizel va gazoyl fraksiyalarida naften kislotalari ko‘rinishida bo‘ladi. Benzin fraksiyada faqat alifatik kislotalar uchraydi. Hozirgi vaqtda neft tarkibidan uglerod zanjirida 25 atomgacha bo‘lgan normal tuzilishiga ega kislotalar o‘rganilgan. Bu kislotalar izoprenoid shaklidagi kislotalar bo‘lib, ular tuzilishlari isbotlangan:

Neftlarda murakkab efirlar borliga aniqlangan, lekin ularni ajratib olinmagan. Ular asosan 370 °C yuqorida qaynovchi fraksiyalarda uchraydilar, qoldiq fraksiyalarda 1% miqdorda murakkab efirlar bor.
Bu birikmalar sinfining vakili ketonlar bo‘lib, ayrim neftlarning benzin fraksiyasida ularning 6 tasi topilgan: atseton, metiletilketon, metilpropilketon, metilizopropilketon, metilbutilketon va etilizopropilketon. Neftning o‘rta va yuqori fraksiyalarida siklik ketonlar turiga kiruvchi atsetilizopropilmetilsiklopentan va fluorenonlar uchraydi

Ketonlar, laktanlar, furan birikmalari neftlarda juda kam miqdorda uchraydi.
Neftni qoldiq fraksiyalaridan asfaltenlarni ajratib olingandan keyin qolgan modda deasfaltizatlar deyiladi. Uni ham qayta ishlab yyengil haroratda qaynovchi neft mahsulotlari yoki har xil surkov moylari olish mumkin.
Neftning mineral komponentlari. Neftning mineral birikmalariga uning tarkibidagi har xil tuzlar (metallar va kislotalardan tashkil topgan), metall komplekslari va kolloid holatdagi mineral moddalar kiradi. Bu moddalarni tarkibiga kirgan elementlarni ko‘pincha mikroyelementlar deyiladi.
Neftda metallarni miqdori juda kam bo‘lib, ayrim hollarda 0,05% (500 mg/kg) dan oshadi.
Metallar neftni 450 ºS va undan yuqori bo‘lgan fraksiyalaridagi yuqori molekulyar birikmalari tarkibiga kiradi. Ushbu birikmalar termokatalitik destruksiya qilinganda metallar ajralib chiqib, katalizator g‘ovakliklarida qatlam hosil qiladi va katalizatorni faolligini pasaytiradi. Katalizatorlar regeneratsiya qilinganda esa ularga salbiy tasir etuvchi metall oksidlarni hosil qiladi.
Neftlarda 40 dan ortiq turli xil elementlar topilgan. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
ishqoriy va ishqoriy er metallar (Li, Na, K, Ba, Ca, Sr, Mg);
mis guruhchasi (Cu, Ag, Au);
rux guruhchasi (Zn, Cd, Hg);
bor guruhchasi (B, Al, Ga, In, Tl);
vanadiy guruhchasi (V, N, Ta)
o‘zgaruvchan valentli metallar (Ni, Fe, Mo, Co, W, Cr, Mn, Sn va b.);
metalmaslar (Si, P, As, Cl, Br, I va b.).
Bular juda oz miqdorda bo‘lib miqdorini aniqlash qiyin. Bularni ichida nisbatan ko‘proqi Ni va V lardir. Ular parfirin birikmalarini tarkibiga kiradilar. Neft va neft maxsulotlarining mineral aralashmalariga suv, tuzlar, mexanik aralashmalar, zol, xamda mineralli kislotalar va ishkorlar kiradi.
Mineral aralashmalarning asosiy kismi neft xomashyo tarkibida bulib, uni kayta ishlash jarayonida kisman neft maxsulotlari tarkibiga utadi. neft maxsulotlarida mineral kislota va ishkorlarni kolishi uning kislota-ishkorlaridan yetarli darajada yuvib tashlamaganligidan iborat. Ortikcha mineral aralashmalar neftni kayta ishlash jarayonini ogirlashtiradi xamda neft maxsulotlarini ishlatilish xususiyatlariga yomon ta’sir kiladi deb ta’kidlangan.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling