Bob Neft va tabiy gaz xomashyolari neft va gazni qayta ishlash bob Oksidlanish jarayonlari


Izobutanni olefinlar bilan alkillash


Download 1.02 Mb.
bet2/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1273544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16 mavzu

Izobutanni olefinlar bilan alkillash. Jarayoninig vazifasi–benzinning yuqori oktanli komponentlarini olish. 1923-yilda V.N.Ignat’ev o’sha paytgacha ”inert” uglevodorod hisoblangan izobutanning olefinlar bilan o’zaro tas’sirlashishi mumkinligini ko’rsatdi. Katalizator sifatida AlSl3 qo’llanilgan. Bu reaksiya boshqa katalizatorlarni (sul’fat kislota va keyinchalik vodorod ftorid) qo’llab hom ishlangan bo’lib sanoatga tez joriy qilingan edi.
Birinchi sul’fat kislotali alkillash sanoat qurilmalari foydalanishga 1930yillarda, vodorod ftoridli alkillash qurilmalari esa 1942-yilda kiritilgan edi. Avval alkilatni yuqori oktanli aviasion benzinning komponenti sifatida, so’ngra esa tovar avtomobil benzinnining komponenti sifatida qo’llaganlar.
Alkilat benzinning qimmatbaho yuqori oktanli koponentidir, chunki uning tarkibida aromatik uglevodorodlar shu jumladan benzol, oltingugurtli birikmalar va olefinlar yo’q. Bundan tashqari to’yingan bug’larning past bosimi bilan hamda tadqiqot va motor usullari bilan o’lchanadigan okton sonlarda deyarli farq yo’qligi bilan хarakterlanadi.
Alkillash reaksiyalari kislotali katalizatorlar ishtirokida karboniy – katalizatorlar bo’yicha o’tadi. Buni α-butilen bilan izobutanni sul’fat kislotali alkillash misolida ko’rib chiqamiz. Birinchi bosqichda alken katalizator bilan ta’sirlashib unga o’zining protonini beradi.

So’ngra sintezga izobutan jalb qilinadi:

Uchlamchi karboniy ioni ishtirokida keyin to’yinmagan uglevodorodning birikishi reaksiyasi sodir bo’ladi. Ikkinchi bosqich–yangi karboniy ionining zanjirni uzaytirish bilan hosil qilish.

Uchinchi bosqich ayniqsa turli o’zgarishlar bilan murakkablashgan.
Birinchidan, vodorodning migrasiyasi sodir bo’ladi va zaryadning joylashuvi o’zgaradi:


Turli guruхlardan vodorodni o’tish engiligini quyidagi qator ifoda etadi:

Ikkinchidan, katta tezlik bilan qovurg’ali izomerlanish, ya’ni zaryad tashuvchi uglevodorodga metil guruhining sakrab o’tishi sodir bo’ladi:

Metil guruhining to’rtlamchi uglerod atomidan o’tish eхtmoligi ko’proq. Ammo uchlamchidan ham bo’lishi mumkin.
Bu bosqichda хosil bo’ladigan izooktil-ionlar oхir oqibatda izobutan bilan ta’mirlashib uchlamchi uglerod atomidan vodorodni tortib oladilar, masalan:

Bu bosqichda reaksiyaning oхirgi mahsuloti хosil bo’ladi, yangidan faol uchlamchi karboniy ioni hosil bo’ladi va reaksiya olefinning dastlabki molekulalari bilan davom etadi.
Каталитик риформинг шароитида борадиган асосий реакцияларни караймиз.
1. Олти аъзоли нафтенларни дегидратланиши.
Бу реакция жараённинг температурасида термодинамик эхтимоллиги жуда катта. Циклогексаннинг дегидратланишида озод энергиясининг узгариши 3280С дан юкори температурада манфийди. Бу реакция учун чикарилган тенгламадан куринадики:
DZ = 53700 – 96,6 Т
2. Беш аъзоли нафтенларни олти аъзолилига изомерланиши кейинчалик уларни токи ароматик углеводородларга дегидратланиши, дегидроизо-меризацияланиш деган номни олди.
Метилциклопентаннинг изоменланиши реакцияси учун
DZ = -3600 + 10 Т
3. Алканларнинг дегидроциклизацияси
CnH2n+2 CnH2n-6 + 4H2 - Q
Бу хилдаги углеводородларнинг бир турдан бошка турга утиши DZ нинг мусбат кийматида, яъни 750-8000С да булиши билан характерланади:

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling