Bob Neft va tabiy gaz xomashyolari neft va gazni qayta ishlash bob Oksidlanish jarayonlari
Download 1.02 Mb.
|
16 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyodlar va saytlar 1 bob 1.1 Neft va tabiy gaz xomashyolari.
- CnH2n+2+ CnH2n →Cn+nH2(n+n)-2+ Q
Mavzu: Neft va tabiy gaz xomashyolarni qayta ishlashda oksidlash jarayonlari Reja 1 bob 1.1 Neft va tabiy gaz xomashyolari. 1.2 neft va gazni qayta ishlash. 2 bob 2.1 Oksidlanish jarayonlari. 2.2 Neftni qayta ishlashda oksidlanish jarayonlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyodlar va saytlar 1 bob 1.1 Neft va tabiy gaz xomashyolari. To’yinmagan gazlarni bo’lishda olingan uglevodorodli fraksiyalarpropan-propilenli va butan-butilenlilar benzinning yuqori oktanli komponentlarini alkillash bilan olishda qo’llaniladi. Alkillashning teхnologik jarayoni asosida alkanlarga alkenlarni birikishi reaksiyasi yotadi, bu reaksiya umumiy holda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi. CnH2n+2+ CnH2n →Cn+nH2(n+n)-2+ Q Tegishli dastlabki uglevodorodlarni tanlab turib bir bosqichda istalgan parafin uglevodorodini olish mumkin. Amaliyotda bunday yo’l bilan motor yoqilg’isining koponenti sifatida qo’llaniladigan yuqori oktanli parafin uglevodorodlarning aralashmasi bo’lgan alkilatni ishlab chiqaradilar. Molekulyar massasi past bo’lgan uglevodorodlarni ham, yuqori molekulalarni ham alkillashga uchratish mumkin. Ammo benzinning komponentlarni olish uchun faqatgina S3-S5 uglevodorodlarning reaksiyalari amaliy ahamiyatga esa. Parafin uglevodorodlaridan metan va etan bu reaksiyaga kirishmaydi. Uchlamchi uglerod atomida harakatchan vodorod atomini saqlagan izobutan oson alkinllanadi. Bundan tashqari izobutanning tarmoqlangan strukturasi sintez mahsulotlarining antidetonasion nuqtai-nazaridan eng qulay tuzilishini belgilab beradi. SHuning uchun barcha sanoat alkinlash jarayonlarida dastlabki izoparafinli хom ashyo bo’lib izobutan hisoblanadi. Olefin uglevodorodlardan izobutanni alkillash uchun S3-S5 uglevodorodlarni qo’llash zarur. Alkillash issiqlikning ajratish va hajmning kamayishi bilan sodir bo’ladi. Demak, Le-SHatel’e prinsipiga binoan bu reaksiyaga past harorat va yuqori bosim imkon yaratadi. 0ºS ga yaqin bo’lgan haroratda alkillashni o’tkazib maqsadga muvofiqdir, bunda olefinning molekulyar massasi qancha yuqori bo’lsa harorat shuncha past bo’lishi kerak. Ammo katalizator bo’lmaganda alkillash reaksiyasi past harorat deyarli bormaydi shuning uchun katalitik alkillash sanoatda keng tarqalgan. Bu reaksiyalar uchun kislotali kopleks hosil qiluvchi katalizatorlar: alyuminiy хloridi, vodorod хlorid bilan promotirlangan sul’fat kislota, suyuq vodorod ftoridlar eng yaхshi katalizatorlardir. Tarmoqlangan parafinlarni alkenlar bilan alkillashni keng tarqalgan izobutanni olefinlar bilan alkillash misolida ko’rib chiqamiz. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling