Bob. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat


Download 115.31 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi115.31 Kb.
#1063900
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu

  1. BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT


Reja:
    1. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko‘rinishlari.


    2. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli.
    3. Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat. 20.4.Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat.





    1. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko‘rinishlari.

Bundan oldingi boblarda ko‘rdikki, dunyoning hech bir mamlakati tashqi iqtisodiy aloqalar va munosabatlardan uzilgan holatda emas. Shu sababli to‘liq makroiqtisodiy model o‘zida ham ichki, ham tashqi bozorlarda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni majassam etishi lozim.
To‘liq makroiqtisodiy model-ochiq iqtisodiyot modelidir. Ochiq iqtisodiyot- shunday iqtisodiyotki, u:

      1. mamlakat ishlab chiqarayotgan tovarlari va xizmatlarining ma’lum bir qismini eksport va import qilishini;

      2. mamlakat jahon moliya bozorlarida kredit olishi va kredit berishini anglatadi.

Agar yopiq iqtisodiyot sharoitida barcha ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar ushbu mamlakat ichkarisida sotilsa va barcha xarajatlar uch qismga: iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlariga bo‘linsa, ochiq iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan mahsulotning sezilarli qismi chet elga eksport qilinadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga xarajatlarga to‘rtinchi unsur sifatida mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning eksporti (chet elliklarning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilgan xarajatlari) ham kiritiladi.
Kichik ochiq iqtisodiyot va katta ochiq iqtisodiyot o‘zaro farqlanadi. Kichik ochiq iqtisodiyot-katta bo‘lmagan mamlakat iqtisodiyotidir. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati schyoti va joriy operatsiyalar schyotini o‘z ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda ta’sir
ko‘rsata olmaydi. Kichik ochiq iqtisodiyot jamg‘armalari va investitsiyalari-jahon jamg‘armalari va investitsiyalarining juda kichik miqdorini tashkil etganligi sababli jahon moliyaviy bozorlaridagi shart- sharoitlarga ko‘ra belgilangan jahon foiz stavkasi bu iqtisodiyotda belgilab berilgan (ekzogen) ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi.

Download 115.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling