bob Sport masahg’ulotlarining nazariy asoslari mavzu: Sport ijtmoiy hodisalar tizimida Sportining nazariy asoslari


Download 141.03 Kb.
bet10/21
Sana28.12.2022
Hajmi141.03 Kb.
#1014737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Majmua Karimov domla Jismoniy tarbiya

Perseptiv imkoniyatlar sirasiga pedagogik kuzatuv kirib, u shogird ichki dunyosiga nazar solish, uning holati va o’ylarini tushunish, shaxsiyati o’zgarishi tendensiyalarini ko’rish, ijobiy sifatlarini baholash va maksimal darajada ularni tarbiya jarayonida qo’llash, uning qiziqishlarini aniqlash, uning uchun hurmatli bo’lgan shaxslarni aniqlash va pedagogik jarayonida ularning ta’siri qullash imkoniyatini beradi. Pedagogik yo’naltirilgan e’tibor yosh sportchilar bilan ishlash uchun muhim bo’lgan faktlarni saralash, shogirdning har –bir harakatdagi pedagogik holatni ko’rishga qaratiladi. Tarqatilgan e’tibor har bir alohida shogird va guruhni diqqat e’tiboridan qochirmaslik imkoniyatini berib, fronta lishi individual ish bilan aralashtirmaslik imkoniyatini beradi.
Konstruktiv imkoniyatlar yosh sportchilar guruhi va shaxsi shakillantirilishi va loyihalashtirilishi uchu asosiy shartdir. Ularga ko’ra murabbiy faoliyati natijalarini oldindan bashorat qila olish, pedagogik holatlarda shogird harakatlarini oldindan tahlil etish imkoniyatini beradi. Buning asosida pedagogik tasavvuri yo’nalishi va aql pedagogik salohiyati yotadi. Konstruktiv imkoniyatlar murabbiylarga pedagogik holatni tahlil etish va har –bir alohida holatlar to’g’ri bo’lgan guruh va shaxsga ta’sir eyish uslubini aniqlash imkoniyatini beradi.
Didaktik imkoniyatlar izhor etilayotgan materiallarni etarli darajada tushunarli etib uzatish, yni muvofiq tarzda shogirdlar shaxslariga yo’naltirish, ularning e’tiborini tortish, mashg’ulotlarida apatiyani engish imkoniyatini beruvchi usullar yig’ndisidir. Mazkur imkoniyatlar yosh sportchilarga bilim berish usullarini doimiy ravishda rivojlantirish, mashg’ulotlarini ijodiy o’tkazish imkoniyatini beradi.
Ekspressiv imkoniyatlar nutuq, mimika va pantomime yordamida hissiyotlar, fikrlar, bilimlar izhor etilishida pedagogic nuqtai –nazarda effektiv ravishda nomoyon bo’ladi. Murabbiylar nutqi ichki kuch va ishonch bilan farqlanishi lozim. Katta ahamiyatga nutq madaniyati, yaxshi diksiya, jumlalar emotsional, ammo aniq qurilishi, stilistik va gramatik xatolar mavjud bo’lmasligi, ekspormat gapira olish ega. Mimika va ishoralar nutqni jonlantiradi, uni emotsional jihatdan tularoq qiladi. Murabbiy o’z nutqini yumor, hazillar bilan boyitishi lozim [17, 38].

Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling