Har xil sport turlarida sportchilar jismoniy tayyorgarligi alohida
ko’rsatkichlarining ahamiyati
Sport turi
|
Ko’rsatkichlar
|
yetakchi
|
qo’shimcha
|
ikkinchi darajali
|
akrobatika, gimnastika, suvga sakrash, figurali uchish
|
koordinatsiya va kuch qobiliyatlari, egiluvchanlik, tana tuzilishi, qomat, tananing solishtirma og’irligi
|
tezlik qobiliyatlari
|
chidamlilik
|
qilichbozlik, boks, kurash
|
tezlik va koordinatsiya qobiliyatlari
|
kuch qobiliyatlari, tana tuzilishi, chidamlilik
|
egiluvchanlik, chidamlilik
|
basketbol, voleybol, gandbol
|
tananing baland uzunligi, koordinatsiya, tezlik-kuch va tezlik qobiliyatlari
|
chidamlilik
|
egiluvchanlik, kuch qobiliyatlarining o’zi
|
yengil atletika (sprint, sakrashlar, bar’yerlar osha yugurish)
|
tezlik, tezlik-kuch va koordinatsiya qobiliyatlari, egiluvchanlik, oyoq kafti gumbazlarining holati
|
kuch qobiliyatlarining o’zi
|
chidamlilik
|
yengil atletika (o’rta va uzoq masofalarga yugurish), chang’i poygalari
|
chidamlilik, yurak hajmi va o’lchamlari, yurakning zarba vaqtidagi va bir daqiqalik hajmi kattaligi
|
koordinatsion kuch qobiliyatlarining o’zi, tezlik qobiliyatlari
|
egiluvchanlik
|
futbol
|
tezlik va koordinatsiya qobiliyatlari, chidamlilik
|
kuch qobiliyatlarining o’zi
|
egiluvchanlik
|
Sportchining taktik tayyorgarligi sport taktikasini egallash va tanlangan sport turi bo’yicha taktik mahoratga erishishga yo’naltiriladi. Taktika – bu musobaqalar sharoitida sport kurashi olib borishning shakl va yo’llari yig’indisi hisoblanadi.
Alohida (individual), guruhli va jamoaviy taktika farqlanadi. Shuningdek, taktika passiv, faol hamda kombinatsiyalangan (aralash) bo’lishi mumkin.
Passiv taktika – bu zarur lahzada faol harakatlarni amalga oshirish uchun avvaldan ko’zda tutib raqibga tashabbusni berib qo’yish demak. Masalan, yugurish, velosiped sportida orqadan turib marra yaqinida oldinga tashlanish, boks, qilichbozlik, futbol va b. da qarshi hujum shular jumlasidandir.
Faol taktika – o’zi uchun manfaatli bo’lgan harakatlarni bajarishga raqibni majbur qilish. Masalan, betartib ravishda tezlikni o’zgartirib yugurish (uzun-yuluq yugurish), boksda faol hujumkor jangdan sustiga o’tish va b.; futbol, gandbolda texnik priyom va kombinatsiyalarni tez-tez o’zgartirish; uzunlikka va balandlikka sakrash, uloqtirishlarda, velosport, suzish va h.k. da birinchi urinish, poyganing o’zidayoq yuqori natijaga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |