Bob. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va davlat iqtisodiyotdagi o’rni
II. BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO SIYOSATI TAXLILI
Download 344.61 Kb.
|
Makroiqtisodiyot fanidan kurs ishi mavzu O’zbekiston Respublika
II. BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO SIYOSATI TAXLILI
2.1. O'zbekiston Respublikasinng bojxona shakllari va uning shakllanish omillari Zamonaviy jaxon xujaligi intensiv integratsion jarayonlarni kamrab olgan yagona jaxon bozorini vujudga keltirishga karatilgan, tovarlar va xizmatlar, moliya soxasida erkinlikni vujudga keltirishga yunaltirilganligi bilan ajralib turadi. Bu an’ana tashki iktisodiy alokalarda tovar moddiy boyliklarini moliyaviy vositalarni erkin aylanishini talab kiladi. Xalkaro mexnat taksimoti, jaxon bozoridagi rakobat mamlakatlrning ichki bozorlarini tashki iktisodiy faoliyat bilan shugullanishiga sharoit va imkoniyatlar yaratmokda. UzR Makroiktisodiyot va statistika vazirligining belgilashiga kura, eksport kilinadigan xizmatlarga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofik belgilangan tartibda Respublikaning xujalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan kursatiladigan xizmatlar kiradi. Tashki savdoda xizmatlar savdosi katta urin tutadi. Xizmatlar xam tovardir, birok kupincha ashyolashtirilgan shaklga ega emas va tovarlardan bir kator mezonlari bilan fark kiladi. Xizmatlar - boshka shaxslar extiyojlarini kondirishga yunaltirilgan tadbirkorlik faoliyati bulib, mexnat xukukiga oid munosabatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyat bilan mustasno. Xizmatlar oldi-sotdisi buyicha asosiy tashki savdo bitimlariga transport xizmatlari, injiniring, ijara munosabatlari, turistik xizmatlari eksport - importiga doir operatsiyalar, informatika va boshkarishni takomillashtirish soxasidagi konsultatsiya xizmatlari, sugurtalash va bir kator boshka xizmatlar kiradi. Xizmatlarning tashki savdosi «kuzga kurinmaydigan eksport» deb xam ataladi. Eksport - import operatsiyalari bevosita yoki bilvosita bulishi, ya’ni tovar soxiblari yoki vositachilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Vositachilar sifatida brokerlar, dilerlar, komissionerlar, konsignatorlar, ulgurji xaridorlar, sanoat agentlari, faoliyat kursatishi mumkin. Eksport-import operatsiyalaridan tashkari tashki iktisodiy faoliyat amaliyotida tovarlarni sotish uchun tashki savdoning savdo, auksion va birja singari maxsus shakllaridan xam foydalaniladi. Xar biri eksport yoki import uchun pul summasini olish yoki tulash bilan yakunlanadigan tovarlarni sotishga doir odatdagi eksport-import bitimlari bilan bir katorda tashki iktisodiy faoliyatda tovar ayirboshlash operatsiyalari yoki mukobil kompensatsion savdo xam keng kullaniladi. Mukobil savdo tovarlarni sotishga doir operatsiyalarni uz ichiga olib, bunda eksportchilarning import kiluvchilar maxsulot bir kismini yoki eksport kilinayotgan tovarlar bir kismini xarid kilishga mukobil majburiyatlari kuzda tutiladi. Xilma-xil bulgan mukobil bitimlarni tashkiliy - xukukiy asos yoki kompensatsiya koidasiga boglik xolda uch guruxga ajratish mumkin: valyutasiz asosda tovar ayirboshlash bitimlari (barter), pul asosida savdo kompensatsiya bitimlari va sanoat kompensatsiya bitimlari. Xalkaro kreditlash, xalkaro sugurtalash, xalkaro bank xizmatini kursatish moliyaviy tashki iktisodiy alokalar shakllari xisoblanadi. Ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanishi va jaxon iktisodiyotida fan-texnika tarakkiyoti ishla chikarishga oid va investitsion tashki iktisodiy alokalarning paydo bulishi va chukurlashishiga olib keldi. Tashki savdo alokalari moliyaviy alokalar bilan boglanadi, zero moliya savdo paydo bulishi bilan va savdo xosilasi sifatida paydo buladi. Moliya - pul okimida, pullarning uzluksiz boradigan oborotida yuzaga keladigan munosabatlar tizimidir. Boshkacha kilib aytganda, moliya-pul fondlari shakllanishi va ulardan foydalanishda xamda pul mablaglari oboroti paytida yuzaga keladigan pul munosabatlari tizimidir. Moliya uchta funksiyani bajaradi: -fondlarni shakllantirish va nakd pul mablaglarini olish; -pul fondlari va nakd pul mablaglaridan foydalanish; -pul fondlari va nakd pul mablaglarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat kilish. Tashki iktisodiy alokalarda ilmiy, texnik, iktisodiy xamkorlik, ilmiy, madaniy ayirboshlash va sport tadbirlari borgan sari keng tarkalmokda. Eksportga maxsulot ishlab chikaradigan va sotadigan, shuningdek, import tovarlarini xarid kiladigan va kayta ishlaydigan xamda tashki iktisodiy alokalarning boshka shakllarini amalga oshiradigan tarmoklar, birlashmalar, korxonalar, firmalarning jamuljami mamlakatning tashki iktisodiy majmuasini tashkil etadi. Tashki iqtisodiy majmua uchta asosiy kismdan tashkil topadi: -tovarlarni xorijdagi iste’molchilarga etkazib berish, shuningdek xorijda ishlab chikarilgan maxsulotning kelib tushishi bilan band bulgan xujalik yurituvchi sub’ektlar; -ishlab chikarish faoliyati eksportga maxsulot va xizmatlarni ishlab chikarishga yunaltirilgan xujalik yurituvchisub’ektlar, shuningdek import tovarlari va xizmatlarining iste’molchilari xisoblangan korxonalar; -boshkaruv karorlarini kabul kilish, kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadkikotlar, axborot bilan ta’minlash va xokazolar vositasida tashki iktisodiy alokalarni ruyobga chikarishni ta’minlaydigan tashkilot va muassasalar. Tashki iktisodiy majmuani rivojlantirishning xozirgi boskichi faoliyatning ishlab chikarish va savdo turlarini bevosita, barkaror va uzok muddatga birlashtirish xamda majmuani dinamik va muvozanatlashtirilgan ilmiy ishlab chikarish tijorat tizimigaaylantirishni nazarda tutadi. Eksport saloxiyatini oshirish, kushma tadbirkorlikning turli shakllariga kiritish, rakobat kiluvchi ishlab chikarishlarning mavjudligi, tashki iktisodiy faoliyatni amalga oshirishda mintakalar, korxonalar, barcha xujalik yurituvchi sub’ektlarning mustakilligini oshirish Uzbekiston tashki iktisodiy majmuasini muvaffakiyatli rivojlantirish shartlari xisoblanadi. Xar kanday davlatning tashki iktisodiy faoliyati jaxon xujaligining faoliyat kursatishi bilan boglangan va mukarrar ravishda nafakat milliy xukukiy me’yorlar, balki xalkaro xukuk standartlari bilan xam tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy xukuk reglamentatsiyalari bilan xalkaro iktisodiy xukuk urtasida muayyan ziddiyatlar mavjud. Tashki iqtisodiy alokalar nafakat tovarlar, xizmatlarni ayirboshlash, balki kushma tadbirkorlikni tashkil etish uchun sarmoyalarni olib chikish va olib kirish, ishchi kuchini olib utish yuli bilan xam ruyobga chikariladi. Sarmoyani olib chikish - muntazam ravishda daromad olish yoki boshka iktisodiy va siyosiy foydalarga erishish maksadida pul yoki tovar shaklidagi kiymatni xorijga olib utishdir. Sarmoyani olib chikishning moxiyati moliyaviy yoki moddiy resurslar bir kismini bir mamlakatdagi milliy iktisodiy oborot jarayonidan olish va uni boshka mamlakatlardagi ishlab chikarish jarayoniga kiritishdan iborat. Sarmoyani bir mamlakatdan boshka mamlakatga olib utish avvalo olib chikayotgan mamlakat ichki iktisodiy rivojlanishining uning tashki savdosi usishi bilan takkoslaganda ildam borishi bilan boglangan. Lekin shu bilan birga tashki iktisodiy faoliyat shakli sifatida sarmoyani olib kirish va olib chikish uzaro boglangan va kuyidagi xolatlar tufayli bir-birini shartlaydi: sarmoyani tovar shaklida olib chikish mashinalar, uskunalar, ishlab chikarish uchun butlovchi buyumlarni etkazib berishnianglatadi; sarmoyani olib chiqish- asosan kreditor mamlakatda tovar xaridi uchun takdim etiladigan kreditlardir. Agar tashki savdo xajmlari kupaysa, demak, sarmoyani olib utish usgan, ya’ni sarmoya eksporti tovarlarni xorijga olib chikishni ragbatlantirish vositasiga aylangan. Milliy xukuk xujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofik tarzda muayyan darajada birxillashtirish xozirgi boskichda ushbu muammoning eng makbul echimi xisoblanadi. YA’ni xalkaro xukukning koida va me’yorlari amaliyotda milliy konun xujjatlari orkali ruyobga chikariladi. Uzgartirish jarayonlarining keskinligi Uzbekiston milliy konun xujjatlarini xalkaro standartlarga keltirish jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan, bir necha boskichlarda xal etib borildi. Tashki iktisodiy faoliyat soxasiga taalukli konun xujjatlari va me’yoriy xujjatlarning kupligini e’tiborga olib, Uzbekistonning jaxon iktisodiy tizimiga kirishi xususiyatlarini kurib chikamiz. Mamlakatimizda iktisodiy isloxotlarni erkinlashtirish va chukurlashtirish jarayoni tashki iktisodiy faoliyatni xukukiy boshkarish strategiyasining uziga xosliklarini xamda xam mintakaviy mikyosda, xam aloxida mamlakatlar darajasida savdo-iktisodiy xamkorligining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi. 2000 yil boshida mamlakatimiz dunyoning 38 davlati bilan savdo-iktisodiy xamkorlik tugrisidagi kelishuvlarni, 35 davlat bilan esa sarmoya kiritishni ragbatlantirish va ximoyalash tugrisidagi kelishuvlarni imzoladi. Bu urinda xam xukukiy-shartnomaviy bazani shakllantirishda songa emas, balki sifatga e’tibor karatildi, ya’ni xar bir kelishuv Uzbekistonning milliy manfaatlaridan va sherik davlatning uziga xosliklaridan kelib chikib tayyorlandi. Uzbekistonning AKSH bilan kup kirrali xamkorligining xukukiy bazasini takomillashtirish jarayoni jadal olib borildi, xozir 20 dan ortik uzaro kelishuv va shartnomalar amal kilmokda, ular katorida kapital kuyilmalarni ragbatlantirish va ximoya kilish xakidagi kelishuv xam bor. Amerika kit’asi davlatlar ichida AKSH dan tashkari katta sarmoya resurslariga va texnologik imkonichtlarga ega bulgan Kanada bilan shartnomaviy-xukukiy munosabatlarning rivojlanayotganligini aloxida ta’kidlash kerak. Evropa Ittifoki mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish Uzbekiston Respublikasi tashki iktisodiy strategiyasining ajralmas kismi xisoblanadi. Uzok muddatli. Barkaro va umumtanolingan tamoyillari asosiga kurilgan uzaro xujalik xamkorligini ta’minlovchi Evropa Ittifoki bilan iktisodiy alokalarni xukukiy ta’minlash orkali uz strategik manfaatlariga erishish maksadida Uzbekiston kator ikki tomonlama shartnomalardan tashkari SHerikchilik va xamkorlik tugrisida kelishuv shaklida savdo-iktisodiy xamkorlik tugrisidagi umumiy kelishuvni xam imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga oshirish uchun Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karori va Uzbekiston Respublikasi bilan Evropa xamjamiyati va unga a’zo davlatlar urtasidagi SHerikchilik va xamkorlik tugrisidagi kelishuvni amalga oshirish buyicha 2000-2005 yillarga muljallangan Uzbekiston Respublikasi Xukumatining asosiy tashkiliy chora-tadbirlari umumiy dasturi kabul kilindi. MDX mamlakatlari bilan munosabatlar xam jadal riovjlanmokda. Xamdustlik mamlakatlari bilan munosabtalari ilgari mavjud bulgan iktisodiy alokalarning tabiiy davomi xisoblanadi. Xozirgi vaktda MDX mamlakatlari bilan alokalar madaniy savdo-sotik olib borishga tusik bulayotgan moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakablashmokda. Uzbekiston tashki iktisodiy faoliyatining shartnomaviy-xukukiy bazasini ishlab chikishda va takomillashtirishda jaxonning boshka mintakalari mamlakatlari bilan xam savdo-iktisodiy alokalarni rivojlantirishga xam muxim axamiyat berish kerak. Masalan, Osiyo mamlakatlari asta-sekin jaxon iktisodiyotiga etakchi mavkeni egallamokdalar, dunyoning katta transport-kommunikatsiya imkoniyatlariga ega bulgan muxim savdo, moliya markazlariga aylanmokdalar. Uzbekistonning eksport saloxiyatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish nuktai nazaridan Afrika mamlakatlari xam biz uchun katta kizikish uygotadi, bunda e’tibor tula kayta ishlagan maxsulotni sotishga karatilishi kerak. Bu sharoitlarda ushbu mintaka davlatlariga nisbatan Uzbekistonning xukukiy strategiyasi eng avvalo mexnat taksimoti asosida Uzbekistonning iktisodiy extiyojlaridan kelib chikkan tabakalashtirilgan xolda, xar bir daavlat uchun aloxida ishlab chikilishi kerak. 90 yillardayok kabul kilingan Uzbekiston Respublikasining «Tashki iktisodiy faoliyat tugrisida» gi Konuni mamlakatda tashki iktisodiy faoliyatni xar tomonlama muvofiklashtirishda muxim urin egallaydi. Amaliyotning kursatishicha, bu konun iktisodiyotni boshkarishning ma’muriy-buyrukbozlik usullaridan bozor usullariga boskichma-boskich utish, tashki iktisodiy faoliyatni boshkarish sharoitlarda iktisodiy isloxotlarning dastlabki boskichlarida muxim rol uynaydi. Birok, 90-yillarning oxirlarida boshlangan mamlakat iktisodiyotini erkinlashtirish jarayonlari tashki iktisodiy faoliyatni tashkil etish va boshkarish oldiga yangi-yangi talablarni kuya boshladi. Bundan tashkari, respublikada ushbu konunga u yoki bu darajada daxldor bulgan kator konunlar kabul kilindi. «Valyuta boshkaruvi tugrisida», «Xorijiy investitsiyalar tugrisida», «Bojxona tarifi tugrisida», «Investitsiya faoliyati tugrisida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari tugrisida» gi konunlar shular jumlasidandir. SHu munosabat bilan 2000 yilning may oyida mamlakat xukumati tomonidan Uzbekiston Respublikasining «Tashki iktisodiy faoliyat tugrisida» gi Konun yangi taxrirda kabul kilindi, unda bu soxada keyinchalik konun yaratish faoliyati uchun asos buladigan tashki iktisodiy faoliyatning konseptual asoslari anik belgilab berildi. Konunning yangi taxririda tashki iktisodiy faoliyatni boshkarishning ma’muriy usullaridan iktisodiy usullarining ustuvorligi metodologik tamoyil sifatida anik belgilandi xamda davlat va uning organlarini tashki iktisodiy faoliyat sub’ektlari ishiga nokonuniy aralashishlari man kilindi. Konunning yangi taxriri moddalari mamlakat konunchiligida yuz bergan uzgarishlarni, tashki savdo rejimini erkinlashtirish vazifalarni xamda boshka taxririy tuzatishlar va kushimchalarni xisobga olib yangilandi. Tashki iktisodiy faoliyat moxiyatidan kelib chikib, yangi taxrirda tashki iktisodiy faoliyat turlariga aniklik kiritildi. Konunchilikni kullash amaliyotida malakali ishlatish uchun konundagi asosiy atamalar va tushunchalarning talkini berildi, ular xalkaro xukukiy definitsiyalar bilan mo keladi. YAngi taxrirdagi konunga erkinlashtirish talablariga mos yangi koidalar kiritildi, masalan, tashki iktisodiy faoliyat ishtirokchilarining uz xukuk va manfaatlariga tegishli axborotlarga ega bulish, xorijiy jismoniy shaxslarning Uzbekiston xududida korxonalar ochish xukuki, tashki iktisodiy faoliyat ishtirokchilarining xakamlikni va kullaniladigan konunchilikni tanlash xukuki. Tashki iktisodiy faoliyat sub’ektlarini tashki iktisodiy alokalar vazirligida ruyxatga olish talabi chikarib tashlandi. Davlat organlarining vakolatlari kiska va noanik belgilangan Konunning eski taxriridan farkli ularok, yangi taxrirda tashki iktisodiy faoliyatni boshkarish uchun ma’sul bulgan Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va Tashki iktisodiy alokalar vazirligining asosiy vakolatlari anik belgilangan. Mamlakatning iktisodiy mustakilligi va xavfsizligi ximoya kilish ustuvorligi konsepsiyasini rivojlantira borib, jaxon amaliyotida kabul kilingan va GATT/JST bitimlarida kiritilgan ximoyaning anik chora usullari nazarda tutilan. Download 344.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling