Bob. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari


Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida


Download 1.65 Mb.
bet2/7
Sana23.03.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1289147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Хуфёна иктисодиёт

Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida - makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, Sog'lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, Yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, "Xufyona" iqtisodiyotga Qarshi kurashish va uning ulushini tashqi siyosat, valyuta siyosatini erkinlashtirish va davom ettirish2 harakatlar strategiyasida belgilab o’tilgan.
Xufyonaga tushishning asosiy sababi yuqori soliq stavkalari bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Respondentlar davlat apparati korruptsiyasini eng muhim “soliq bo‘lmagan omil” deb hisoblashadi: litsenziyalar, guvohnomalar, ruxsatnomalarni olishda “norasmiy to‘lovlar” hisobga olinmagan naqd pul olishni talab qiladi. Keyingi muhim sabab - bu xufyona sektoridagi sheriklarning ishi (xom ashyoni qog‘ozsiz sotib olish zarurati, “shaxsiy” asosda jalb qilingan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari va boshqalar).



  1. BOB. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari

    1. Xufyona iqtisodiyot doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalari

Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub‘ektlar o‘rtasidagi moddiy ne‘mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi.
Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat:
-turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali buxgalteriya hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini amalga oshirish;
-trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish;
-“ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan yashirish;
-korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali korxona soliq to‘lashdan ro‘yxatga olingan joyida ham, faoliyat yuritgan joyida ham qochadi, ya‘ni bo‘yin tovlaydi;
-hisobga olinmagan xarajatlar xisobiga sotilayotgan mahsulot (xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish;
-rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga asosan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda ko‘rsatiladi, uning qolgan qismi nakd pul shaklida o‘zaro taqsimlanib olinadi. Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotnint qaysi sektorga, ya‘ni norasmiy, kriminal, faktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli ekakligini aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
- davlatning fiskal (soliq) manfaatlari;
- YaIMning real hajmi;
- huquqiy parametrlar;
- xo‘jalik sub‘ektlari o‘zaro harakati tavsifi.
Xufyona iqtisodiyot doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
-to‘liq buxgalterlik hisobidan chiqarilgan, hech qayerda hisobga olinmaydigan xo‘jalik-moliya operatsiyalari. Bunday operatsiyalar huquqiy jihatdan ro‘yxatga olingan va umuman ro‘yxatga olinmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi;
-qisman yashirilgan operatsiyalar. Bunda korxonalar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni bir qismi, ya‘ni olingan daromadning bir qismi buxgalteriyada hisobga olinmaydi, soliqqa tortishdan yashiriladi.
Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid kelmasligi nuktai nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan xufyona iqtisodiyot sektorlariga ajratiladi. Kriminal, ya‘ni jinoiy, qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy faoliyat yashiriladi. Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat, daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi.
Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan jinoyatlar tashkil etadi.
Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida tashkil etilgan, qonunchilikda qat‘iyyan man qilingan faoliyat turlari kiradi Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi:
-qurol-yarog‘ ishlab chiqarish va sotish;
-narkobiznes;
-kontrabanda;
qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish;
-odam savdosi;
-fohishabozlik va hokazo.
Ushbu faoliyat turlari yashirin, nolegal korxona, sex, yashirin biznes va tadbirkorlik sub‘ektlari yoki rasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan korxonalar (firmalar) shaklida tashkil etiladi. Yashirin, jinoiy xufyona iqtisodiyot doirasida uyushgan jinoyatchilik vujudga kelib, rivojlanadi. Uyushgan jinoyatchilikka asoslangan jinoiy xufyona iqtisodiyot ko‘pgina holatlarda yuqorida bayon qilingan qonunchilikda man qilingan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug‘ullanadi Yashirin ishlab chiqarishdan ko‘zlangan maqsad haddan tashqari yuqori daromad olish, soliq to‘lamaslik, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalarini buzish orqali ishlab chiqarishni tashkil etish, yuqori transaksiya xarajatlarining mavjudligidir. Xufyona ishlab chiqarish tashkillashtirilgan, uyushgan jinoyatchilik asosida yoki mustaqil yakka tartibdagi jinoyatchilik asosida amalga oshiriladi.
Uyushgan jinoiy iqtisodiy faoliyat shakllaridan biri reketdir. Reket odamlarni qo‘rqitish, shantaj qilishga asoslangan biznes hisoblanadi. Reket ta‘magirlik va kriminal monopoliya shakllarida namoyon bo‘ladi Ta‘magirlik, zo‘ravonlik yoki kriminal raqobat usullari orqali biznes sub‘ektlariga tahdid qilib, ulardan pul undirish hisoblanadi. Kriminal monopoliya kriminal, jinoiy vositalardan foydalanib, raqobatchini qurqitish yoki yo‘q qilishdir.
Yashirin, ro‘yxatga olinmagan korxona va ishlab chiqarishlarni, sexlarni tashkil etishning asosiy sabablari kichik biznes va tadbirkorlikni tashkil qilishda yuqori texnologik xarajatlar qilishning qiyinligi, og‘irligi, yashirin ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga yuqori monopol narxlarni belgilash, shu boisdan yuqori daromad olish imkoniyatining yuqoriligi.
Yashirin ishlab chiqarish konunchilikda ruxsat etilgan faoliyat doirasida litsenziya olmasdan, ruxsatsiz yoki faoliyat uchun huquqi bo‘la turib, soliqdan qochish, daromadni soliqqa tortilishidan yashirib faoliyat yuritishda namoyon bo‘ladi
Norasmiy, kuzatilmagan iqtisodiyot sektori qonunchilikda man qilinmagan faoliyatlar doirasida noformal ish bilan bandlik, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz faoliyat yuritadigan xo‘jalik sub‘ektlaridir. Ularga huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, noformal tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilar kiradi. Ushbu faoliyat natijasida olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi. Shu bilan birga, ular ijtimoiy to‘lovlar to‘lamagani uchun ham ijtimoiy iste‘mol fondlarini tashkil etishda ishtirok etmaydi.
Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyat natijalariga ko‘ra mahsuldor yoki fiktiv shakllarda ham namoyon bo‘ladi. Mahsuldor xufyona iqtisodiyot odatdagi tovar va xizmatlar yoki kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda ifodalanadi. Fiktiv iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyot doirasida qo‘shib yozish, o‘zlashtirish, poraxo‘rlik, tovlamachilik, xaridorlarni aldash, sifatsiz, nostandart mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida daromadlar olishda namoyon bo‘ladi.
Fiktiv iqtisodiyotda xo‘jalik sub‘ekti norasmiy iqtisodiy aloqalar, faoliyat muhiti, sharoitiga ega bo‘lish orqali qo‘shimcha sun’iy ravishda daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sun’iy sharoitlar orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-ayrim korxonalarga asosli bo‘lmagan holda faoliyat imtiyozlarining berilishi;
-davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida ayrim xo‘jalik sub‘ektlariga asossiz ravishda ustunlik, imtiyoz berish;
-mulk munosabatlarining huquqiy va iqtisodiy jihatdan yetarli darajada tartibga solinmaganligi;
-mulk, daromad, moddiy ne‘matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga ma‘muriy boshqaruv organlarining ta‘sir ko‘rsatish huquqining mavjudligi.
Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlariga ko‘ra xufyona ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste‘mol shakllarida namoyon bo‘ladi.

    1. Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash

Xufyona ishlab chiqarish noqonuiiy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, fuqarolar xususiy mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi.
Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida yuz beradi.
Xufyona iste‘mol - noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne‘matlarni iste‘mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul qilinmagan, kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlarni iste‘mol qilish hamda ana shunday xarakterdagi xizmatlardan foydalanish.
Xufyona iqtisodiyot barcha tovarlar va xizmatlar, resurslar bozorini hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Shuningdek, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, rasmiy ro‘yxatga olinmagan va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar xufyona iqtisodiyot sub‘ektlari bo‘lishi mumkin.
Huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik sub‘ektlari yashirin ishlab chiqarish va ayirboshlash bilan shug‘ullanadilar. Rasmiy ro‘yxatga olinmagan xo‘jalik sub‘ektlariga quyidagilar kiradi:
uy xo‘jaligi va korxonalarga naqd pulga yoki natura shaklidagi to‘lovlar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, tadbirkor sifatida rasmiy ro‘yxatga olinmagan jismoniy shaxslar;
aholiga pulli uy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
legal tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi yashirin korxonalar, sexlar. Ularning faoliyati statistika va buxgalteriyada hisobga olinmaydi.
Xufyona iqtisodiyotining belgilari. Mamlakat yashirin iqtisodiyotining ko'lamini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar quyidagilar:
-Haqiqiy iste'mol darajasi va rasmiy daromad darajasi o'rtasidagi tafovut;
-Mamlakatlarning markaziy banklarining uslubiy hisob-kitoblariga nisbatan pulga talabning yuqori baholanishi;
-Elektr energiyasi iste'moli, ishlab chiqarish faoliyatida, xizmatlar sohasida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar hajmidagi tafovut;
-Aholini tanlab olingan kuzatuvlar va sotsiologik tadqiqotlar orqali belgilangan mehnat bandligining statistik ko'rsatkichlari va ularning o'lchamlari o'rtasidagi tafovut.
Ko'rsatkichlarning sezilarli darajada og'ishi tadbirkorlar o'rtasida tuzilgan bitimlarning ahvolidan yashirishning katta qismini, real daromad darajasining yetarlicha baholanmaganligidan dalolat beradi.
1-jadval3 Xufiyona iqtisodiyotni tiplashtirish mezonlari


Asosiy belgilari



«Ikkilamchi
xufiyona» iqtisodiyot

«Jinoiy
bo‘lmagan» iqtisodiyot

«Jinoiy» iqtisodiyot

Subyektlar



Iqtisodiyotning rasmiy sektoridagi
menejerlar

Norasmiy ravishda ish bilan band

Professional jinoyatchilar

Obyektlar



Ishlab chiqarmay turib daromadlarni qayta taqsimlash

Odatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish

Taqiqlangan va taqchil tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish

«Oq» iqtisodiyot bilan aloqasi

Rasmiy iqtisodiyotdan
ajralmagan

Nisbiy mustaqillik



Rasmiy iqtisodiyotga
nisbatan mustaqil

Xufyona sektor bilan bog‘liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan va / yoki shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo‘ysunish me’yorlarining mavjud emasligi, me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi.


Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish uchun universal o‘yin qoidalarini ifodalab bo‘lmasa-da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona sektorga ega bo‘lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o‘rganilgan.
Davlatning (dastlab Ispaniya, so‘ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va uning mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni ta’minlashga layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari bo‘ldi. Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o‘zi olib boradigan «bo‘lib ol va hokimiyat o‘rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida shunchaki unutib qo‘ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik huquqlarini tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta’minlashning davlatning aralashuviga muqobil mexanizmari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo‘yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi feodalizmdan mayda va o‘rta er mulkchiligiga o‘tishning aynan shu pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va na’munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo‘lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o‘yin qoidalarining yig‘indisidir.
Birinchi me’yor «o‘yin konstitutsiyasi» o‘zaro hamkorlik maqsadlarini aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Agar mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o‘zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o‘z sha’nini va o‘z oilasining sha’nini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Hatto o‘zini mafiya deb hisoblagan insonning o‘zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati maqsadining an’anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha’ni va obro‘si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni haqida ketayapti. Sha’nning yo‘qotilishi ijtimoiy o‘zaro munosabatlar sohasidan chiqarilishga olib keladi – uni yo‘qotgan insonlar hatto alohida, qishloqlarning chekkalarida yashashadi va faqat o‘z muhiti doirasida muloqatda bo‘lishadi. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Agar utilitarizm me’yorini oqilona harakat me’yori to‘ldirsa, u holda sha’nni himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar ega bo‘lgan zulm o‘tkazish salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash lozimki, mafiyaning madaniy sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig‘inish). Shaxs tomonidan kontragentlar ehtiyojlarini qondirish orqali foydalilikni oshirishning bozor tamoyili (unga ko‘ra almashuvning barcha ishtirokchilari yutadi)dan farqli o‘laroq, hasad raqobatchiligida ikkita g‘olib bo‘lishi mumkin emas: faqat bitta g‘olib mavjud - qolganlar hammasi – mag‘lublar. Kundalik turmushni tartibga soluvchi vosita sifatida zulm o‘tkazishdan foydalanish uchun taqiqlarning mavjud emasligi, zulm o‘tkazishni monopollashtirishga urinish iqtisodiy sohadagi mafiya vakillarining xatti-harakatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorda foyda olishga cheklashlar oshkora tadbirkornikiga qaraganda kam. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo‘llanilishi bilan to‘xtab qolmaydi, oshkora tadbirkor esa zulm o‘tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan bog‘liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki lokal monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi. Mafiya qoidalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi bozor mukammal raqobat shartlaridan yiroqlashadi, bunday qoidalarning mavjud bo‘lishi iqtisodiy mexanizmlarning amal qilishi tartibini o‘zgartiradi.

    1. Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari

Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, chunki u oila doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha’ni tushunchasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi. Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do‘stona munosabatlar yoki «patron-mijoz» munosabatlari orqali bog‘liq.
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch mafiyaning iqtisodiy faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorlarning yana bir raqobat jihatdan ustunligi bo‘lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo‘lgan va bitim tuzish imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida bunday holat o‘rin tutadi) ishonchni tug‘dirish, reklama qilish va sotish bilan shug‘ullanuvchi alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek, ishonch tanqisligi sharoitida amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar sifatida ishonchning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g‘oyrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do‘stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun ko‘pincha mafiyaning oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. Aynan o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o‘zlariniki» o‘rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy faoliyati amalga oshiriladi.
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga bo‘lish printsipial jihatdan muhim, bu erda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida boradi. «O‘ziniki» doirasida sha’n va obro‘ga birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va «begona» o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi muqarrar, ishonch esa dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama standarti mantiqiga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi. Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa davlat vakillari bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a’zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt jim turishadi.




  1. Download 1.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling