Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritayotgan Jamal ismli shaxs


Download 228.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi228.55 Kb.
#1402323
1   2   3   4   5
Bog'liq
huquq tarixi kazus

“Oldi-sotdi shartnomasining predmeti ko‘chirib bo‘ladigan ashyolar (don, 
hayvonlar, qullar va boshqalar) hamda ko‘chmas mulklar (dalalar, bog‘lar, uylar) 
bo‘lingan. Ancha qimmatbaho mulklar (yerlar, qurilish binolari, qul, hayvon 
singarilar)ni sotish guvohlar ishtirokida yozma shaklda amalga oshirilgan. Bunday 
shartnomalar quyoshda quritilgan yoki olovda kuydirilgan loydan yasalgan qattiq 
loytaxtachaga yozib qo‘yilgan. Oldi-sotdi shartnomasida ashyoni sotuvchi faqat 
mulkning haqiqiy egasi bo‘lishi talab qilingan. Zero, mulk uchinchi shaxs 
tomonidan sotilib, so‘ngra mulkning haqiqiy egasi mazkur mulk uning
xohishirodasiga zid ravishda sotilganini daʼvo qilsa, ushbu mulk haqiqatan ham 
unga qarashli ekanligini bildiradi. 
Bu haqida Xammurapi qonunlarining 9-moddasida “Mulk haqiqiy egasiga 
qaytarilib, sotuvchi o‘g‘ri sifatida sotilgan narsa evaziga uning summasini sotib
oluvchiga qaytarib berilsin va o‘zi o‘limga mahkum etilsin” deyilgan. Endi esa
berilgan kazusga e’tibor qaratadigan bo’lsak, unda quyidagi muammolarga
yechim berishimiz kerak. Ya’ni kazusdagi muammolar quyidagilardan iborat:
1-muammo. Kamalning Jamalga qilgan davosi to’g’rimi 
2-muammo. Jamalning e’tiroziga asos bormi 
 
3-muamm. Kamalning patesiga qilgan murojaati qanday yakun topadi 
1-muammoga e’tibor qaratsak, bu yerda Kamal Jamaldagi qullarni menga 
tegishli, ular qochoq yoki o’g’irlangan deb davo qilayapti. Jamal esa uning davosini 
rad etib, bu 2 ta qulni Mag’rur ismli savdogardan 4 mina kumush evaziga olganligini 
va guvohlari borligini ta’kidladi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek Xammurapi 
davrida mol-mulk qattiq ximoya qilingan.


”Mulk egasi o‘z mulkini har qanday kishidan talab qilib olish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan. Agar mulk egasi o‘z mulkini birovdan topib olsa, bunda uni egallab turgan 
shaxs mulkni boshqa shaxsdan sotib olganligini ko‘rsatsa, mulkning haqiqiy egasi 
sudga mulk haqiqatdan uniki ekanligini tasdiqlaydigan guvohlar keltirishi, uni 
sotgan kishini va ushbu shartnoma tuzilishida ishtirok etgan guvohlarni sudga olib 
kelishi lozim bo‘lgan. Guvohlarga qasam ichirilgan. Oldi-sotdi shartnomasida ancha 
qimmat bo’lgan ya’ni yerlar, qurilish binolari, qul, hayvon singarilarni sotish 
guvohlar ishtirokida yozma shaklda amalga oshirilgan” Savdoda mulkning asl 
egasi bo’lishi shart bo’lgan. Xammurapi qonunlarining 9-moddasida bu holat 
bo’yicha quyidagicha keltiriladi: “Agar biror kishi mulkini yo'qotib qo'ysa va uni 
boshqasining qo'lidan topsa, mulk qo'lida bo'lgan shaxs bo'lsa "Savdogar uni menga 
sotdi, men buni guvohlar oldida to'ladim", deb aytsa va mulkning asl egasi «Men 
guvohlarimni keltiraman. Bu mening mulkim, bilinglar»,-deb aytganda, xaridor uni 
sotgan savdogarni va uning oldida guvohlarni olib keladi. Mulk asl egasi o'z mulkini
aniqlay oladigan guvohlarni olib keladi. Sudya ularning ko'rsatmalarini 
tekshiradi. Narxlar to'langandagi guvohlar qasamyod qiladi. Savdogar o'g'ri ekanligi 
isbotlansa, mulkni sotgan odamga pulni qaytaradi. Mulkni asl egasi mulkini oladi va 
o’gri savdogarga o’lim jazosi qo'yiladi”. Demak bu yerda Kamalning davosi to’g’ri 
chunki u o’z mulkini talab qilayapti va guvohlar bilan talabini asoslayapti. Agarda 
Kamal davosini asoslay olmaganda ya’ni guvohlar topib kelmaganda Xammurapi 
qonunlarining 11-moddasiga muvofiq u jinoyatchi va tuxmatchi sifatida o’limga 
hukum qilinishi mumkin edi. Yoki 12-moddaga muvofiq sudya unga davosini 
isbotlash uchun 6 oy vaqt berishi mumkin edi. 

Download 228.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling