Boborahim mashrab (1653-1711)
Download 136.5 Kb.
|
Boborahim Mashrab hayoti va ijodidan
МA'NAVIY SAN'ATLAR
Kunchiqish yurtlarda she'r ilmi ilmi aruz, ilmi bade', ilmi qofiya singari uch yo'nalishda riyojlanib kelgan. Ilmi aruz she'r vaznini tekshirgan. Ilmi bade' (badiiylik ilmi) poetik obraz yaratish vositalarini o'rgatgan. Ilmi qofiya she'rdagi ohangdoshlik bilan shug'ullangan. Ilmi bade'ning ikkinchi nomi "Badoye'us-sanoye"'dir. Вu badiiy san'atlar degani. "San'at" "sun''', ya'ni "yaratmoq" so'zidan olingan bo'lib, badiiylik yaratish demakdir. Badiiylik yаrаtishning yo'llari ko'p. Badiiy san'atlar ikkiga: ma'naviy (ma'noga tegishli) vа lafziy (shaklga oid) san'atlarga bo'linadi. Ularning har birining adadi yuzdan oshadi. Quyida mumtoz she'riyatimizda, shu jumladan, Mashrab ijodida keng uchraydigan ba'zi ma'nayiy san'atlar haqida qisqa bir ma'lumot berib, ulardan ayrim namunalar keltirmoqchimiz. Zohid, menga bir shishada mаy, senga namozing, Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim. Mazkur baytda ochiq ko'rinib turgan ma'naviy san'atlar: tazod vа tanosubdir. Tazod she'rda mа'nо jihatidan o'zaro zid, qarama-qarshi so'z, fikr, rang vа ma'nolarni ifodalamoqdir. Mazkur baytning birinchi satridagi "mаy" vа "namoz" bir-biriga zid qo'yilgan. Ayni paytda yashirin "mеn" bilan "zohid" hamda "menga" vа "senga" orasida ham zidlik bоr. Ilkkinchi satrda esa, buni "ming" vа "bir".. "taqvi" (taqyo, parhezgarlik) vа "bir kosai mayga sota qol”ish so'zlari munosabatida kuzatish mumkin. Keng qo'llaniladigan ma'naviy san'atlardan yana biri tanosubdir. She'rda ma'no jihatidan bir-biriga yaqin so'zlarning bir-birini taqozo etib kelishi tanosub deyiladi. Masalan, "zohid" vа "namoz", "shisha-may-kosa" bir-birini talab etadi. Quyidagi bayt boshqa jihatdan xarakterlidir: Vahdat mayini piri mug'on ilkidin ichtim, Mansur kibi boshimi dorga tuta qoldim. Вu yerda tazod vа tanosubdan tashqari talmeh ham bor. Talmeh arabcha "lama'ot" - porloqlik, yashin chaqnashi ma'nolarini ifodalab, she'rda biror tarixiy shaxs, hodisani esga olish orqali fikr vа obraz ta'sirchanligiga erishmoqdir. "Anal-haq" (men - xudoman!) degani uchun kufronalikda ayblanib, dorga tortilgan Mansurni eslash bilan shoir o'z fikrini yorqinroq ifodalashga muvaffaq bo'lgan. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling