Boborahim Mashrabning hayot iva ijodi Boborahim Mashrab va o‘tmishdagi adiblar. Mashrab tazminlari. Mashrab lirikasi. Mashrab gazallari tahlili


Download 184.5 Kb.
bet12/13
Sana25.04.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1397772
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mashrab

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mashrab she’riyatining har bir namunasidan tasavvufiy mazmun va so‘fiy ramz-timsollarni qidirish, har bir holatda ma’shuqa madhi va uning vasliga intilish zaminida Yaratuvchi madhi va unga sig’inish, talpinishni tushunish xatodir.
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat-fazilatlarini ta’riflash, orzu-umidlari, shodlikquvonchlari va g’am-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ham salmoqli o‘rin egallaydi.
Bitiruv malakaviy ishda quyidagi ilmiy-nazariy xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Boborahim Mashrab о‘z salaflari singari g‘azal, masnaviy, mulamma, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba’ janrlarida qalam tebratdi. U ham о‘rta asr mumtoz shoirlari kabi an’anaviy ishq mavzusida g‘azallar va manzumalar yozib, mumtoz she’riyatimiz taraqqiyotida munosib iz qoldirdi.
2. Shoirning din va tasavvufga bog‘liq she’rlarida xalq og‘zaki ijodi an’analari betakror badiiy talqin etilgan. “Majoz tariqi bila haqiqat asrori”ni ifodalagan ijodkor oshiqlik, komillik va oriflik, pok muhabbat kabi mavzularni ilohiy kitoblardagi kо‘rsatmalar asosida, shu qatorda xalq og‘zaki ijodining maqol, matal, aforizm, sо‘z va iboralari hamda tarixiy-an’anaviy shaxslar ibrati vositasida mahorat bilan tasvirlaydi. Mashrab g‘azallarida ifodalangan majoziy ishq haqiqiy ishq yо‘lidagi bir vosita, bir kо‘prikdir. Uning g‘azallaridagi insoniy muhabbat zamirida Yaratuvchining buyuk san’atkorligidan hayratga tushish, inson va olam gо‘zalligidan zavqlanish, komil inson siymosida Tangri jamolini mushohada qilish tuyg‘usi yotadi. Shoir о‘zining falsafiy, mantiqiy zavqlanishlari, mushohadalarini san’atkorona tasvirlaydi.
3. Mashrab о‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodining keng imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalandi. Ularda xalq og‘zaki ijodi ertak, maqol, aforizm, hikoyat va latifalari о‘ziga xos badiiy talqin etilgan.
Mashrabning pand-nasihatlari, Markaziy Osiyodagi xalqlar, ayniqsa, turkiylar hayoti, urf-odatlari bilan bevosita bog‘liq. Uning g‘azallari XVII- XVIII asrning ijtimoiy-axloqiy qarashlarini va tarixiy jarayonini nisbatan kengroq ifodalashi bilan ham ahamiyatga molikdir.
4. Mashrabshunoslik о‘ziga xos murakkab taraqqiyot yо‘lini bosib о‘tdi. Agar rus tadqiqotchilari Mashrabni xalq nima sababga kо‘ra kо‘p о‘qiydi, degan jumboqqa javob izlash uchun uning merosini о‘rganishga qiziqqan bо‘lsalar, shо‘ro davridagi о‘zbek olimlari Mashrabni mafkuraviy qatag‘onlardan asrash uchun turli yon berishlarga majbur bо‘lganliklari kuzatiladi.
5. Ijodkor xalq jonli tilining biror vositasini-maqol, matal, hikmatli sо‘z va iboralarni tanlab ishlatar ekan, bu vositani badiiy asar talabiga muvofiq ijodiy tarzda qо‘llaydi. Bu orqali u о‘z uslubi xususiyatlarini namoyon etadi. Shu boisdan Mashrab ijodidagi maqol va aforizmlarni о‘rganganda, uning she’riyatida yuksak mavqe egallagan jonli sо‘zlashuvga xos unsurlarni, idiomatik iboralarni hamda tarixiy va an’anaviy timsollar tahliliga alohida e’tibor qaratish taqozo etiladi. Shoir о‘z g‘azallarida, asosan, frazeologizmlardan keng miqyosda foydalangan.
6. Mashrab xalq og‘zaki ijodiga tayanib, g‘azalda о‘ziga xos soddalikka, fikr-tuyg‘ularini xalq ruhi va tiliga yaqin bо‘lgan vositalar bilan sayqallashga erishdi. Shoir maqol, matal va masallarni “irsoli masal”, “tamsil” kabi san’atlar vositasida ham qо‘lladi. Ularning yozma adabiyot vositasida xalq bisotida yashab qolishiga katta hissa qо‘shdi. Mashrab, ayniqsa maqollar vositasida fikrni lо‘nda, ixcham va ta’sirli ifodalashga erishadi.
7. Mashrab mumtoz adabiyotning qonuniy davomchilaridan biridir. U о‘ziga qadar bо‘lgan о‘zbek adabiyotining taraqqiyot yо‘liga katta hissa qо‘shib, о‘z ijodi bilan yangi, yuksak sarhadlarga erishgan san’atkordir. U xalq ijodiyotiga munosabat bildirishda, undan ilhom olishda ulkan ibrat kо‘rsatdi. Shu jihatdan ham о‘zbek mumtoz adabiyoti va folklar uyg‘unligining yuksak nuqtalaridan biri Mashrab ijodi deyilsa, xato bо‘lmaydi. Shu bilan birga Mashrab ijodiyoti Yaqin va О‘rta Sharq xalqlari yozma adabiyoti bilan xalq poetik ijodi aloqalari va umuman, adabiyot bilan folklorning о‘zaro munosabati tipologik hodisalarini yoritish, qonuniyatlarini о‘rganishda muhim bir manbadir.
8. Mashrab she’riyatida insonparvarlikni, dо‘stlikni, hamjihatlikni, insonlararo mehru muhabbatni targ‘ib qildi. Shoirning muvafaqqiyatlariga sabab bо‘lgan omillardan yana biri, uning bilimdonligi, xalq og‘zaki ijodini kuzatuvchanligida kо‘rinadi. Mashrab о‘z davrida mavjud ilm-fanlarni a’lo darajada egallagan, tabiat va jamiyat haqida mufassal bilimga ega bо‘lib, juda kuzatuvchan, nozikbin edi. Uning g‘azallarida tasvirlangan rang-barang hodisalar orasida butun Sharq adabiyoti uchun xos bо‘lgan chuqur falsafiy mulohazalar talqini oz emasligi ham bu fikrni tasdiqlaydi.
9. Shoir xalqning kundalik hayotini yaxshi bilgan. Busiz xalq yuragiga yetadigan asar yaratish mumkin emas. U turli kasbdagi kishilarni har xil toifaga mansub shaxslarni, ularning turmushini, ruhiy kayfiyatini mufassal о‘rganib chiqqan va she’rlarida betakror talqin etgan.
10. Mashrab о‘zbek va fors tilini mukammal bilgan, bu tillarda yaratilgan xalq og‘zaki ijodi an’analarini chuqur egallagan. Tildagi kichik bir xato ham har qanday shoir uchun katta nuqson hisoblanadi. Mashrab turkiy lahjalarni, о‘zbek adabiy tilini hamda fors va arab tilini puxta bilgan. Uning she’rlari betakrorligini ta’min etgan omillardan yana biri she’riyat sohasida salaflari yutuqlarini yangilari bilan boyita olganidir. Shu bois u о‘ziga xos, mashrabona she’riyatga asos sola bildi.
11. Mashrab she’riyatga folklorni chuqur singdirib, yangilik berishni, tasavvuf g‘oyalari bilan uni bog‘lashni muvaffaqqiyat bilan ado etdi. Bu yо‘nalishda u о‘ziga xos yо‘l tutdi. Uning dunyo va inson haqidagi falsafiy asarlari nazirabozlikdan iborat emas, balki о‘z g‘oyalarini katta san’atkorlik bilan ifoda etgan.
Mashrab bilan bizning davrimizni uch asrlik masofa ajratib turibdi. Ular tamomila boshqa-boshqa sotsial-iqtisodiy zaminga asoslangandir. Ammo milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimiz Mashrab ulug‘lagan va ardoqlagan tuyg‘ularga begona emas. Binobarin, Mashrab bizlar bilan zamondosh. Shubhasiz, uning ijodidagi yuksak g‘oya va maslak, teran fikr va ideallar tarix bisotida qolib ketmadi. Bugun ham adabiy-estetik tafakkur rivojiga, ma’naviy-ma’rifiy yuksalishga xizmat qilmoqda. Yuqoridagi fikr – mulohazalardan kelib chiqib quyidagicha UMUMIY XULOSALARGA keldik:

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling