Boborahim Mashrabning hayot iva ijodi Boborahim Mashrab va o‘tmishdagi adiblar. Mashrab tazminlari. Mashrab lirikasi. Mashrab gazallari tahlili


Download 184.5 Kb.
bet4/13
Sana25.04.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1397772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mashrab

Lomakonni shahrida oshiqni shaydo qildi ishq,
Anbiyou avliyolarni hovaydo qildi ishq.
Jilvasin ko‘rsatib zohirda elga rang-barang,
Oru nomusdin kechib olamga g’avg’o qildi ishq.
Bildiyu eshitti, Mashrabning qarori yo‘q ekan,
Zohrin go‘yo qilib, botinin bino qildi ishq.
Mashrab she’rlarida odam zotining asosiy nuqsoni nafsu hirs balosiga mubtalo bo‘lganligini, bu nuqson uni ilohiy fazilatlardan mahrum etishi, ahloqan tubanlashtirishi, o‘tkinchi mayl-istaklarni uyg’otishi, insoniy xislatlardan, xaqiqat, ma’naviyat va ma’rifatdan yiroqlashtirishini aytib, nafs ajdahosi komidan xolos bo‘lganlar uchun faqat Alloh – Haq, haqiqatdir degan qarashni ilgari suradi. Shu bois inson faqag Allohni sevishi, unga oshiq bo‘lishi, komil inson bo‘lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo‘lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik – Allohdandir, binobarin, uni sevgan kishi o‘z yaqinlarini, ota-onasini, elyurtini, odamlarni ham sevadi.
Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mamlakatimizning turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bogʻlari va kinoteatrlar, maktab va kutubxonalar, koʻchalar va jamoa xoʻjaliklari bor.
Mashrab yoshligadanoq majnuntabiat, qalandarvash, so‘fisurat qiyofaga etib boradi. Uning g’ayritabiiy odatlari, so‘zlari, yurgan yo‘lida aytadigan. baytu g’azallari ota -onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu havaslar bilan o‘g’liga yangi liboslar kiygazsa, Mashrab.dush kelgan oji beshoralarga kiyimlarini echib berar va o‘zi yalang’osh yurar edi. Ota -onasi iztirob bilan buning sababini so‘raganlarida, u «men onadan kiyim bilan tug’ilmaganman, shunday ekan, yalang’osh yuraveraman» qabilida javob berardi. Bu so‘fiylik tariqatidagi qalandariya suluhining zohiriy alomati edi. O‘n besh yoshga etgan Boborahim qaerda go‘riston bo‘lsa, ziyorat qilib, odamlarni: suyaklarini ko‘rib: «Ey odamzod, oxir o‘lub boshinga tushadurgon ish budur», deb yig’lab yurar edi. Inson oxiratini idrok etish, dunyo moliga hamda vafosi e’tiqod qo‘ymaslik kabi bu amallar yosh Mashrab vujudidaga mavjud avliyoviy xislatlaridan dalolat berardi, O‘g’lilaridagi bu xislatlarni tushunmay, ota ona xavotir va tashvishga tushib, Mashrabni o‘sha davrdagi yirik taqvodor piru murshidlardan biri - mullo Bozor Oxundga ushrashtiradilar. Mashrab «xosayi Xudoyi taolo» bo‘lmish g’aybdan «zo‘r masala» so‘rab, mullo Bozor Oxundni ham lol qoldiradi.
Mashrab Tangri taologa muhabbati yo‘lida o‘rtangan chinakam devonavi oshiq ekanligini birinshi bo‘lib mullo Bozor Oxund payqaydi. Chunki Mashrab yurgan yo‘lida oshiqona baytu gazallar aytib, muhabbat bozorida qalandar bo‘lib yetishayotgan edi.
Ayni paytda, Mashrab ham mullo Bozor Oxunddan zo‘r ixlos bilan ta’lim oladi. «qissayi Mashrab»da keltirilgan bir g’azalda ustod Xaq yo‘lida jon bergan, ishlari nurga to‘lgan oshiqlarning piru murshidi sifatida vasf etiladi: Ma’rifatni gulzori mullo Bozor devona, Oshiqlarni sardori mullo Bozor devona Yo‘qtur aslo kinasi, bahri urfon siynasi, Nuri hak, .oyinasi, mullo Bozor devona...
O‘ziga xos fe’l -atvorga ega bo‘lgan Mashrab tabiatini mullo Bozor Oxundgina yaxshi tushunadi va xatgo darveshtabiat shoirning qismat tilsimi Qashqardaga Ofoq xoja qo‘lida yechilishini ham bashorat qiladi: «Har kim Mashrabga ozor bersa, man ul kishidin ozor toparman. Hargaz daxl qilmanglar. Isoyi ham o‘z yo‘lig’a, Musoyi ham o‘z yo‘lig’a. Ammo Mashrabning piri ruxsat kunandasi qashqardadur. Ishi anda tamom bo‘lur».
Boborahim Mashrab Qashqarda istiqomat qiluvshi mashhur Ofoq xojaga goyibona ixlos va muhabbat paydo qiladi. «Qissayi Mashrab»da Ofoq xojaning tasavvuf tariqatidagi mavqe - martabasi to‘g’risida quyidagasha ma’lumot beriladi: «Ma’niyi Ofoq uldurki, «Qutbul Olam» degan bo‘lur. Dunyoda ikki Ofoq o‘tubdurlar: birlari Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy, yana birlari hazrati Ofoq xojamdurlar». Mashrab pir axtarib. murid tutinish ushun Qashqarga boradi. Baliqshi, Andijon, O‘sh shaharlarini manzil-bamanzil kezarkan, shox Mashrab qalandarvor zikru samo‘ qilib, baytu g’azal o‘qib, xaloyiqni xayroshshkda qoldirib, Qashqarga yetadi. Ofoq xoja ostonasida xokipo bo‘lib, unga qo‘l berib, murid tutinadi:
Qo‘lum oling, yo pirim, manda toqat qolmadi, Yo‘lg’a soling, yo pirim,. menda holat qolmadi...
Kimyonazar Ofoq xoja Mashrabdagi ilohiy iste’dodga ravnaq bag‘ishlaydi. «SHul podshohim Mashrabni boshini tizzalariga olib, botindin xabar oldilar ersa, Mashrabni dilini sharog’ig’a yog’ quyib, filitasini tayyor qilib, ravshan qilg’oni bir piri komil tobmay yurgan ekan. Hazratim aydilarki: «Ey so‘filar, sizlar guvoh bo‘linglar, bu devonaning otini Mashrab qo‘ydum, ollohu akbar»,- dedilar». Shundan e’tiboran, Boborahim Mashrab taxallusi bilan mashxur bo‘ldi.
Ofoq xoja dargohida Mashrab etti yil xizmat qildi. Ush yil o‘tin tashidi, yana ush yil masjidga suv tashidi, bir yil ostonada yotdi. Bu etti yilni u atigi bitta po‘stin kiyib o‘tkazdi. Yozda uning charmini kiysa, qishda yungini kiyar edi. Muridlik burchi, pirning parvarishini va Tangri muhabbatiga muyassar bo‘lish shunday riyozat chekishni taqozo etardi.
Mashrab ilohiy ishqning shunday javonmard oshuftasiga aylanib borardiki, uning turish - turmushi faqat ma’shuqi mutlaq - Tangri taolo hajrida fig’onu nolalar chekish, uning visolini sheksiz o‘rtanish va armon bilan orzulash, jamolini sog‘inib, tinimsiz vasf etib, zikru samoga berilib, riyozat chekish, yodini dilida takrorlab, dargohiga yo‘l izlab, mudom safarda bo‘lishdan iborat edi. Valiyi karomatgo‘y- bu zot ishqning purxatar dovonlaridan oshgash, Haqning visoliga doim choponardi. Ammo visol chog’ida Haqning diydoriga to‘ymay qolishdan xavotirda edi. Oshiq Mashrabning ko‘ngul qushi fano maqomiga talpinardi. U Mansuri Hallojdek haq yo‘lida shaxid bo‘lshi, o‘lim vositasida fanoga erishish istaguda shunday xayol surardi.
Shunday qilib mashrab shaxvoniy nafs xuruji xavotiridan butkul ozod, uylanish, farzand ko‘rish baxtidan mahrum bo‘ldi. Zotan u baxtni bunda emas, balki haq taolo diydoriga muyassar bo‘lishda ko‘rardi. Shuning uchun Mashrab Dunyo manfaatlari, orzu xavaslaridan butunlay yuz o‘girgandi.
Boborahim Mashrabning avliyolik xislatlari sarguzashtlari haqidagi hodisalar haqiqatga qanchalik yaqinligi noma’lum. Har qalay ular Mashrab ijodidagi badiiy mazmunga muvofiqdir. Mashrabning peshonasiga a’zaldan bitilgan bahonayu sabab ediki, ko‘nglidan kechirgan zamoniyoq yuz beradi: «Shoh Mashrab yig’lab, charx urub, samo‘ qilib turub erdilar-ki, podshohimizga obi tahorat beruvshi bir kanizaklari bor erdi. Ul kanizak ravoqdin boshini chiqarib, nozu karashma birla dediki: «Ey Mashrab, to etti yildir-ki, sani dog’i ishqing mani siynamg’a joy olibdur. Bu kun mening birla bir yerda o‘lturmasang, qiyomatda maning qo‘lim sening etagingda bo‘lg’ay». Shoh Mashrab ko‘rdilar-ki, bir nozanin mohtal’at jilva qilib turubdur. Ani ko‘rub bexush bo‘ldilar. Yana xushlariga kelib aydilarki: «Ey bor Xudoyo, muningdek ofati jon bandalaring bor ekan», – deb yana bexush bo‘lub yiqildilar. Bu voqea hazrati podshohimg’a ayon bo‘ldi, qizil libos kiyib, shamshiri birla ro‘baro‘ bo‘ldilar...
Eshoni Ofiq xojam aydilar: «Ey so‘filar, Mashrabni tutunglar-ki, andin Mansuri Hallojning bo‘yi keladur". So‘filar Mashrabni tutub bog’ladilar. Shoh Mashrab xudoyi taolog’a nolalar qilib aydilarki: «Emdi to tirikman, mundog’ gunoh qilmag’ayman, bir gunoh qilgonimga bandangni bandalari muncha taxqirlab so‘rasalar, tong-la qiyomat bo‘lg’onida o‘zung qozi bo‘lub, shul gunohimni so‘rog’oningcha ham diydoring’a to‘yarman...». Andin so‘ng, shoh Mashrabni podshohimni oldiga olib keldilar. Shoh Mashrab Ollohi taologa munojot qilib aydilarki: «Iloho, poko parvardigoro, Axado, Samado, Ma’budo, agar sandin amr bo‘lmasa, bandalaringni oyog’larig’a bir tikan ham kirmas, bas, bu karashmalar sanga ma’lum...»
Podshohim buyurdilar-ki, «Devonani bosinglar», – deb So‘filar shoh Mashrabni bostilar. Hazrati Ofoq xojam kissalaridan muhrlarini olib, o‘tg’a tashlab, qizitib, Mashrabni gardonig’a bostilar. Valiyulloh karomat bilan toptilar-ki, odamzodning shaxvatining joyi bandi gardan tamuridadur. O‘shal tamurki topib muhr bostilar».
Shunday qilib, Mashrab shaxvoniy nafs xuruji xavo. tiridan butkul ozod, uylanish, farzand ko‘rish baxtidan benasib bo‘ldi. Zotan, u baxtni bunda emas, balki Haq taolo diydoriga muyassar bo‘lishda ko‘rardi. Shuning ushun Mashrab dunyo manfaatlari, orzu -xavaslaridan butunlay yuz o‘girgandi.
Shundun so‘ng Mashrab riyozat, ziyorat va sayru sayohatda davom etib, g’amginu parishon ahvolda Yorkentga boradi, hazrat Ali karramullohu vajxaning avlodlaridin xazrat imom Ja’fari Sodiq raziyallohu anhuni ziyorat etish ushun Xo‘tan viloyatida musofir bo‘ladi.
Mashrab Yorkentga, Ofoq xoja xizmatiga qaytadi. Mashrabning riyozatu ziyoratlari, savob ishlari qabul bo‘lib, Ofoq xojaning hurmatini qozonadi. «Qissayi Mashrab»da rivoyat qilinishisha, Mashrab Ofoq xoja topshiriga bilan borayotib, Xizr alayhissalomga yo‘liqadi. Xojayi Xizr duoyi xayr qilib, ma’rifat va tariqatdan bir necha nutq bayon etadi. Pir va payg’ambar duosini olgan Mashrab xoja Nuriddinga xuruj qilayotgan shayton bilan kurashadi, uni mag’lub etib, zafar qozonadi, xoja iymonini salomat saqlab qoladi.
Xindistonga borib, Mashrab Hotam podshohi sohibqironning huzurida uch yil xizmat qiladi, Abdulgozixon bilan muloqotlarda bo‘ladi. Buxoroga borib, Naqshband ostonasini ziyorat qiladi. Ko‘kaldosh madrasasida Mashrab Mavlaviyi Sharifdan "Mushkoti Sharif» nomini oladi. Abdullahon huzurida bo‘lib, uni ham a’yonlari bilan birga, karomatlariga lol qoddiradi.
Ma’lumki, bir davrda yashagan So‘fi Olloyor va Boborahim Mashrab tasavvuf tariqatiga mustahkam e’tiqod bog’lagan so‘fiyi sof siymolar edilar. Ularning dunyo - qarashlari o‘zaro keskin ziddiyatdan holi, ammo haqiqatni taxqiq etish, dunyoni anglash, Haqqa intilishdagi yo‘llari har xil.



Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling