Boboxonov Muzaffar


-§. Suv havzalari va sohil qushlari


Download 274.96 Kb.
bet47/59
Sana05.01.2023
Hajmi274.96 Kb.
#1079237
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
2 5456422776069951941

47-§. Suv havzalari va sohil qushlari

1. Churrak, suqsunlar qaysi turkumga mansub?


A) laylaksimon
B) tovuqsimon
C) g’ozsimon
D) chumchuqsimon
2. Pingvinlar nima bilan oziqlanadi?
A) suvo’tlar, baliqlar, molluskalar
B) faqat boshoyoqh molluskalar
C) suvo’ti va zooplanktonlar
D) baliqlar va yirik qisqichbaqasimonlar
3. Oqqush qaysi qushlar turkumiga mansub?
A) tuvaloqlar
B) g’ozsimonlar
C) laylaksimonlar
D) kaptarsimonlar
4. Nima uchun gozsimonlarning patlari suv yuqtirmaydi
A) o’siqchalar zich joylashganligi va ilgaklar yordamida tutashganligi uchun;
B) terisidan ajraladigan hog’simon modda patlarga surtilganligi uchun;
C) og’zi bo’shlig’iga ajraladigan maxsus suyuqlikni patlariga surtgani uchun;
D) dumg’aza bezidagi yog’simon moddani tumshug’i bilan siqib chiqarib patlarga surtgani uchun;
5. G’ozsimonlar turkumiga mansub qush oilasini aniqlang
A) laylaklar;
B) turnalar;
C) oqqushlar;
D) qarqaralar;
6. Qanotlari kalta va ingichka eshkakka aylangan baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadigan qushni aniqlang;
A) gaagalar;
B) g’ozlar;
C) o’rdaklar;
D) pingvinlar;
7. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
Imperator pingivinlari………
A) kolonniya bo’lib yashaydi;
B) qanoti eshkakka aylangan;
C) oyoqlari tanasining keyingi qismida birikkan;
D) barcha javob to’g’ri;
8. Urg’ochisining tumshug’I qizg’ish dumi oqish, erta bahorda daryolar bo’yiidagi qamishzorlar va qalin o’tlar orasiga uya quradi. Suv rubidagi balchiqni tumshug’idagi muguz plastinkalar orqali sizdirib o’tkazib undan mayday jonivorlarni va o’simliklarni ajratib oladi. Bu qaysi qush
A) kulrang g’oz;
B) ko’k g’oz;
C) yovvoyi o’rdak;
D) oq laylak;
9. Pingivinlar tarqalgan joylarni aniqlang
1-Antraktida; 2-Janubiy Osiyo; 3-Avstraliya; 4-Janubiy Amerika; 5-O’rta Osiyo; 6- Afrika; 7-old Osiyo;
A) 1,3,4,6;
B) 1,2,3,4;
C) 1,3,5,7;
D) 1,2,4,6;
10. Musicha qaysi turkumga kiradi
A) chumchuqsimonlar;
B) kaptarsimonlar;
C) qizilishtonsimonlar;
D) tovuqsimonlar;
11. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
O’zbekistonda xonaki g’ozning ajdodi bo’lgan …………in qurib bola ochadi
A) oq g’oz;
B) kulrang g’oz;
C) and g’ozi;
D) suralay g’oz;
12. Qish kezlari g’onqarg’alar bilan ….gala xosil qiladi
A) zag’izg’on;
B) hakka;
C) zarg’aldoq;
D) zog’cha;
13. Imperator pingivinlarining vazni va bo’yi qancha keladi
A) 60 kg, 150 sm;
B) 55 kg, 120 sm;
C) 45 kg, 120 sm;
D) 40 kg, 100 sm;
14. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
…xonaki o’rdakning nasilboshi xisoblanadi
A) yovvoyi o’rdak;
B) churrak;
C) suqsun;
D) kokildor o’rdak;
15. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
…..juda foydali qush bo’lgani va soni kamayib ketganligi uchun muhofaza qilinadi. Asosan baqalar, sichqonlar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi, Afrikaning janubiy qismida qishlaydi.
A) g’ozlar;
B) tuvaloqlar;
C) laylaklar;
D) kuykalar;
16. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
Pingivinlarning oyoqlari ……bo’ladi
A) yo’g’on va uzun;
B) kalta va ingichka;
C) quruqlikka moslashgan;
D) tanasining keyingi qismiga birikkan;
17. Sohil qushlariga qaysi qushlar turkumi misol bo’ladi?
A) laylaksimonlar
B) pingvinlar
C) tuvaloqlar
D) oqqushsimonlar
18. Cho’l va sohil qushlarining o’xshash belgilarini aniqlang.
A) oyoqlari va bo’yni kalta
B) oyoqlari uzun, bo’yni kalta
C) oyoqlari va bo’yni uzun
D) oyoqlari va tumshug’i uzun
19. Laylak qayerga uya quradi?
A) daraxtlarning shoxlariga
B) binolar peshtoqiga
C) yer yuzasiga
D) daraxt kovagiga
20. Bo’yni va oyoqlari uzun, balchiqda yaxshi yuradigan, suvda suzolmaydigan qushni belgilang.
A) g’oz
B) o’rdak
C) oqqush
D) oq laylak



Download 274.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling