Boboyev Akmal Choriyevich


Download 35.76 Kb.
Sana12.07.2023
Hajmi35.76 Kb.
#1659908
Bog'liq
A.Boboyev. O.Akramova 3-sho\'ba


Boboyev Akmal Choriyevich
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi,
telefon: +998 97 306 31 32 E-mail: boboev-akmal@bk.ru
Akramova Obida Qosimovna
telefon: +998 93 453 39 32, E-mail: akramova3932@gmail.com
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti doktoranti


O`zbekiston yengil sanoatini rivojlantirishda investitsiyaviy jozibadorlikning o`rni va ahamiyati


Annotatsiya. Maqolada O`zbekiston yengil sanoatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi investitsiyaviy jozibadorlikning ahamiyati keltirilgan. Tarmoq korxonalarining investitsion jozibadorligini oshirish hamda tarmoqni rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so`zlar: yengil sanoat, ishlab chiqarish, eksport, investitsiya, investor, soliq, raqobatbardoshlik, investitsiyaviy jozibadorlik
Аннотация. В статье представлено значение инвестиционной привлекательности легкой промышленности Узбекистана в социально-экономическом развитии. Даны рекомендации по повышению инвестиционной привлекательности сетевых предприятий и развитию сети.
Ключевые слова: легкая промышленность, производство, экспорт, инвестиции, инвестор, налог, конкурентоспособность, инвестиционная привлекательность
Annotation. The article presents the importance of the investment attractiveness of Uzbekistan's light industry in socio-economic development. Recommendations are given to increase the investment attractiveness of network enterprises and network development.
Keywords: light industry, production, export, investment, investor, tax, competitiveness, investment attractiveness

O`zbekistonda yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni jadal rivojlantirishni maqsadida 2019 yilning 16 sentyabr kuni PQ-4453-sonli «Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qo`shilgan qiymatga ega to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020-2025 yillarga mo`ljallangan maqsadli parametrlari va 2019-2020 yillarda engil sanoatning to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish bo`yicha yo`l xaritasi tasdiqlandi.
Shuningdek, qarorga ko`ra, bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida, eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari miqdorida yig’im undiriladi. Shu bilan birga yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo`lmagan eksport ulushiga ega bo`lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha mol-mulk solig’ini to`lashdan ozod etiladi, to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, va mo`ynachilik korxonalarining foyda solig’i bo`yicha soliqqa tortiladigan bazasi etti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo`yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi, chorva mollarini so`yish bo`yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha yer solig’i to`lashdan ozod etiladi, «O`zto`qimachiliksanoat» va «O`zcharmsanoat» uyushmalarining xorijiy konsul’tantlari O`zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo`yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to`laydi.1
Yengil sanoat korxonalarning barqaror rivojlanishini ta`minlash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo`lgan yuqori qo`shilgan qiymatga ega to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish zarur hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar natijasida engil sanoat tarmog’ida korxonalar sonining ortishi sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish lozimligini ko`rsatmoqda. Bunday vaziyatda korxonalarning oldida turgan asosiy vazifa investitsiyalarni jalb etish, bozordan siqib chiqarilish xavfini turli yo`llar bilan oldini olish hisoblanadi. Investitsiyalarni jalb etish har qanday korxonani boshqarishning asosiy maqsadlaridan biridir. Investitsiyalarni jalb etishning eng muhim xususiyatlaridan biri bu uning jozibadorligini oshirish va uni boshqara olish imkoniyatga ega bo`lish hisoblanadi.
Mamlakatimiz yengil sanoat tarmoqlarida yuqori texnologiyali tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan bo`lib, tarmoqning eksport salohiyati oshib bormoqda. Respublika bo`yicha birgina to`qimachilik, kiyim ishlab chiqarish xamda teri va unga tegishli maxsulotlar ishlab chiqarish xajmini quyidagi rasmda ko`rish mumkin. (1-rasm)



1-rasm. Sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish (mlrd.so`m hisobida)2

1-rasmdan ko`rish mumkinki, to`qimachilik maxsulotlari ishlab chiqarish xajmi 2017 yilda 16763,3 mlrd.co`mni va 2021 yilda 52372.3mlrd.so`mni tashkil qilgan, ya`ni ishlab chiqarish hajmi 35969 mlrd.so`mga o`sgan. Kiyim ishlab chiqarishda 2017 yilda 6108.2 mlrd. so`mni 2021 yilda 13592,8 mlrd.so`mni tashkil qilgan, ya`ni 7484.6 mlrd so`mga o`sgan. Teri va unga tegishli maxsulotlarini ishlab chiqarish esa 2017 yilda 1414,9 mlrd.so`m va 2021 yilda 2083.9 mlrd so`mni tashkil qilgan, ya`ni 669 mlrd.so`mga o`sgan.


Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishga yo’naltirish ishlari kengaymoqda. Bu shundan dalolat beradiki, yildan yilga ishlab chiqarish xajmini ko`paytirishga e`tibor qaratilmoqda. Shunday bo`lsada, yengil sanoat maxsulotlarni ishlab chikarish bilan bir qatorda eksportbop va raqobatbardosh tayyor maxsulotlar zarurligi muammo sifatida ko`zga tashlanadi. Bu muammoni hal qilish yengil sanoat korxonalarining jozibadorligini oshirish orqali hal etiladi.
Yengil sanoat korxonalarining jozibadorligini oshirishda quyidagi masalalarga alohida e`tibor qaratish lozim:
 korxonalar bozor iqtisodiyoti sharoitida ustunlik jihatlarga ega bo`lishlari uchun, innovatsiyani rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, istiqbolli loyixalar ustida ishlashni davrning o`zi taqozo etmoqda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va narxi bo`yicha optimal siyosatni yuritish, yangi assortimentlar ustida ishlash;
 korxona investitsiya jozibadorligi oshirishda aniq bir yo`nalish mavjud emasligi tushunchaning murakkabligidan dalolat beradi, korxona investitsiya jozibadorligini ta`minlashda turli omillar ta`sir ko`rsatishi mumkin, shuning uchun korxonaga ta`sir etuvchi barcha omillar chuqur tahliliy o`rganilishi zarur;
 korxonaning bozordagi haqiqiy darajasini baholash, korxonaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish vositalarini aniqlash, munosib strategiya ishlab chiqish, zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda iste`molchilarning mahsulotga bo`lgan o`ziga xos alohida talablari rivojlanayotganligini inobatga olish lozim.

1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-sonli «Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi qarori



2 O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.



Download 35.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling