Bobur merosi jahon olimlari nigohida
Download 46.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqBobur merosi jahon olimlari nigohida
Ma’lumot
Humoyun Mirzo ogʻir betob boʻlganda, uni azob chekayotganiga chidolmagan otasi jon taslim qilayotgan shahzoda atrofida aylanib, uning tuzalib ketishi uchun hatto umrini bagʻishlashi bizni ham hayratlantiradi, ham allanechuk qaygʻuga soladi. Bobur Mirzoning farzandlariga yozgan maktublari ham hanuz Yevropa sharqshunoslarining diqqatini tortmoqda. Buning oʻziga xos sabablari nimada? – Oʻziga xos sababi – Boburmirzo OTA! Sharqda otalar hamisha farzandlari oldidagi masʼuliyatini chuqur his qilgan. Boburmirzo hayotlik chogʻidayoq taxtni oʻgʻliga topshirgan dunyodagi yakkayu yagona SHOH. Nazarimizda, u ota sifatida Humoyunning saltanatni qanday boshqarishini koʻrishni, unga bu borada yaqin koʻmakchi, maslahatchi boʻlishni istagan. Boburmirzoning bebaho insoniy fazilatlari ichida oila aʼzolariga, qarindosh-urugʻlari, doʻstlariga mehru oqibat koʻrsatishi, sadoqati asarlarida ayniqsa, “Boburnoma”da yaqqol namoyon boʻladi. Bu mehribonligi farzandlariga alohida edi. Oʻgʻillar tarbiyasida oʻziga xos qoidalari va yondashuvlari bor ediki, mana shu jihatlar hali-hanuz bashariyatni lol qilib kelmoqda. Boburmirzo qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, farzandlari haqida har doim qaygʻurgan, ularning bir-biriga mehribon, oqibatli, doʻst boʻlishini istagan. Buni farzandlariga yozgan qator maktublarida koʻrish mumkin. Humoyunmirzoga yozgan xatini eslaylik: “Ukalaringga mehribon boʻl, xato qilsa kechir, aslo oʻzingdan uzoqlashtirma”, deydi. Shuning uchun ham Humoyun Komron bilan Hindol Mirzolar taxt talashib, uni qattiq xafa qilganida ham ularni kechiradi. Chunki buni Otasi vasiyat qilgan. Afgʻonistonning Qandahor viloyatida Boburmirzo tomonidan qurdirilgan Chilzina, yaʼni qirq zina tarixiy obidasi bor. Togʻning ichiga gʻor qilingan. Qirq zinani bosib chiqqaningizda oʻsha gʻor devorlariga”Qurʼoni Karim”dan oyatlar bilan birga, oʻgʻillari Humoyun va Komron Mirzoga yozgan pandu nasihatlari ham aks etgan. Demak, u hamisha farzandlari haqida qaygʻurgan. Shu jihatdan olib qaraganda, nafaqat Yevropa sharqshunoslari, sizu biz ham Boburmirzoning bu fazilatlari oldida hamisha hayratdamiz. Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling