Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
119 — Osiy bandalarmiz, xon hazratlari. Xatolik o‘tgan bo‘lsa, afv eting, huzuringizga bosh egib keldim... Xo‘ja Yahyo ko‘ziga yosh oldi. Shayboniyxon yasovulga buyurdi: — Yuqoriga olib chiqib mirzosining qaptaliga* o‘tirg‘izing! Xo‘ja Yahyoni olib chiqib ketganlaridan keyin Shayboniyxon o‘zining eng yaqin maslahatgo‘yi bo‘lgan oltmish yoshli mo‘ysafid mulla Abdurahimni chaqirdi va u bilan nima haqdadir yakkama-yakka gaplasha boshladi. Xonning shoshilmayotgani ba’zi sultonlarni taajjubga solmoqda edi. Samarqand darvozalari ochiq paytda nega poytaxtga ot qo‘yib kirmasdan, bu yerda imillab o‘tirishibdi? _____________ * Q a p t a l i — yoni, qatori. 3 Shayboniyxon to‘rdagi eshikdan kirganda hamma o‘tirganlar o‘rinlaridan sapchib turib, xonga egilib ta’zim qildilar. Xon shahnishinga to‘shalgan kimxob ko‘rpacha ustiga chordana qurib o‘tirdi. Uning o‘ng yoniga cho‘kka tushgan mulla Abdurahim qur’ondan qisqa bir oyat o‘qib, xon hazratlariga eng oliy tilaklar bildirdi-yu, nihoyat maqsadga o‘tdi: — Imomi zamon, xalifai rahmonning niyatlari faqat shahar olish emas, dinu millat dushmanlarini fosh etib, sizu bizni Muhammad alayhissalom yurgan muqaddas yo‘lga yetaklashdir. Agar faqat molu mulkni o‘ylaydigan podshoh bo‘lsa, Samarqand qopqalari ochilgan zahoti urho-ur, deb qal’aga ot qo‘yib kirur edi, karnay-surnay chaldirib, o‘z g‘alabasini tezroq xalqqa oshkor qilur edi. Ammo bizning ulug‘ xonimiz — donolikda Iskandari zamon Shayboniyxon molu mulkdan avval insofu imonni o‘ylayurlar. — Barhaq! — deb qo‘ydi mulla Abdurahimdan pastroqda o‘tirgan Muhammad Solih. — Podshoh insofu imonni unutsa ne chog‘liq murdorliklar yuz berishi, mamlakat ne chog‘liq xarob bo‘lishi temuriylarning kirdikorlaridan bizga ayon. Abdullatif mirzo o‘z otasi Ulug‘bek mirzoni o‘ltirtirdi. Hirotda Husayn Boyqaro o‘z nevarasi Mo‘min mirzoni o‘ltirtirdi. Mana hozir biz bilan o‘ltirgan Sulton Ali mirzo o‘z og‘asi Boysunqur mirzoni tuttirib o‘ldirmoqchi bo‘lganda, og‘asi qochib qutuldi. Keyin Boysunqur mirzo bu inisini tuttirganda ko‘zini ko‘r qilmoqchi bo‘ldi. Ammo jallodni oltinga sotib olib, bu Mirzo ham qochib qutuldi. Mirzolarning saroyida sotqinlik, xiyonat, buzuqlik avj oldi. Qur’oni sharif mayni makruh deb qat’iy taqiqlagan. Ammo davramizda o‘ltirgan mana bu yosh Mirzo joynamoz ustida o‘ltirgan imomi zamon huzuriga may ichib shirakayf kelmish. Bu Mirzoning shahvoniyparastligi, shu yoshdan harom yo‘lga yurishligi imomi zamon xonimizga avvaldan ayon edi! Ko‘pakbiy g‘azablanib gap qo‘shdi: — Osib o‘ldirish kerak bunday Mirzoni! — Ayb faqat bu navjuvon Mirzoda emas, — deb Muhammad Solih unga e’tiroz qildi. — Buning otasi Mahmud mirzo bag‘oyat imonsiz buzuq odam edi. Samarqandda podshohlik qilganda xotinbozlikka qanoat qilmay, bachchabozlikni ham avjiga chiqargan edi. Bechora xalq chiroyli yosh o‘g‘lonlarini ko‘chaga chiqartirishga qo‘rqib, qizlarni yashirgandek ichkariga yashirar edi. — O‘g‘il otasiga tortibdir-da? — Onasi-chi? Mirzoning onasi qalay? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling