Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 yuzidan, ko‘zlaridan vidolashgan kabi o‘pa boshladi. Umarshayx mirzoning kipriklari titradi. U ko‘zini ochib, tepasida turgan Qorako‘z begimga karaxt yuz bilan bir lahza tikilib turdi. Qorako‘z begimning katta-katta ko‘zlari xavotirlik to‘yg‘usidan yana ham ulkanlashib ketdi. U uyqudagi Mirzoni o‘pish beadablik sanalishidan tahlikaga tushgan edi. Mirzo: — Sizmi? — dedi-yu, nima bo‘lganini fahmlab, kulimsiradi. Qorako‘z begim endi yengil tortdi va dadillanib ta’zim qildi. — Hazratim, saharlik vaqti o‘tib ketmasin. — Sizning bo‘salaringiz saharlikdan shirinroq... Begim jiddiy gapirdi: — Og‘a oyim, xonim oyi — hammalari hazratimga muntazirlar. Umarshayx mirzo bugungi rejalari va urush tashvishlarini eslab, qovog‘ini soldi-da, indamay o‘rnidan turdi. U zardo‘zi ko‘rpachalar to‘shalgan tanobiyga to‘rdagi eshikdan kirib keldi. Sallasi va kamariga qadalgan qimmatbaho gavharlar sham yorug‘ida nafis jilolanardi. Odatdagi ta’zimlardan so‘ng, ayollar nafaslarini ichlariga olib, bir lahza jim qoldilar. Podshoh kimni qaysi yoniga taklif qilsa — kimning hurmati qay darajada ekani shu bilan belgilab beriladi. Farg‘ona vodiysiga uch tomondan dushman hujum qilib kelayotgan shu og‘ir vaziyatda Umarshayx mirzo hamma xotinlariga iloji boricha iltifot ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Xotinlari orasida eng yoshi ulug‘i va eng obro‘parasti Fotima Sulton bo‘lganligi uchun Mirzo bi- rinchi bo‘lib uni yuqoriga taklif qildi. Fotima Sultonning ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi. U podshohning o‘ng tomoniga o‘tmoqchi bo‘lib borayotgan edi. Biroq Umarshayx mirzo unga chap tomonidan joy ko‘rsatdi. Eng mo‘’tabar hisoblangan o‘ng tomonga esa Qutlug‘ Nigor xonimni taklif qildi. Xonim — taxt vorisi Zahiriddin Muhammad Boburning onasi edi, uning o‘ng tomonida o‘tirishi adolatdan ekanini kichik xotinlar tan olar edilar. Ammo Fotima Sulton o‘zining hurmati Qutlug‘ Nigor xonimnikidan past ekanini yana bir marta his qilib, ko‘zlari alam bilan qisildi. Dasturxonga tortilayotgan kiyik kabobi, kaklik go‘shtlari hazratdan so‘ng Qutlug‘ Nigor xonimga qo‘yilar, undan keyin Fotima Sultonga navbat kelar edi. Shu sababli og‘izda eriydigan eng a’lo go‘shtlar ham Fotima Sultonga ilitma ovqatdek mazasiz tuyulardi. Oqshom iftorda yoyilgan taomlar hazm bo‘lib ulgurmagan, dasturxon atrofidagilarning ko‘pchiligi hali kun bo‘yi och yurishini o‘ylab, o‘zini majbur qilib bo‘lsa ham ko‘proq ovqat yeyishga intilar edi. Qutlug‘ Nigor xonimning yonida o‘tirgan Qorako‘z begim ovqatdan ham ko‘proq bodring, handalak yer, sharbat ichar edi — kecha kun issig‘ida tashnalikdan nihoyatda qiynalgani esidan chiqmas edi. Osmon oqarib qoldi. Tong yorishgan sari qandildagi shamlarning nuri xira torta boshladi. Azon aytadigan payt o‘tib boryapti. Arkdan tashqaridagi masjidning imomi koshinlik minoraga chiqib, bakovul*ning ishorasini sabrsizlik bilan kutyapti. Axir Mirzo hazratlari saharlik qilib ulgurmasdan, azon aytish xatardan xoli emas. Ovqat yeyilib, choyga o‘tilganda Umarshayx mirzo xotinlariga vaziyat qanchalik og‘irlashayotganini aytib berdi. Shu payt masjid tomondan azon tovushi eshitildi. Choy ichayotgan Xonzoda begim shoshilib piyolasini dasturxonga qo‘ydi. Umarshayx mirzo xotinlariga bir-bir qarab, dedi: — Mo‘ysafidlar «to‘rt muchang butun bo‘lsin», deb duo qilurlar. Fotima Sulton, Qutlug‘ Nigor xonim, Qorako‘z begim, farzandlarimiz Xonzoda begim, Jahongir mirzo — har biringiz oilamizning aziz bir muchasidirsiz. Istaymenki, bu mushkul vaziyatda hamma muchalarimiz butun bo‘lsin, bir-birlariga mehru shafqat ko‘rsatsin. Ilik* o‘z o‘rnida aziz. Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘’tabar. Agar ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr ko‘rur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling