Bobur (taxallusi; to’liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) 1483-yilning 14-fevralida tug’ildi. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi va temuriy shahzoda bo’lgan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan ,,Bobur’’ (,,Sher’’) laqabini oladi. Boburning otasi- Umarshayx Mirzo Farg’ona viloyati hokimi, onasi- Qutlug’ Nigorxonim Mog’uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o’qimishli va oqila ayol bo’lib, Boburga hokimiyatni boshqarishda ko’mak bergan. Bobur 1530-yil 26-dekabrda 47 yoshida Agra shahrida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |