Bog‘ zararkunandalariga qarshi kurash usullari
Download 23.14 Kb.
|
Bog\' zararkunandalariga qarshi kurash
Karantin tadbir. Bu davlat miqyosidagi tadbir bo‘lib,
o‘simliklarning xavfli kasalliklari, zararkunandalar va begona o‘tlar tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Meva daraxtlari zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimi. Ma’lumki, turli zararkunandalar, kasallik qo‘zg‘atuvchilar va begona o‘tlarning zararini o‘z vaqtida bartaraf qilish bog‘lar, uzumzorlar, sabzavot, poliz ekinlaridan mo‘l hosil olish garovidir. O‘simliklarni zararli organizmlardan uyg‘unlashgan holda himoya qilishdan maqsad – zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchilarning iqtisodiy zararini me’yor darajasida saqlashning imkoni bo‘lgan barcha (agrotexnik, fzik, mexanik, biologik, karantin va hokazo) usullaridan samarali foydalanishdan iborat. Uyg‘unlashgan himoya qilishdagi asosiy vazifa hosil mo‘l bo‘lishiga erishish, ekologik jihatdan toza bo‘lishiga va ishlatilgan kimyoviy vositalarning o‘simlik mahsulotlarda qoldiq miqdori talab darajasida bo‘lishiga erishishdir. Bu kurash yo‘llari oldingilaridan shu bilan farq qiladiki, pestitsidlar bilan ishlov berish ko‘pgina zararkunandalarning aniq miqdorini hisoblamay turib qirib tashlash choralarini 200 o‘tkazmaslikni, u chora-tadbirlarni faqat hasharotlar me’yoridan yuqori bo‘lgan taqdirdagina qo‘llashni taqozo etadi. Ba’zi hollarda chora-tadbirlar dalalarning faqat zararkunanda miqdori o‘ta ko‘p bo‘lgan joylaridagina amalga oshiriladi. O‘simliklar zararkunandalariga qarshi kurashda parazit va yirtqich hasharotlar va boshqa zararli organizmlar sonini boshqarib turuvchi omillarni, albatta, hisobga olish talab qilinadi. Xulosa qilib aytganda, uyg‘unlashgan kurash choralarining asosiy vazifasi agrobiotsenozdagi populatsiyalar orasidagi yoki ular o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarib borishdan iborat. Uyg‘unlashgan kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishda chidamli navlar yetishtirish va qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, bunday navlar zararli organizmlarning (zararkunandalarning) rivojlanishiga yo‘l bermaydi. O‘simliklar zararkunandalariga qarshi chidamli navlar yaratish ularni himoya qilishning kimyoviy vositalarini qo‘llashni 5–15 martagacha qisqartirishga ham imkon beradi. Zamonaviy uyg‘unlashgan kurash chorasi insonning, agrobiotsenozdagi turlarning rivojlanishiga, iqtisodiy va atrofmuhit nuqtayi nazaridan me’yor darajasida yondashishini taqozo qiladi. O‘simliklarni uyg‘unlashgan kurash sistemasida himoya qilishda, ayniqsa, kimyoviy kurash choralarini qo‘llashda zararkunandalarning iqtisodiy xavfli sonini va foydali hasharotlarga ularning soni nisbatini hisobga olish lozim. Bog‘ zararkunandalariga qarshi samarali kurash olib borish uchun, avvalo, ularning sonini va xavflilik darajasini hisobga olish lozim. Buning uchun yozda va qishda har bir bog‘da kamida 30 ta daraxt tekshirib ko‘riladi (diagonali bo‘ylab 15 ta). Bunda har bir daraxtning butoqlari diqqat bilan kuzatilib, ulardagi sanchib so‘ruvchi va kemiruvchi hasharotlar va kanalarning soni hisobga olinadi. Olma qurtini hisobga olish uchun kamida 10 ta daraxtning asosiy poyasi ko‘chgan po‘stloqdan tozalanib, yoriqlarga joylashib olgan qurt va g‘umbaklarning soni aniqlanadi. Yig‘ishtirib olingan po‘stloq yoqib yuboriladi. Aynan shu daraxtlarning ostida 5–10 sm chuqurlikda 50 sm maydonda 4 ta dan tuproq namunasi olinib, elakdan o‘tkaziladi va ulardagi zararkunandalarning g‘umbagi va qurti sanaladi. 20–30 sm uzunlikda kesib olingan novdalardagi sanchib so‘ruvchi hasharotlar (bitlar, qalqondorlar va hokazolar) soni sanaladi. Bog‘ zararkunandalariga qarshi kurash choralari meva daraxtlarining rivojlanishi davrida hisoblanib amalga oshiriladi. Hosil yig‘ishtirib olingandan so‘ng havo harorati 10°C ga tushganda, olma qurti va boshqa zararkunandalarni yig‘ish va hisobga olish uchun tutqich belbog‘lar yig‘ib olinadi va qaynoq suvda qaynatib quritiladi. Daraxtlarning yo‘g‘on shoxi va asosiy tanasi ko‘chgan po‘stloqdan tozalanib, 20% li ohak suvi bilan oqlanadi. Bog‘lar zararkunandalar bilan qattiq zararlanib, qurigan daraxtlar va novdalardan tozalanadi. Yerlar ishlanib, o‘simliklar qoldig‘i yo‘qotiladi. Bahorda qurtlar uyg‘onishidan oldin havoning o‘rtacha sutkalik harorati +4°C dan past bo‘lmaganda shiralarning tuxumini, kaliforniya va boshqa qalqondorlarni, kanalar, olma bitlari, meva g‘ilofli kuyalarining qishlovchi qurtlarini yo‘qotish uchun yog‘insiz ochiq kunlarda meva daraxtlariga nitrofenning 60% pastasidan 2–3% li ishchi eritma tayyorlanib purkaladi yoki bo‘lmasa, gektariga 40–100 l hisobidan №30 preparatining neft moyi emulsiyasi ishlatiladi. Hosilni yig‘ib-terib olishda ishlatilgan barcha yashiklar va meva saqlanadigan omborxonalar yaxshilab dezinfeksiyalanadi yoki oltingugurt gazi bilan zararsizlantiriladi. Olma qurtiga qarshi biologik kurash maqsadida trixogramma tuxumini qo‘llash yaxshi samara beradi. Bunda har bir daraxtning pastki yo‘g‘on shoxlari asosiga 1000 dona trixogramma g‘umbaklari qo‘yiladi yoki voyaga yetgan formasi tarqatiladi. Bitta feromon tutqichga olma qurtining 5 ta kapalagi tushganda (taxminan kechki olma gullab bo‘lgach) tuxumdan chiqayotgan yosh qurtlarga qarshi biologik va kimyoviy preparatlarni qo‘llash yaxshi samara beradi Jumladan, dendrobatsillin (titri 60 mlr. spora/gr) 1,5 kg/ ga miqdorida 7–8 kun oralatib 2 marta purkalsa, olma qurti, nok qurti, olma kuyasi, g‘ilofli kuya, tok ipak qurti va boshqa qurtlarga qarshi yaxshi samara beradi. Kimyoviy preparatlardan: gektariga 2,3–4,6 l/ga; BI-58 40% em.k. gektariga 0,8–2,0 l/ga; desis 2,5% em.k gektariga 0,5–1,0 litr/ga (shaftoliga – 0,5 l/ga, nokda 0,6 l/ ga, olmaga – 0,5–1,0 l/ga), karate 5% em.k. suvli emulsiya lari yoki suspenziyalarini purkash ko‘pchilik sanchib so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Pestitsidlar, albatta, zararkunandalarning soni iqtisodiy xavfli chegaradan oshgandagina, ehtiyotkorlik choralariga va ekologik talablarga rioya qilgan holda qo‘llaniladi. Pestitsidlarni qo‘llashda zararkunandalarning rivojlanish fenologik kalendarini, ob-havo sharoitini ham hisobga olish lozim. Pestitsidlar, asosan, kunning salqin vaqtida ishlatiladi. Ishlatilmay qolgan pestitsidlarni va ulardan bo‘shagan idishlarni topshirish yoki belgilangan tartibda yo‘qotish lozim. Ayniqsa, pestitsidlarni qo‘llashda kutish muddatiga (hosilni yig‘ib olishga necha kun qolguncha pestitsid ishlatish mumkinligiga) qattiq rioya qilish lozim. Meva daraxtlari gullagan davrda pestitsidlar ishlatish qat’iy man qilinadi. Olma daraxtlariga bog‘langan belbog‘lar vaqt-vaqti bilan yechib olib kuzatiladi, ulardagi qurt va g‘umbaklar yo‘qotib turiladi. Ayniqsa, meva qurtlari bilan zararlanib, yerga tushgan xom mevalar ulardan qurtlar chiqmay turib yo‘qotib turiladi. Olma qon bitiga qarshi afelinus parazitini qo‘llash ham yaxshi samara beradi. Download 23.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling