Bu munosabat sistema kinetik energiyasining o‘zgarishi xaqidagi
teoremani ifodalaydi:
sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga ko‘chishida kinetik
energiyasining o‘zgarishi sistema nuqtalariga ta'sir etuvchi barcha
tashqi va ichki kuchlarning mos ko‘chishlardagi ishlarining yig‘indisiga teng.
Sistema dinamikasining boshqa umumiy teoremalaridan farqli ravishda, sistema kinetik energiyasining o‘zgarishi xakidagi teoremada ichki kuchlar ham qatnashadi.
15.Analitik statika: haqiqiy va mumkin bo‘lgan (virtual) ko‘chishlar.
Analitik mexanikada keng qo ‘llaniladigan mumkin bo’lgan (virtual) ko‘chish tushunchasini shakllantiramiz. Nuqta yoki sistemaning mumkin bo‘lgan ko‘chishi deb, Sistema nuqtalarining bog‘lanishlar tomonidan qo‘yiladigan barcha cheklashlarini qanoatlantiradigan (buzmaydigan) yoki bogianishlar bilan birgalikda bajaradigan cheksiz kichik ko‘chishiga aytiladi. Ko‘pincha cheksiz kichik mumkin bo‘lgan ko‘chishni virtual ko'chish deb ham ataladi.
Sistema nuqtalarining mumkin bo’lgan ko‘chishlari quyidagi ikkita shartni qanoatlantirishi kerak: 1) mumkin bo‘lgan ko‘chish cheksiz kichik miqdor bo’lishi kerak. Chunki chekli ko‘chishda sistema boshqa holatga o ‘tib, muvozanat shartlari boshqacha bolib qolishi ham mumkin; 2 ) sistemaga q o ‘yilgan barcha b o g ian ish lar saqlanishi kerak, bordi-yu bogianishlar buzilsa, sistemaning ko‘rinishini o ‘zgartirgan b o la m iz (sistema boshqacha sistema bo‘lib qoladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |