Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Vassal Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi1
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do’stlik shartnoma
- Qo’shbegi
- Mang’it sulolasiga
- Birinchisi
Vassal Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi1.
X1X asrning oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida quyidagi uchta murakkab ijtimoiy va siyosiy vaziyatning vujudga kelganligiga alohida ehtibor berish lozim: 1. Buxoro amirligi X1X asrning oxiri va XX asr boshlarida o’zining ijtimoiy-siyosiy ahvoliga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. 2. X1X asr II yarmidan boshlab hukm surib kelayotgan Rossiya imperiyasining hukmronligi amirlikning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga kuchli tahsir o’tkazdi. 3.Amirlik va Rossiya davlatlari o’rtasida 1868 va 1873 yillarda tuzilgan shartnomalar bilan Buxoro amirligining davlat mustaqilligiga barham berildi. 1873 yilning 28 sentyabrida Rossiya va Buxoro davlatlari o’rtasida “Do’stlik shartnoma” si tuzildi. Ushbu shartnomada Buxoro va Rossiya davlatlarining chegaralari belgilanib, quyidagilar alohida qayd etilgan edi: -Rus va Buxoro kemalarining Amudaryo bo’yicha harakati aniqlab qo’yildi; -Buxoro amirligining barcha shahar va qishloqlarida rus savdogarlarining erkin va ochiq faoliyat ko’rsatishi, ularning xavfsizligini tahminlash Buxoro hukumati zimmasiga yuklatildi; -Rus va Buxoro amirligi fuqarolarining Rossiya imperiyasi hamda Buxoro hududida uy, bog’, yer maydonlarini sotib olish va sotish huquqlari belgilandi; -Rus fuqarolarining Rossiya hukumati ruxsati bilan Buxoro amirligi hududida yurishi mumkinligi, Buxoro hukumati Rossiya imperiyasi hududida jinoyat sodir etganlarni darhol topshirishi qayd etildi; -O’zaro aloqalarni saqlab turish uchun Buxoro hukumati o’z vakillarini Toshkentda tayinlashi va uni mablag’ bilan tahminlashi, shuningdek rus hukumati Buxoroda o’z vakilini tayinlashi va uni mablag’ bilan tahminlab turishi tahkidlandi. Ushbu shartnomaga muvofiq Buxoro hududida qul savdosi tahqiqlab qo’yildi, xorijdan sotishga olib kelingan qullar egalaridan tortib olinib, ozod qilinishi belgilab qo’yildi. Bu shartgomaning 1888 yil 23 iyunda qabul qilingan Qo’shimcha qoidalar Bayonnomasida ko’rsatilishicha, Rus fuqarolari Buxoro hududida yer, uy, bog’ sotib olishi Buxoro hududida amal qilingan qonunga ko’ra, avval Qo’shbegi tomonidan so’ngra Siyosiy agent tomonidan tasdiqlanishi lozim bo’lgan. Bu akt siyosiy agent tasdig’idan so’nggina kuchga kirgan. CHor hukumati va uning siyosiy agenti mamlakat ichki mahmuriy boshqaruvi, mahnaviy holati va shu kabilarga aralashmagan. Buxoro amirligida davlat boshlig’i ham, diniy rahnomo ham amir hisoblangan. Amirlik meros tariqasida hukmronlik qilayotgan amirning katta o’g’liga qolgan va faqat alohida hollardagina meros huquqi boshqa farzandlariga o’tgan. Amir o’zbeklarning Mang’it sulolasiga mansub bo’lib, davlat boshqaruvida asosan shu sulolaga tayangan. Yuqori mansablarni asosan shu sulola vakillari egallab kelganlar. Boshqa musulmon davlatlarida bo’lganidek, amirlik hokimiyatini cheklashga qaratilgan maxsus institutlar bo’lmasa-da, uning despotik hatti-harakatlarini cheklab turuvchi diniy va axloqiy omillar mavjud bo’lgan. Amir cheklanmagan hokimiyat sohibi bo’lib ko’rinsa-da, uning faoliyati va vakolatidan ham ustun “Kalomulloh” (“Xudoning so’zi”), yahni “Qurhoni Karim” turgan. Bu esa G’arb olimlari ilgari surgan “sharq despotizmi” tushunchasining yetarli asoslanmaganligini ko’rsatadi. Buxoro amirligida ham davlat xazinasi amir xazinasidan ajratilmagan. Buxoro amirligining davlat boshqaruvi ikki qismdan iborat bo’lgan. Birinchisi, amir saroyining xizmati bo’lsa, ikkinchisi bevosita davlat boshqaruvi hisoblangan. Saroyda quyidagi aniq vazifalar mavjud bo’lgan: Udaychi – ularning vazifasiga doim amirning yonida bo’lish, unga ish yuzasidan mahlumotlar berib turish, shuningdek, Peterburg va Turkiston general-gubernatori qoshidagi elchixonalarda alohida topshiriqlarni bajarish kirgan; Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling