Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
-mavzu. CHingiziylar davlatining tashkil topishi. Movarounnahr CHig’atoy ulusi tarkibida
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yasoq” lar. Xon hokimiyati va davlat boshqaruvi.
- “Yasoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”)
6-mavzu. CHingiziylar davlatining tashkil topishi. Movarounnahr CHig’atoy ulusi tarkibida.
1-§. CHingiziylar davlatining tashkil topishi va O’rta Osiyoni bosib olishi. Siyosiy tarix. O’rta asrlarning manbalarining mahlumotlariga ko’ra, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mug’ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo’lib o’tadi. Yozma manbalarda mug’ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908 y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mug’ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog’lanadi. Mahlumotlarga ko’ra, Temuchin 1155 yilda tug’ilgan bo’lib, boy mug’ul zodagoni Yesugay Bahodirning o’g’lidir. XII asr o’rtalariga kelib Baykal ko’li atrofi, hozirgi Mug’uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko’pchiligi Yesugay Bahodir tahsiriga o’ta boshlaydilar. Yegusay tatar va markit qabilalariga qarshi urushlar paytida 1185 yilda xoinona o’ldirilgandan so’ng tashabbus uning o’g’li Temuchin qo’liga o’tadi. Temuchvin 1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib faqat mug’ullarnigina emas, ular bilan qo’shni bo’lgan tatar, markit, kerayit, jaloyir, nayman, uyg’ur, qorluq kabi ko’plab qabilalarni o’z qo’li ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi. 1206 yilning bahorida Mug’ulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida o’z hokimiyatining to’liq mustahkamlab olgan Temuchin mug’ullarning umum qurultoyini chaqiradi. Temuchinning tarafdorlari – mug’ul zodagonlari to’plangan bu qurultoyda u oliy mug’ul hukmdori – xon deb tantanali ehlon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga “CHingizxon” degan faxriy nom beradi (“CHingizxon” – kuchli, buyuk degan mahnoni anglatadi). Qurultoyda CHingizxon o’z tug’i – bayrog’ini ko’tarib, o’nta lavozimni joriy etadi va uni o’z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti qilib belgilanadi. Yangi mug’ul davlati – Yeke Mung’ol ulus ( Buyuk mug’ul davlati ) deb atalib uning boshqaruvi “Altan urug” (Oltin urug’) qo’liga o’tdi. O’z mavqei va hokimiyatini mustahkamlab olgan CHingizxon o’z harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshladi. U 1209 yilda tang’utlarni, 1211 yilda uyg’urlarni, 1215 yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt CHjundu (Pekin) shahri bilan birgalikda o’ziga tobe qilib oldi. SHu tariqa XIII asr o’ninchi yillari oxiriga kelib SHarqda ikkita yirik davlat – Xorazmshoh – Anushteginlar va CHingizxon davlatlari mavjud bo’lib, ular o’rtasida urush bo’lishi muqarrar edi. CHunonchi, 1215 yildagi Dashti Qipchoq yurishida Xorazmshoh mug’ullarning Jo’ji boshchiligidagi harbiy qo’shiniga duch keladi (hoz. Qozog’istonning To’rg’ay viloyati cho’llarida). G’arbga chekingan dushmanlari markitlar ustidan g’alaba qozongan mug’ullar Xorazmshohning 60 ming kishilik qo’shini bilan bir kun jang qildilar. Bu jang borasida CHingizxondan hech qanday ko’rsatma olmagan Jo’jixon ertasiga chekinishga majbur bo’ladi. 1215-1218 yillar oralig’ida Xorazmshoh va CHingizxon o’rtasida bir necha marta elchilar almashinadi. Rashiddin mahlumotlariga ko’ra, CHingizxon 1218 yil Horazmshohga yuborgan nomasida uni “o’z o’g’illari qatorida ko’rishini” mahlum qiladi. SHarq diplomatiyasiyada bu qaramlikni bildirishini Sulton Muhammad yaxshi anglagan edi. Undan tashqari 1218 yilgi CHingizxon tomonidan Xorazmga yuborilgan 450 kishilik elchilar guruhidagi 100ga yaqin savdogarlarga josuslik vazifasi ham topshirilgan edi. SHu bois bu karvon O’tror shahrida talon-taroj qilinib, elchilar o’ldiradi. Bu voqeadan so’ng har ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi, An-Nasaviy mahlumotlariga ko’ra,CHingizxon bilan bo’ladigan jang munosabati bilan Urganchda chaqirilgan mashvaratda Sulton Muhammad o’rtaga tashlagan qator takliflarni inobatga olmadi. CHunonchi, to’ng’ich o’g’li Jaloliddinning, Xo’jand hokimi Temur Malik singari sarkardalarning barcha harbiy kuchlarni (A. Ziyo mahlumotlariga ko’ra, qo’shin soni 600 ming kishi atrofida bo’lgan- E. B.) asosiy nuqtalarga yoki bir yerga to’plab, dushmanga zarba berish haqidagi maslahatlarga amal qilmadi va qo’shinlarni yirik shaharlarga bo’lib tashladi. CHingizxon 1219 yilda o’z o’g’illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshladi. Bu kuchlar o’sha yili yozni Irtish daryosi bo’yiga o’tkazib, sentyabr oyida chegaradan o’tadi. CHegaradan o’tgan CHingizxon o’z qo’shini bilan janubiy qozoq cho’llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O’tror shahri yaqiniga to’plab uni to’rt qismga bo’ladi. CHig’atoy bilan O’qtoy qo’shinning bir qismi bilan O’trorni qamal qilib egallash uchun qoldiradi. Ikkinchi qism esa Jo’ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchilig’kent, Sig’noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi. Uchinchi qismga Uloq nuyon va Suketu CHerbu bosh bo’lib O’trordan janubga, Xo’jand va Banokatni egallash topshiriladi. CHingizxonning o’zi bosh bo’lgan asosiy to’rtinchi qism yirik shaharlar-Samarqand va Buxoroni egallash uchun yo’l oladi. Bu yurishlar natijasida 1219 yilda O’tror, Jand, Yangikent, Borchilig’kent, 1220 yilda Xo’jand, Buxoro, Samarqand, 1221 yilda Termiz va Urganch shaharlari mug’ullar tomonidan bosib olinadi. Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va “Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, “Qubbatul Islom” nomini olgan Buxoro, “Sayqali ro’yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi shaharlar talon-taroj qilindi. Bahzi shaharlar, masalan, O’rtor, Sig’noq, Borchilig’kent kabilar uzoq vaqtlargacha dashtu-biyobonlarga aylanib qoldi. SHu davrda yashagan arab tarixchisi ibn al-Asirjug’ul (1160-1244 yy.) mug’ul bochqini dahshatlarini shunday tahriflagan: “Ular (mug’ullar) hech kimga shafqat qilmadilar, aksincha, xotinlar, bolalar, erkaklarni o’ldirdilar, homilador xotinlarning qorinlarini yorib, tug’ilmagan go’daklarni nobud qildilar... Bu musibat to’lqinlari turli tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy bo’lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg’ar va Balasag’un kabi viloyatlarni vayron etib, qirg’in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar, ketayotib hamma yerni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o’tgan bo’lsalar, o’zlariga yoqmagan barcha narsalarga o’t qo’ydilar”. SHunday qilib talon-tarojlik urushlari natijasida XIII asr 20-yillari o’rtalariga kelib CHingizxon SHarqda SHimoliy Xitoydan G’arbda Amudaryogacha bo’lgan hududlarda o’z hokimiyatini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. 1227 yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang’utlar ustiga yurish paytida CHingizxon vafot etadi. CHingiziylarning harbiy yurishlari natijasida 1260 yilda tarixdagi ko’chmanchilarning yirik davlatlaridan biri – SHarqda Amurdan Sariq dengizgacha, G’arbda Dunaydan Yevfratgacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi. “Yasoq” lar. Xon hokimiyati va davlat boshqaruvi. 1203 yildayoq mug’ullar davlatida hali bir tizimga ega bo’lmagan qonunlar to’plami vujudga kelib, u o’z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihatlar) larni jamlagan edi. “Buyuk yasoqlar” yoki CHingizxon yasoqlari (mug’ullar – zasoq, yosun) “qoida”, “qonun” degan mahnoni anglatadi. Yasoqlar to’la holatida 1206 yilgi mug’ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko’rib chiqiladi va 1225 yilda so’nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy mahlumotlariga ko’ra, yasoqlar uyg’ur yozuvida tumorlarga (o’rog’li qog’ozlarga) yozilgan bo’lib, “Yasoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”) deb nomlangan. Bu qog’oz o’ramlari nisbatan obro’li bo’lgan shahzodalarda saqlangan. Yasoqlarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning ayrim qismlari qisqartirilgan holda Juvayniy, Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi. “Yasoq” qonunlari mug’ullarning qadimiy urf-odatlari, anhanalari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal tuzumni o’zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. “Yasoq” qonunlarining asosiy yo’nalishlari quydagicha bo’lgan: Hukmdor (xon) “yasoq”qa qathiy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bo’lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo’ladi. CHingizxon mug’ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to’la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo’lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim. Jazolash darajasi sifatida o’lim jazosini eng ko’p miqdorda qo’llash. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik. O’rta asrlar tarixi tadqiqotchilarning mahlumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, CHingizxon qonunlarining asosiy maqsadi feodallashayotgan davlat talablariga javob beradigan huquqning yangi tizimini tashkil etish edi. Yasoqlarga rioya qilish nafaqat davlatdagi har bir fuqaroning, balki xonlarning ham majburiyati edi. Tahkidlash joizki, Yasoqlar asosan ko’chmanchi hayot turmush tarzini ifoda etgan. Mug’ullar tomonidan bosib olingan ko’pgina hududlar, xususan, qadimdan o’zining huquqiy anhanalariga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqdarini yangi qonunlarga bo’ysundirish nihoyatda og’ir edi. CHunki, asrlar davomida o’troq madaniy hayot kechirgan xalqlar ko’chmanchilar anhanalarini qabul qila olmas edilar. Yasoqlarda ijtimoiy-xo’jalik va madaniy hayotning ko’pgina tomonlari o’z aksini topmagan, ayrim qoidalar esa musulmon diniy huquqlari va mahalliy aholi anhanalarni inkor etar edi. SHuning uchun ham Yasoq tarafdorlari va mahalliy aholi o’rtasida ko’plab to’qnashuvlar bo’lib turgan. Mug’ul bosqini, umuman olganda O’rta Osiyodagi ijtimoiy tuzimni o’zgartira olmagan bo’lsa-da, ko’p hollarda dasht anhanalarining jonlanishiga yo’l ochib berdi va ko’pchilik bo’ysungan xalqlarning siyosiy va xo’jalik hayotiga yangi yo’nalishlarni olib keldi. Mug’ullar tomonidan barpo etilgan imperiyaning davlat boshqaruvi borasida imperiya xon urug’ining xususiy mulki, degan printsip hukmron edi. Davlat boshqaruvidagi bu o’ziga xoslikni o’z vaqtida Juvayniy shunday tahriflagan edi: “Tashqaridan qaraganda boshqaruv va mamlakat bitta shaxsga ishonib topshirilgan bo’lsa-da, aslida o’sha shaxsning barcha ota tomonidagi qarindoshlarni (erkaklar) yerlarga va umumiy boylikka birgalikda egalik qiladilar”. O’rta asrlar manbalarida mug’ul jamiyatidagi xon hokimiyati umumiy ko’rinishda qo’yidagicha beriladi: ona o’z bolasiga g’amxo’rlik qilgani kabi, xon ham o’z qaramog’idagilarga va qo’shinlarga g’amxo’rlik qilishga majbur. Uning qaramog’idagilar va qo’shinlar esa, hukmdorni o’z otasi deb hisoblaydilar. SHuningdek ular hukmdorga sidqidildan buysunishlari, xoinlik qilmasdan xizmat qilishlari hamda uning hokimiyatini qo’llab-quvvatlash uchun o’z jonlarini qurbon qilishga rozi bo’lishlari lozim. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak mug’ullar davlatida xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor edi: 1.Xon hukmdor urug’ining boshlig’i va qaram vassallar hukmdori sifatida butun mamlakat, uluslarga tegishli hududlar ustidan oliy huquqqa ega bo’lib, uning asosiy vazifasi – mamlakatni tashqi dushmanlardan qurolli himoya qilish edi. 2.Xon urush ehlon qilish va sulh tuzish huquqiga ega bo’lib, mamlakat qo’shinlarining oliy boshlig’i edi. 3.Xon boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo’lib, mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarini ham boshqargan. 4.Xon o’z qaramog’idagilarni qatl etish va omon qoldirish huquqiga ega bo’lib, mamlakatdagi bosh qozi vazifasini ham bajargan. 5.Xon qonunlar chiqarish hamda jamiyatning barcha ahzolari bajarishi lozim bo’lgan farmonlar chiqarish huquqiga ega bo’lib, jamoat tizimi va tartibni saqlash vazifasini bajargan. Boshqaruvning qadimgi mug’ul anhanalariga ko’ra, davlatdagi oliy hokimiyat xon qo’lida bo’lgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona manba – oltin urug’ (Altan urug) hohishi bo’lib, oltin urug’ o’z xohish – istagini shahzoda va aslzodalarning Qurultoyida ifoda etgan. Oltin urug’ning har qanday ahzosi o’z fazilatlari bilan shahzodalar va oliy aristokratiya tomonidan xon bo’lishga lozim topilsa, xon bo’lib saylangan. Mug’ul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman unvonlar berish tahqiqlangan. Abul Faraj va Juvayniyning “Yasoq”larni sharhlashiga ko’ra, “podsho taxtiga o’tirgan kishiga faqat bitta xon yoki qoon unvoni beriladi. Uning aka-uka va qarindoshlari faqat o’zining nomi bilan ataladi.” “Yasoq”larning bu qismiga juda qattiq rioya qilingan bo’lishiga qaramay, XIV asrning o’rtalaridan boshlab Jo’ji va CHig’atoy uluslarida sulton unvoni ishlatila boshlandi. Mug’ul anhanalariga ko’ra, yangi hukmdorni saylaydigan butun mug’ul qurultoyi chingiziylar urug’ining yoshi eng ulug’i yoki vaqtincha hukmdor tomonidan chaqirilgan. Qurultoy vaqti oldindan belgilangan va choparlar orqali barcha uluslarga xabar berilgan. Belgilangan vaqt va aniqlangan joyda ulkan imperiyaning barcha uluslaridan shahzodalar va ularning qarindosh-urug’lari, malikalar, kuyov-ko’ragonlar, obro’li no’yonlar, amirlar, amaldorlar, shuningdek, mug’ullarga bo’ysungan hukmdorlar o’zlarining qimmatbaho hadya va tortiqlari bilan yetib kelganlar. Qurultoy bir necha hafta davom etgan (mas., 1229 yilda 40 kun, 1246 yilda 4 hafta va hok.) Mug’ullarda hukmdor xon davlat boshqaruvidagi oliy hukmdor bo’lib, anhanaga ko’ra, xon hokimiyati umumiy manfaatlar, jamiyatdagi barqarorlik va adolatlilik kafolati bo’lgan. Hukmdor xonadonining har bir voyaga yetgan ahzosiga, jumladan hukmdorning beva qolgan xotiniga imperiyaning umumiy hududidan mahlum sondagi hunarmandlar va dehqonchilik tumanlari berilgan. Ulardan kelgan foyda mulk egasining saroyi va qo’shinlari ehtiyojini qondirishga sarflangan. SHu bilan birgalikda har bir voyaga yetgan mug’ul shahzodasi el (mahlum urug’- va qabilalar) va yurtga (hududiy voha, yaylov uchun yerlar) davogarlik qilgan. Bunday sharoitda ular o’z ulusi odamlari bilan ularning qishgi va yozgi maskanlarida yashashlari hamda boshqaruv va soliq yig’ilishiga aralashmasliklari lozim bo’lgan. O’troq viloyatlar boshqaruvi, dehqonchilik vohalari va hunarmandchilik ustaxonalaridan soliq yig’ish va uni “kerakli odamga yuborish” buyuk xon tomonidan tayinlangan maxsus shaxslar, keyin esa mahalliy hukmdorlar zimmasida bo’lgan. CHingiziylar davlatida harbiy aslzodalar ko’p bo’lib, CHingizxonning o’zi ham, undan keyingi mug’ul xonlari ham ularni xon va davlat oldidagi hizmatlari uchun taqdirlab turganlar. Bunday taqdirlanganlar tarxon deb atalgan. Ular turli soliqlardan ozod qilingan bo’lib, ov paytida va urushlarda qo’lga kiritilgan o’ljalar ularning shaxsiy mulki hisoblangan. Mug’ilistonning o’zida va saltanatning sharqiy qismlarida CHingiziylar xonadoni shahzodalari dastlab kobegun, keyinchalik tayji deb atalgan. CHingiziylar davlatining g’arbiy qismida shahzodalar boshqacha atalgan. XIII-XIV asrlar musulmon mualliflari asarlarida dastlabki CHingiziylar shahzoda, podshozoda yoki oddiy forscha pisar (o’g’il) deb atalgan bo’lsa, g’arbiy chingiziylarning uchinchi, to’rtinchi va keyingi avlodlari turkcha o’g’il (ogul), o’g’lon (oglan) (odatda shahzodaning nomidan keyin) sifatida tilga olinadi. Yuqorida eslatganimizdek, XIV asrdan boshlab (ayniqsa g’arbiy CHingiziylarda) nisbatan keng tarqalgan shahzodalar unvoni sulton hisoblanadi. Xullas, CHingizxon asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha, O’rta Yer dengizidan Hindixitoygacha bo’lgan ulkan hududni o’z ichiga olgandi. Madaniy jihatdan bo’ysundirilgan xalqlardan ancha orqada bo’lgan CHingiziylar qaram o’lkalar tarixiy taraqqiyotida salbiy iz qoldirdi. CHingizxon asos solgan saltanatda uluslarga bo’lib boshqarish joriy qilingan bo’lsa-da, har bir ulus mustaqil bo’libgina qolmay, ular o’rtasida uzoq yillar o’zaro urushlar bo’lib turdi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling