Bohodir eshov


Xristian dinining paydo bo’lishi. Din va davlat o’rtasidagi munosabatlar


Download 0.73 Mb.
bet17/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

4.Xristian dinining paydo bo’lishi. Din va davlat o’rtasidagi munosabatlar.
Eramizning boshlarida Rim imperiyasi hududida umumiy tenglikni va odamlar erkinligini targ’ib qiluvchi xristian dini paydo bo’ladi. Ilk xristianlar barcha boylar va hukmron tabaqalarga tavqi-la’nat yog’dirishadi, Rim tartiblarini qattiq tanqid qilishadi, xususiy mulkni, odamlarni boy-kambag’alga, ozod va qullarga bo’lishni inkor qilib chiqishadi, o’z mulklarini o’zlari mansub sektalar va cherkovlar ixtiyoriga o’tkazishadi.
68-69 yillarda yaratilgan “Ioann Bogoslav vahiylari”da (“Apokalipsisda”) “yo’ldan ozgan” Rimning halokati bashorat qilinadi. Unda Rim “barcha xalqlarga o’z buzuqligining qahrli sharobini ichirdi va er podshohlari u bilan huzurlandi, savdogarlari uning buyuk hashamatidan boyidilar” deyiladi. Kambag’allarga hamdardlik va boylarni tanqid qilish ruhi “Luki yuborgan Evengalie” (“Evengalii ot Luki”)da ham yaqqol namoyon bo’ladi, shunga ko’ra unda: “huzur-halovatga zor-intizorlar, endi, to’ygaysiz... Vale, sizga musibat, boylar! Chunki siz o’z ovunchingizni olib bo’ldingiz”, deyiladi. Boylarga qarshi keskin munosabat “Apostal Iakovning Sobor murojaati”dan ham o’rin olgan.
“Muqaddas apostollar faoliyati”da ma’lum qilinishicha, ilk xristian jamoalarida hech kim o’z mulkiga ega bo’lmagan, “ularda hamma narsa umumiy bo’lgan”, jamoa a’zolari hayoti uchun lozim bo’lgan narsalarni “har kimning ehtiyojiga qarab” o’rtada taqsimlashgan. Mulkchilik, mehnat va taqsimlash masalalariga yondashishda ilk xristianlar barchaning mehnat qilish majburiyati va har kimning mehnatiga yarasha taqdirlanishi tamoyillarini targ’ib qilishgan. Bu talablar: “har kim qilgan ishiga yarasha mukofatlanadi”, “Ishlamagan, tishlamaydi”, degan qoidalarda ifodalangan.
Xudoning “erkinlik qonuni”ga suyangan ilk xristianlar yangi din nuqtai nazaridan va talablaridan kelib chiqib, o’zlarining avvalgi tabiiy-huquqiy g’oyalari va tasavvurlaridan ijodiy foydalanishgan. Bunda barcha kishilarning tengligi va insonlararo munosabatlarda bu tenglikka rioya qilish tamoyiliga katta e’tibor berilgan. Ilk xristianlikning huquqiy mafkurasining bir qator qoidalari ana shu tenglikka bag’ishlangan: “(O’zgalarni) qanday sud qilsangiz, (o’zingiz ham) shunday sudlanasiz”; “Qanday o’lchovda o’lchasangiz, sizni ham shunday o’lchovda o’lchashadi”.
Kishilar erki va tengligi dini sifatida dunyoda xristianlikning paydo bo’lishi va o’rnatilishi dunyoning yangilanishida zo’r omil bo’ldi va keyingi tarixiy taraqqiyotga katta ta’sir ko’rsatdi. Ammo yangi dinning real amaliyoti va turmushdagi natijalari ilk xristianlar tasavvur qilgandan ko’ra boshqacharoq bo’lib chiqdi. II asrga kelgandayoq xristian jamoalaridagi hayot ancha o’zgaradi. Jamoa rahbarlarining hokimiyati kuchayadi, ular o’rtasida aloqalar mustahkamlanadi, shu tariqa cherkov byurokratiyasi (ruhoniylar) shakllanadi. Bir paytning o’zida rasmiy diniy ta’limotlar ham shakllanib boradi. Cherkov har qanday hokimiyatning ilohiy xususiyatiga urg’u bera boshlaydi, hokimiyatga bo’ysunish lozimligini targ’ib qiladi, zo’ravonlikka qarshi chiqishni qoralaydi.
Hatto, birinchi apostol Pavel o’zining “Rimliklarga murojaat”ida shunday degandi: “har qanday zot yuqori hokimiyatga bo’ysunmog’i shart; chunki xudo bermagan hokimiyat yo’q, mavjud hokimiyatlar xudo tomonidan o’rnatilgandir. Shu bois hokimiyatga qarshi bo’lganlar xudo irodasiga qarshidirlar”. Pavelning ta’kidlashicha, “boshliq xudoning xizmatkoridir”, shuning uchun unga “jazodan qo’rqqandan emas, vijdonan bo’ysunish lozim”.
Cherkov ierarxiyasi, episkoplik va yagona cherkovning shakllanish jarayoni, xristianlikni qonuniylashtirish “asl” diniy ta’limotdan chekingan turli xil oqimlar va sektalarga qarshi keskin kurashlar vositasida kechgan. Bunday oqim va sektalar tarafdorlari, jumladan Kichik Osiyodagi “montanchilar”, Shimoliy Afrikadagi “agonistlar” ilk xristian g’oyalarini tezroq amalga oshirish, quldorlikni, xususiy mulkni va kishilar tengsizligini barham toptirish tarafdorlari sifatida maydonga chiqdilar.
Shakllanib va mavqei kuchayib borayotgan xristian cherkovi bunday kurashlar chog’ida rasmiy hokimiyat siymosida ko’pincha o’z ittifoqchisiga ega bo’lardi. To’g’ri, II—III asrlarda cherkovning o’zi ham yarim yashirin holatda edi, qolaversa ko’p hollarda xristianlar quvg’inga ham uchrar edilar. Lekin 311 yildayoq xristianlik Rimdagi teng huquqli dinlardan biriga aylanib ulgurgan edi. 324 yilda esa xristianlik davlat dini maqomiga erishgandi. Bu davrga kelib xristianlikning rasmiy doktrinasi shakllangan bo’lib, xristianlik mafkurasining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Avreliy Avgustin edi.
Qadimgi Rim huquqiy qarashlari faqatgina dunyoviy bo’lmasdan diniy qarashlar xam ta’sir ko’rsatgan. Avgustin Avrelian tomonidan (354-430) berilgan qarashlar uziga xosdir. Bu qarashlar Xrestian cherkovining idealogiyasiga asoslangan. Unga kura xudo insonlarning huquqlarini belgilab kuygan. Insonlar gunoxlari uchun qo’lga aylanadilar va bu bilan jazolanadilar. Avgustin xukmdorlarni adolatli bo’lishga va xudoning xoxishini bajarishga chaqiradi.
Antik davrni xristianlik davri bilan bog’lagan dastlabki buyuk teologlaridan biri Avgustin edi (354-430) . U Platon falsafasi va Tsitseron asarlari bilan tanishadi. Uning tomonidan xristian falsafasining asosi ishlab chiqilgan. Avgustinning siyosiy va huquqiy qarashlari «Xudo shaxri» va «Erkning ozodligi haqida» asarlarida bayon qiladi.1
U «Xudo shahri» asarida ikki shahar ya’ni Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta’limotni ishlab chiqadi.Avgustinning fikricha , inson xudo yaratgan eng ulug’ mavjudotdir. Insoning ichki dunyosi turli – xis –tuyg’ular , iroda, istaklarning kurash maydoni bo’lib, panoh topishga bo’lgan istak sohasidir. Inson xudoning marhamatiga yordamiga muhtojdir.2
Avgustin Xudo shahri va zamin shahri o’rtasida qarama qarshilik shaklida quradi. Har bir induvidual hayot panoh va gunoh o’rtasida kurash maydoni bo’lgani singari, tarix ham ezgulik va gunoh «podsholigi» o’rtasidaga kurash maydonidir.
Cherkov ma’lum ma’noda Xudo «podsholigi»ni, Imperiya esa zamin «podsholigi»ni ifodalaydi. Avgustin zamin podsholigi bo’lishini zarur va shart ekanligini aytadi.3
Er podsholigi xukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi. Halq, Xudoning irodasiga bo’ysunishi shart bo’lgani bois, bu hukmdorlarga ham bo’ysunishga majbur bo’ladi. Dunyoviy podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. Xristianlik davlatining barchasi a’zolari bir vaqtning o’zida ham papaning , ham imperatorning fuqarolaridir, deydi Avgustin.
Avgustin episkop Amvrosiyning cherkovning davlat ustidan rahbarlik qilishi Bilan bog’liq qarashlarini rivojlantirib, huquqni cherkovning yordami Bilan tushuntirish davlat uchun qulay ekanligini aytib o’tadi.4
Shunday qilib, Rim katolik cherkovi tomonidan Avgustining qarashlariga katta e’tibor qaratilgan. Uning qarashlari xristian–teologik kontseptsiyasining ahloqiy, siyosiy va huquqiy jihatdan ta’sir ko’rsatgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling