Bojxona ishi” fanidan kurs ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasi mdxga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish. Bajardi


Bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi va nazariy hisobi


Download 59.85 Kb.
bet8/16
Sana22.01.2023
Hajmi59.85 Kb.
#1109521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi MDXga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish

Bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi va nazariy hisobi: 9Iqtisodiy faoliyatda qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona qonunchiligini takomillashtira borib mazkur me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bojxona to’lovlari to’lanishini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash to’g’risidagi qarorni tegishli hududiy bojxona organining boshlig’i qabul qiladi.10 Shundan so’ng ushbu bojxona organining bojxona to’lovlari bo’limi to’lovchi bilan birgalikda jadval tuzadi, unda bojxona to’lovlarini qisman to’lash muddatlari (davriy to’lovlar) va har bir so’ndirishda ularning miqdori belgilanadi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, muddat kechiktirilgani yoki bo’lib-bo’lib to’lanishiga imkon berilgani uchun Markaziy bank belgilagan takroriy moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida to’lov undiriladi. Biroq, agar kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash respublika hukumatining qarori bilan taqdim etilsa, foizlar undirilmaydi. Bojxona amaliyotida bojxona to’lovlarini to’lashni ta`minlashning usullari. Bojxona kodeksining tegishli moddasiga ko’ra, bojxona to’lovlarini to’lash tovarlar va transport vositalarini garovra qo’yish, uchinchi shaxsning, aniqrog’I - bank yoki 64 respubpikada bank operasiyalarini o’tkazish huquqiga ega bo’lgan boshqa moliya-kredit muassasasining kafolati yoxud agar tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan bo’lsa, to’lanishi kerak bo’lgan bojxona to’lovlari summalarini bojxona organining depozit hisob varag’iga o’tkazish yo’li bilan ta`minlanishi mumkin. Bojxona organi boshqa qaror qabul qilmasa, garovga qo’yilgan tovarlar va transport vositalari garov qo’yuvchining egaligida qoladi. Garov rasmiylashtirilishi tartibi. Tovarlar va transport vositalarini gapovga qo’yib, to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilganida garov qo’yuvchi bilan bojxona organi o’rtasida ikki nusxada garov shartnomasi tuziladi, notarial tasdiqlanishi va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Uning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi, boshqasi garov qo’yuvchida qoladi. Garov shartnomasini bojxona organi nomidan bojxona organining boshlig’i yoki uning o’rnini bosadigan shaxs, shuningdek to’lovlar bo’limi boshlig’i (maxsus jurnalda belgi qo’ygan holda), garov qo’yuvchi nomidan bunga vakolat berilgan shaxs imzolaydi. Bunda hujjatda garovga qo’yilgan tovar yoki transport vositasining qoldiq (buxgalteriya hisobida aks ettirilgan) qiymati ko’rsatiladi va bojxona to’lovlari bo’limining boshlig’i shartnomada ko’rsatilgan to’lovlar summasining to’g’riligini tasdiqlaydi. Biroq bojxona organining bojxona to’lovlari bo’limi dastlab quyidagi qarorlarni qabul qiladi. Birinchidan tovarlar yoki transport vositalari garovi bilan ta`minlangan bojxona to’lovlari to’lanishi kafolatining yetarliligi to’g’risida, ikkinchidan, garov buyumini saqlash joyi to’g’risida, shuningdek shartnomada nazar tutilgan, 65 kechiktirilgan yoki bo’lib-bo’lib to’lanadigan to’lovlar summalarini to’lash muddati tugagach, uni sotish imkoniyati to’g’risida. Bojxona rasmiylashtiruvi chog’ida bojxona yuk deklarasiyasiga garovga to’lovlarni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkonining berilishi to’g’risida tegishli yozuv va ularning tugash sanasi qayd etiladi. Bojxona to’lovlari va ularga doir foizlar belgilangan muddatda to’langanidan keyin garov qo’yuvchi bojxona organing ruxsati bilan garov buyumini qaytarib oladi. Garovga qo’yiladigan buyumlar. Respublikasi bojxona organlarining garovdan foydalanishi to’g’risida nizomga muvofiq bojxona to’lovlari to’lanishini ta`minlash uchun tovarlar, shu jumladan valyuta, valyuta boyliklari, qimmatli qag’ozlar, shuningdek avtotransport vositalari garov buyumi bo’la oladi. Majburiyat bajarilishini ta`minlash usuli sifatida garovning samaradorligi nafaqat garov qo’yuvchining moliyaviy holatiga, balki garovga beriladigan mol-mulkning sifatiga ham bog’liqdir, likvidliligi va uzoq muddat saqlanishi buni aniqlash mezonlari bo’lishi mumkin. Shu sababli quyidagilar garovga qabul qilinmaydi elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari; umumiy foydalanishdagi korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlar, er uchastkalari; boshqa majburiyatni ta`minlash uchun allaqachon garovga qo’yilgan yoki uchinchi shaxslar foydasiga bundan avvalgi boshqa majburiyatlarga tortilgan mol-mulk; mulkiy huquqlar; respublikaga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar na transport vositalari; tez buziladigan tovarlar; respublikadan tashqarida bo’lgan mol-mulk; qayerda joylashganligi va undan foydalanish ustidan doimiy nazoratni muayyan bojxona organi ta`minlay olmaydigan buyumlar; erkin sotilishi qonun bilan 66 taqiqlangan mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari. Shaxsiy tusdagi talablar, ularning garovi qonun bilan taqiqlangan boshqa talablar, shuningdek garov qo’yuvchi barcha mulkdorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga bera olmaydigan (xususan, umumiy egalikda bo’lgan) mol-mulk va hokazolar garov buyumi bo’la olmaydi. Shu tariqa, bojxona to’lovlarining to’lanishini ta`minlaydigan garov buyumi bo’lib erkin (bozor) narxi to’lanishi kerak bo’lgan summalar - bojxona boji, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, undirilishi bojxona organlari zimmasiga yuklangan boshqa soliqlar; bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imlari; saqlash uchun bojxona yig’imlarining eng yuqori summalari: ko’rsatilgan summalardan respublika Markaziy banki belgilaydigan takroriy moliyalash stavkasi bo’yicha hisoblab chiqariladigan foizlar; garov buyumini tutib turish bo’yicha ehtimoliy chiqimlarni va bojxona organlari oldidagi majburiyatlar bajarilmagan taqdirda davlat mulkiga aylantirish xarajatlarini qo’plashga hamda sotish munosabati bilan tovarlar va transport vositalari qiymatining 15 foizidan ham bo’lmagan tovarlar va transport vositalari xizmat qilishi mumkin. Bank kafolati bo’lganda bojxona to’lovlarini kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi va shartlari.


Download 59.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling