Bojxona ishi” fanidan kurs ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasi mdxga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish. Bajardi


Qo’shilgan qiymat solng’ini hisoblash


Download 59.85 Kb.
bet13/16
Sana22.01.2023
Hajmi59.85 Kb.
#1109521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi MDXga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish

Qo’shilgan qiymat solng’ini hisoblash 15Sof foyda hajmini aniqlash. Tushum hajmidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan xarajatlar, amortizasion to’lovlar olib tashlanib, hosil bo’lgan miqdor yalpi daromadga kiradi. Yalpi daromadning bir qismi ish haqiga va qo’shimcha qiymat solig’iga ishlatiladi. Nihoyat korxona foyda olishga erishadi. Bundan tashqari korxona xo’jalik faoliyatining qonun tomonidan o’rnatilgan soliqlar miqdori to’langach sof foyda qoladi. Sof foyda hajmi quyidagi formula orqali hisoblanadi SF = YaF - (Sich+S + Saks+ Sm) - Kr bunda: YaF - yalpi foyda; Sich - foyda miqdoridan olinadigan soliq; S - qo’shimcha qiymat solig’i; Saks - aksizlar; Sm - mulk solig’i; Kr - kredit uchun bank foizlari. 85 Korxonaning moliya negizini moliyaviy reja tashkil qiladi, u o’z ichiga pul shaklidagi daromadlar va harajatlar balansini aks ettiradi. Balans quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olgan: - daromadlar va tushum vositalari. Bu bo’limga tashqi manba’lardan keladigan mablag’lar ham kiritiladi. - harajatlar va mablag’ ajratmalari, Bu erda ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadigan sarf-harajatlar ham kiradi. - kredit va bank aloqalari. Davlat byudjetiga to’lovlar. Strategiya tovarlarni ishlab chiqarish, hajmi va sifat darajalariga baho berishda yordam beradi va o’z ichiga quyidagi bo’limlarni kiritadi: 1. mavjud bozorlarni tadqiqod ob`ektlariga ajratgan holda tahlil qilish; 2. mahsulotning yashash davri va yangi tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoitlar; 3. talab va taklifning shakllanishi; 4. tovar va ishlab chiqarishning raqobatbardoshliga; 5. soliq siyosati. Korxonaning tovar siyosatini belgilashda ilmiy-texnik mahsulotlar bozorining ta`siri katta. Ilmiy-texnik mahsulotlar bozori deganda yangi texnologiyani kashf qilgan ixtirochilar bilan shu kashfiyotga egalik qilish huquqini sotib oluvchilar o’rtasidagi aloqalar tushuniladi. Ilmiy-texnik mahsulotning ob`ekti sifatida loyiha muhandislik mahsulotlar, ilmiy-texnik hujjatlar, informasion xizmatlar va ilmiy adabiyotlar ko’rib chiqiladi. Ilmiy-texnik mahsulotlarga egalik qilishga ilmiy tadqiqot va konstruktorlik tajribalarini doimo olib boruvchi ilmiy tashkilotlarga ruxsat beriladi. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash. Respublikaning bojxona haqidagi qonunlarida belgilangai bojxona rejimlariga muvofiq 86 respublika hududiga import qilinadigan tovarlar qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ga tortiladigan manba hisoblanadi. Respublika hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqish va to’lash tartibi asosida amaliyotga joriy qilinadi. Mazkur Yo’riqnoma respublikaning Soliq va Bojxona kodekslariga asosan ishlab chiqilgan hamda respublika hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqish va to’lash tartibini belgilaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlangan har bir davlat iqtisodiyotga bilvosita ta`sir etish va o’z daromadlarini shakllantirishda soliqlarning bir butun tizimini qo’llaydi. Bu tizim, asosan to’g’ri va bilvosita soliqdardan iboratdir. Bilvosita (egri) soliqlar tizimiga bojxona organlari tomonidan undiriladigan, qo’shilgan qiymat va aksiz soliqlari hamda bojxona yig’imlar kiradi. Respublika hududiga tovarlarni import qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’ini bevosita deklarant yoki istalgan manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida o’zga hol nazarda tutilmagan bo’lsa to’lashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar uchun - QQS 20 % stavkada undiriladi. Respublika hududiga import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi. Tovarlar importa bo’yicha soliq solinadigan aylanma manba hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aksiz solig’i qatorda bojxona boji summasi (aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar bo’yicha) kiritiladi. QQS quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

Download 59.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling