Bo‘ka tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilish bayoni
Download 77.79 Kb.
|
МАЪНАВИЯТ ВА М КЕНГАШ БАЁНИ
QAROR QILADI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-sonli video selektor tarzida o‘tkazilgan majlis bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. Maktabning Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tarkibi 1-ilovaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan Nizomi 2-ilovaga hamda «Yo‘l xaritasi» muvofiq tasdiqlansin. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (A.Muxamedov) bir hafta muddatda tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” asosida maktabning chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlatsin. 2022-yil sentabr oyidan boshlab ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar borasidagi reja va dasturlarini Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bilan birgalikda ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Bir hafta muddatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar namunasi asosida ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, ijrosini ta’minlasin. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi bo‘yicha har oy yakunida bo‘lim Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga axborot kiritib borsin. Joriy yilning 1-sentabridan boshlab har bir umumta’lim muassasasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari jalb qilinsin. 2023-yil yanvar oyidan boshlab ta’lim muassasasida reja-jadval asosida “Ma’naviyat soati”ni o‘tkazish tashkillashtirilsin. O‘quvchilarni hayvonot bog‘i, teatr, kinoteatr, muzeylarga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, joriy yilning fevral oyidan tuzilgan reja-jadval asosida amalga oshirilsin. Bir oy muddatda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy-madaniy merosini faol targ‘ib qilish, zamonamiz qahramonlari obrazini yaratishga qaratilgan yangi ijodiy tanlovlarda ishtirokini ta’minlansin. Bir oy muddatda sahna asarlarining yoshlar tarbiyasidagi rolini oshirish maqsadida, ta’lim muassasada havaskorlik teatr to‘garaklari yo‘lga qo‘yilsin. “Ma’naviyat” gazetasi, “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti”, “Ma’naviy hayot” va “Sharq yulduzi” jurnallariga yillik obuna qilish hamda mazkur davriy nashrlarning ta’lim muassasasi kutubxonalari va axborot-resurs markazlarida doimiy saqlanishini ta’minlash uchun muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan tashkillashtirilsin. Mazkur bayon ijrosining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazorat qilish Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Muxamedov zimmasiga yuklatilsin. Download 77.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling