Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi ke￾rak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlana￾di


Download 47 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi47 Kb.
#205033
Bog'liq
Psixologiya K5


1)Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi ke￾rak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlana￾di. Uning og'irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo'yi esa 0,5 sm ga￾cha ko'payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yu￾gura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang'ida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo'yicha mashg'ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plas￾tik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar. 6—7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobili￾yatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Katta￾lar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yosh￾dagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doi￾mo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari toliq rivojlanmaganligi sabab￾li ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishining kamayishiga olib kelishi mumkin.Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyor￾garligiga ham bogliq.

2) Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi.Idrok va ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning ma’lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi.Nutqining ma’lum darajada rivojlanganligi; ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bolishi mumkin, lekin so‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6—7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham tushunishi va o'zlashtirishi mumkin. 6—7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo'lib, yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog‘liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va ko'rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6—7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi.

3) Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y be￾radi. Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, o‘z-o‘zini boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzi￾tiv davr hisoblanadi.Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy ta￾fakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tu￾zilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi.Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z im￾koniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida lanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?», «uni yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham rivojlanadi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxs￾lararo munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik his￾lari paydo boladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, ax￾loqiy (o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Le￾kin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning do￾imiy emasligi xosdir.Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bolgan o‘quv faoliyati￾ni tashkil etish va mazmuniga bogliq ravishda yangi psixologik tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bolishi, reflek￾siya mazmunan va shakliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga kola va xususiy asoslarga kola namoyon bolishi mumkin.0 ‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xu￾susiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. 0 ‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivo￾ji va shaxsining shakllanishida toliq ijobiy asos boladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfl va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.Yangi faoliyatga olish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. 0 ‘zini haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehti￾yoj paydo boladiKichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o'zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiy￾di va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bolgan yax￾shi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zining «Men»ini his qiladi. 0 ‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uy￾ga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekan￾ligi kabilarni anglab yetadi. Bu yoshdagi bolalarni maktab das￾turiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tibor￾ga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon boladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli in￾son bolish uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, mas’uliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolglz hodisalarga nisbatan qiziqish￾lar hosil boladi. Ill—IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bogliqliklarni bilib olish uchun bolgan qiziqishlar rivojlanadi.Ill sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlay￾di. 0 ‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xat￾ti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Ki￾chik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mav￾jud. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:

yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;

qat’iy emas, vaziyatli;

tez qondiriladi va ustozning qo'llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi; o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga keltiradi;kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘ri￾nadi;umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlar￾ning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga yo‘nalganligi.Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlarida￾gi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli daraja￾da rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki mu￾nosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tash￾lansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘ti￾rish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olish￾lariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘zi￾ga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo'llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. 0 ‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egal￾lash yollariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi.



4) Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ular￾ning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bolaning mak￾tabda o‘qishga tayyorligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

Shaxsiy tayyorgarlik.

Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqish￾ning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish

— o‘quvchi bo‘lish.

Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar aso￾san, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bolishi mumkin. «Menga chiroyli for￾ma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi», «Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p boladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman», «Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bola olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbi￾yachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining sing￾dirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bolib xizmat qila oladi. «Men otamga o‘xshagan bolishim uchun o‘qishim kerak», «Yozishni juda yaxshi ko‘raman», «0‘qishni o‘rganaman», «Mak￾tabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman» — bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bola oladi.«0‘quvchining ichki pozitsiyasi» bolaning maktab ta’limiga tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida — psixologik yangi tuzilma bolib, kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining o‘zgarishida namoyon boladi.ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ijtiyoriy xotira, namuna bo‘yicha, qoida bo‘yicha harakat qilish.

5.Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bola￾digan munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3—4 sinflarga borib bo￾la uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I—IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘sim￾liklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qan￾cha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.

Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgar￾ganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatil￾ganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, ya￾qinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bolishi mumkin bolgan alohida shaxs sifatida munosa￾batda boladilar. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganli￾gi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini tola his etishiga, o‘ziga nisbatan muno￾sabatining o'zgarishiga asos boladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituv￾chiga ishonch hissi bolib, bunda o‘qituvchining o'quvchiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. 0 ‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh urugla￾rining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar 0‘qituvchi￾ning har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, ki￾chik maktab yoshidagi o'quvchilar rivojida yetakchi bolgan o‘quv

faoliyati o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattadir.Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan mu￾nosabatlarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan boladi. Bunga sabab bir tomon￾dan o‘qituvchining doimiy ravishda unga ko'rsatadigan faol ta’siri bolsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining ko‘rsatadigan ta’siridir.



1. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravish￾da normativ talablar qo‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta o‘zgarish￾lar boladi. Oilada endi bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bolgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu o‘z-o‘zidan bola bilan bolgan munosabatlarda o'z aksini topadi. Atrofdagilar bilan mu￾nosabatda esa bola o‘z «Men»ini namoyon etishga harakat qila￾di. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi. Faqat o'qituvchigina o‘quvchisiga turli qat’iy talablar qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, bolaning ijtimo￾iylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar — ijtimoiy mako￾ni tizimida standartlashuviga olib kela oladi. 0 ‘qituvchining muno￾sabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bolib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir.0 ‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsati￾shi uchun qulay imkoniyati bor. 0 ‘quv faoliyatining boshlani￾shi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. «Bola-kat￾ta» munosabati «bola-ota-ona» munosabatidan tashqarida yuza￾ga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar q o ‘yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini toliq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bi￾lishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ular￾ning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqa￾lar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlanglch sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shart￾larni qabul qiladilar va ularning qoidalariga tola amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosa￾batiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.0 ‘qituvchining bolaga munosabati uning o‘rtoqlari va oila￾si bilan bolgan munosabatiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsata￾di. Shuni ham alohida ta’kidlab olish kerakki, yangi muloqotning xarakteri kichik maktab yoshidagi o‘quvchi ta’limining motivlari￾ga, undagi axloqiy sifatlarning rivojlanishiga, o‘z-o‘ziga beriladigan bahoning shakllanishiga hamda bolaning qiziqishlari darajasiga sezilarli ta’sir kolsatadi. Bolalarning o‘quv faoliyati muvaffaqiyati hamda shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlariga, sinfdagi o‘z mavqeini qay darajada anglab yetishiga, tarkib topgan o‘quvchilar jamoasi bilan o'zaro munosabatlariga bogliq boladi.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling