Bola huquqlarining kafolatlari to‘G‘risida


-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari


Download 40.53 Kb.
bet15/26
Sana09.01.2022
Hajmi40.53 Kb.
#268539
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
Mavsuma

16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari

Har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.

Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno.

Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari.

17-modda. Bolaning fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari

Bola fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda belgilangan tartibda cheklanishi mumkin.


Download 40.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling