bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-
tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari
bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi.
Nogiron bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam
olish va o‘z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam
ko‘rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ota-onasi yoki ota-
onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti,
homiylik va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-
onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi
muassasalarida saqlanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |