Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari Asab tizimi
Download 499.25 Kb.
|
Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari
Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari Asab tizimi. Asab tizimining shakllanishi tug‘ilish vaqtiga ham anatomik, ham funksional jihatdan yakunlanmagan bo‘ladi. Yetilgan chaqaloqning miyasini massasi taxminan tana vaznining taxminan 10 %ini tashkil qilsa-da, asab hujayralarining soni kattalardagi miqdorning 25 %ini tashkil qiladi. Miya po‘stlog‘ining eng jadal rivojlanish davrlaridan biri homiladorlikning III choragiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu davrda har xil noxush omillar, birinchi navbatda, gipoksiyaning shikastlovchi ta’siri ehtimoli eng yuqori bo‘ladi. Asab tizimi har xil qismlarida asab tolalarining mielinlashishi har xil vaqtda kechadi. MNSda oldin sezgi neyronlari, keyin harakat neyronlari mielinlanadi, sirtqi tizimda esa – aksincha. Tug‘ilish vaqtiga o‘zak tuzilmalari taxminan 60 %ga, bosh miya po‘stlog‘i esa 10–20 %ga shakllangan bo‘ladi. Miyaning jadal o‘sish davri taxminan homila rivojlanishining o‘rtalarida boshlanadi va hayotining ikkinchi yili oxiriga yakunlanadi. Miyaning yarim sharlari mielinlashishi, asosan, postnatal kechib, hayotining 3–4-yiliga yakunlanadi. Homilada og‘riq his qilish uchun barcha neyrofiziologik tarkibiy qismlar gestastion davrning o‘rtalaridayoq tayyor bo‘ladi. Mielinizatsiyaning yakunlanmaganligi mutlaqo faoliyat yo‘qligini nazarda tutmaydi, faqat impulslar o‘tkazish vaqti biroz sekinlashadi, buni esa neyronlar orasidagi masofaning qisqaligi qoplab yuboradi. Shuning uchun anesteziolog doimo chaqaloqlar, hattoki o‘ta chala tug‘ilganlari ham og‘riqni his qilishini va unga qon bosimining oshishi, taxikardiya, miya ichi bosimining oshishi, kuchli neyroendokrin reaksiya bilan javob qaytarishini esda tutishi lozim. Bu esa nafaqat operatsiya vaqtida, balki har qanday og‘riqli muolajani bajarganda analgeziya yoki anesteziyani ta’minlash muhimligini bildiradi. Miyada qon aylanishini boshqarish neyrogumoral omillar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Kattalarda o‘rtacha AB 50 dan 150 mm sim. ust. gacha chegaradagi o‘zgarishlarda miyadagi qon oqimi o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblanadi. Chaqaloqlar uchun esa bunday diapazon chegarasi aniqlanmagan, lekin hech shak-shubhasiz, u kattalarikidan ancha tor bo‘ladi. Go‘daklarda miyaning qon aylanish autoregulyatsiyasi gipoksiya, operatsiya hayajoni, gipotermiya va boshqa noxush omillar ta’sirida tez buziladi. Bu holatda tizimli ABning tebranishlari bosh miya arterial oqimiga to‘siqsiz ta’sir qilib, miyada qon oqimining sezilarli «flyuktuatsiyasini» chaqiradi. Nafas tizimi. Bolalarda burun bo‘shlig‘i nisbatan tor bo‘lib, uning tubi shunday bukilganki, til halqum orqa devorida kattalarnikiga nisbatan ko‘proq yuzada tegib turadi. Shuning uchun kislorod ingalyatsiyasida yoki niqob yordamida anesteziya qilinganda, yuqori nafas yo‘llarining erkin o‘tkazuvchanligini ta’minlashda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin. Yosh bolada burun yo‘llari katta odamnikiga nisbatan tor bo‘ladi va shu sababdan burun shilliq qavati shishganda yoki uning sekretsiyasi oshganda, burun yo‘llarining to‘liq berkilishi yuz beradi. Chaqaloq tezlik bilan burun orqali nafasdan og‘iz orqali nafas olishga o‘ta olmaganligi sababli, havo yetishmasligi yuzaga kelishi mumkin. Chaqaloqda hiqildoq katta odamnikiga nisbatan uch umurtqa yuqorida, ovoz boylami III bo‘yin umurtqasi to‘g‘risida joylashgan bo‘ladi. Til, hiqildoq usti tog‘ayi va hiqildoqning anatomik munosabatlari to‘g‘ri laringoskopiya va traxeya intubatsiyasi o‘tkazishni murakkablashtirib, nam o‘tkazmaydigan qiyshiq tig‘ini qo‘llashni qiyinlashtirishi mumkin. Hiqildoq usti tog‘ayi kattalardagiga nisbatan uzun va keng bo‘lib, tana uzunasiga nisbatan 45° da joylashadi. Shuning uchun laringoskop uchi bilan hiqildoq usti tog‘ayini ko‘tarmasdan, ovoz tirqishini ko‘rib bo‘lmaydi. Nafas yo‘llarining eng tor qismi traxeya uzuksimon tog‘ay sohasi hisoblanadi. Ushbu sohada shilliq qavatning 1 mm ga (masalan, kataral yallig‘lanishda) qalinlashishi nafas yo‘llari bo‘shlig‘ini chaqaloqlarda 75 %ga va kattaroq bolalarda 20 %ga toraytiradi. Aynan shu bois ham shilliq qavat shishi kichik bolalarda juda xavfli va nafas yo‘llarining deyarli to‘liq berkilishiga tez olib kelishi mumkin. Download 499.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling