Bola shaxsini rivojlanishida ta`sir etuvchi omillar


Download 126.13 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi126.13 Kb.
#1494482
  1   2   3   4
Bog'liq
Bola shaxsini rivojlanishida ta`sir etuvchi omillar (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


MТMS 9-3 guruh talabasi Xayrullayeva Gulnozning
Mustaqil ishi
Mavzu: BOLA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY OMILLAR


Tekshirdi:

BOLA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY OMILLAR


Reja:
Kirish



  1. Bola rivojlanishi haqida tushuncha

  2. Shaxning rivojlanishi va unga ta`sir ko`rsatuvchi faktorlar

  3. Bola ijtimoiylashuvida sotsiumning o`rni

  4. Makro, mikro, mezzo - faktorlar bola ijtimoiylashuviga ta`siri

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo„lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo„lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk ko„rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo„lib emas. xozirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o„sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo„lsa yanada samarali bo„ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o„zaro bog„liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy–pedagogik ish O„zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida o„rinni egallaydi. «Milliy g„oya–bizning g„oya», «Istikbolimiz– istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o„zgartirgan o„n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo„la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san‟at muassasalari faoliyatiga tegishli bo„lgan ma‟naviy –ma‟rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ„ibot va tashqilot ishlarining ko„lamini kengaytiradi,o„sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma‟naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo„lib ma‟naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo„sh vaqtini chukur mushoxada qilish bilan uzviy bog„liqdir.
Bola rivojlanishi haqida tushuncha
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta‟sirlar hamda ichki kuchlar ta‟sirida sodir bo‟ladi. Tashqi omillarga insonni o‟rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‟yicha maqsadga yo‟naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‟yin, mеhnat, o‟quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o‟ziga xos bo‟lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, еtakchisi bo‟ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi.
Bola tug‟ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‟zlashtirib olishi mumkin. Bu o‟z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o‟zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‟lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o‟rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‟liq bo‟lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‟shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o‟ta muhim bo‟lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.

Download 126.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling