Bola shaxsini rivojlanishida ta`sir etuvchi omillar


Download 126.13 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi126.13 Kb.
#1494482
1   2   3   4
Bog'liq
Bola shaxsini rivojlanishida ta`sir etuvchi omillar (2)

Ijtimoiy omillar


Inson bo‟lib еtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‟zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya‟ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‟zaro ta‟sirda shaxs bo‟lib еtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma‟naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‟la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma‟lum hollar, ya‟ni inson bolasi hayvonlar orasida o‟sgani yanada mustahkamlaydi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko„p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me‟yorlar o„zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o„zlashtiradi. Agar bola tug„ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta‟lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko„ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg„aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko„p muhitlarni o„zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o„zi uchun qulay bo„lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo„ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko„chib yuradi. Muhit bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to„plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit-inson kirishishi, o„zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo„lgan ko„cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o„zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan harakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta‟sir qiladi hamda o„zgartiradi va o„z o„rnida muhit ham inson oldiga o„z talablarini qo„yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo„ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o„rni bilan belgilanadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o„zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta‟minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko„nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo„nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo„lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me‟yorlarini o„zlashtirish sodir bo„ladi. Anglash sohasida o„z “men”i obrazini shakllantirish, o„zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o„rnini anglash ro„y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
So„nggi yillarda pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv hamda tarbiya tushunchalarining o„zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Ba‟zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o„rganishadi. Ayrim olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To„rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. To„g„ri tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligi hammaga malum.
Ijtimoiy omillarni insonga ta‟sir ko„rsatishining tarkibiy qismi bo„lgan tarbiya o„z xususiyatlariga ega.
Jumladan tarbiyaning bola rivojlanishiga ta‟siri vaqt o„tgan sari o„zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bola qanchalik kichik bo„lsa, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko„p ta‟sir ko„rsatadi. Vaqt o„tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi.
Biroq boshqa bir jarayon-o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o„z shaxsini mukammallashtirish, o„z-o„zini rivojlantirish bo„yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma‟lumki, o„z-o„zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi.
Tarbiya, o„z-o„zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an‟analar, maktab jamoasi, do„stlar, bolalar bog„chasi va boshqalar) ijobiy ta‟siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni yuz beradi
Inson bo‟lib tug‟ildi, lеkin inson bo‟la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rеm bo‟ri onasi bilan emizilgan edi (shunday dеb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‟rilar to‟dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‟rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, lеopard – 1 holi, qo‟y – 1 holi ma‟lum.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‟rilar uyasida bo‟ri bolalari bilan birga ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala dеb nomlashdi.
Boshida ular o‟zini yovvoyi hayvonlardеk tutdi. Tunda emaklab yurishardi va yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‟ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik qizcha tеzda o‟lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
Shu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi. Qiyinchilik bilan o‟qirdi. 2 yil uni tik turishga o‟rgatishga to‟g‟ri kеldi. 6 yildan so‟ng yura boshladi, lеkin ilgaridеk emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‟zni o‟zlashtirdi. 7 yildan so‟ng so‟z boyligi 45 ta so‟zga, 3 yildan so‟ng esa 100 gacha еtdi. Shuni o‟zida til jarayoni to‟xtadi. Bu vaqtga kеlib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‟rdi, yorug‟likdan qo‟rqmay qoldi, qo‟l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‟rgandi. 17 yoshga еtgach Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladеk edi.
Bu hol shuni ko‟rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham odam darajasiga еtmagan. Nima o‟zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy sub‟еktga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‟rsatmalar, ijtimoiy o‟zini tutish mе‟yor va namunalarini o‟zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‟ladi.
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‟p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va bolalarlikda jadal kеchadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi dеb tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydеvor qo‟yiladi va quriladi. Kеyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof- muhit bilan o‟zaro ta‟sirda sodir bo‟ladi.
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grеkcha macros “katta”), mеzo – (mesos “o‟rta”) va mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar.
Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planеtar jarayonlar – ekologik, dеmografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mеzoomillar – etnik ko‟rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‟z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta‟siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta‟lim muassasalari, tеngdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya‟ni bola o‟sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium dеb atashadi.
Shaxs tarbiyasiga ta‟sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiyomillarning ta‟siri o„rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko„pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta‟siri kuchli bo„ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o„rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta‟siri yuqoridir? Ular o„rtasidagi o„zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo„nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o„rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo„yadi. Ular tug„ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o„rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Horij psixologiyasidagi yana bir ohim – biheviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo„lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o„tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‟limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D‟yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o„zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh horijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog„laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog„liq deb ko„rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta‟sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o„zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan hulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo„lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta‟sirini aniqlashda ilg„or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta‟limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog„liq bo„lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‟naviy boyligi uning munosabatlariga bog„liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o„z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma‟lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishi yoki yo„q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo„lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo„lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g„oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o„rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o„rtasidagi murakkab aloqa ta‟siri ostida ro„y beradi, inson ularga faol ta‟sir etadi va shu yo„l bilan hayoti va o„z tabiatini o„zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‟siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya‟ni,
Birinchidan, tarbiya ta‟sirida muhit bera olmagan bilim, ma‟lumot egallanadi, mehnat va tehnik faoliyat bilan bog„liq ko„nikma va malakalar hosil bo„ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug„ma kamchiliklar ham o„zgartirilib, shaxs kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta‟sirini ham yo„qotish mumkin.
To„rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta‟sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o„ringa ega bo„lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta‟sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan hulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o„rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo„ladi.
Faoliyat o„zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko„rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko„ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to„g„ri tashkil etish lozim. Lekin ko„p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo„ladi.
O„smir va o„spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o„yin, o„qish va mehnat kiradi. Ular yo„nalishiga ko„ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, tehnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko„ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo„lishi mumkin. O„smir faoliyati muhit va tarbiya ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o„z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o„zini shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o„z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko„zga tashlanadi.
Ta‟lim jarayonida faollik o„quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o„z qobiliyatini namoyon etishga yo„llaydi. Bilishga bo„lgan faollik o„quvchining intellektual rivojlanishini ta‟minlaydi.
Faollik ko„rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning hilma-hilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko„ra, o„quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo„ladi. Ta‟lim muassasasida hamma vaqt bir hil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o„zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o„z mehnati, g„ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O„qituvchi qanchalik yaxshi o„qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining
o„zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma‟naviy-ahlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o„z faoliyatini to„g„ri yo„lga qo„ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o„ziga hos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga hos bo„lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta‟lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri kuchli bo„ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to„g„ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o„qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga hos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o„sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo„ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o„tganlar.
Bolaning o„ziga hos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir hil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo„lishi mumkin.
Masalan, ko„rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg„ayrat yoki g„ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig„inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta‟siri bo„lib, o„qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o„ziga hos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o„ziga hos xususiyatini o„rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma‟nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o„ziga hos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o„quvchilari bilan 10-sinf o„quvchisini tenglashtirib bo„lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo„linadi:

  1. Go„daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo„lgan davr.

  2. Bog„chagacha bo„lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.

  3. Maktabgacha ta‟lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.

  4. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar –7-11-12 yoshgacha.

  5. O„rta maktab yoshidagi o„quvchilar (o„smirlar) 14-15 yosh.

  6. Katta yoshdagi maktab o„quvchilari (o„spirinlar) – 16-18 yosh.

Kichik maktab yoshida o„yin faoliyatining o„rnini endi o„qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o„tish davri bo„lib, bolaning bo„yi, og„irligi jihatdan uning tashqi ko„rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o„sishi tufayli serharakat bo„ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o„sishiga hos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o„rganishga qiziquvchan bo„ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o„quvchilariga emotsionallik hos, ularning fikrlashi obrazli bo„ladi, his-tuyg„ulari mazmuni o„zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O„rta maktab yoshi (o„smirlik 12-15 yosh). O„smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologikxususiyatdagi kuchli o„zgarishlar bilan bog„liqdir. Bolaning o„sishi tezlashadi. Bu davrni o„tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe‟l-atvoriga ta‟sir etadi. O„smir hayotida mehnat, o„yin, sport va jamoat ishlari katta rol o„ynaydi. Ba‟zilarining o„zlashtirishi pasayadi, intizomi bo„shashadi.
Hozirgi davr o„smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko„zga tashlanadi:

  1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to„garaklar,

studiya, sektsiya, turli tadbirlar o„tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o„qishga qiziqishi ortadi.

  1. O„z-o„zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o„zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.

Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o„smir harakterida murakkab qarama- qarshiliklar ham mavjud bo„ladi. Bu o„smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o„smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o„smir hech qaysi o„quv fanlarini o„qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o„quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o„quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o„smirlar qiziqishi o„qituviga bog„liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o„qishlari ham barqaror emas.
Turli to„garaklarga 21 foiz o„smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug„ullanadi. 40 foiz o„quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo„q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o„smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o„z ihtiyorlari bilan qanday o„tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o„tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o„smir vaqtini o„z holicha o„tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko„radi, 50 foizi sport bilan shug„ullanadi, 45 foizi uhlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o„smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O„smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta‟sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to„liq bo„ladi.
Bu yoshda o„smirlar kattalar oldida o„zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O„z-o„zini tarbiyalashga bo„lgan talab o„sadi. “Dangasa”, “qo„pol”, “bee‟tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og„rinib qabul qiladilar.
O„smir yoshida o„g„il va qiz bolalar o„rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e‟tibor berish lozim.
O„z-o„zini tarbiyalash natijasida o„g„il bolalar kuchli, erkin, e‟tiborli, jasur; qizlar esa – o„ta ko„nikuvchan, kamtar va jiddiy bo„la boshlaydilar.
Shuning uchun o„smirga o„z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13- 14 yoshgacha o„smirda burch hissi, mas‟uliyatni his etish, vazminlik paydo bo„la boshlaydi. Muhimi, o„smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo„lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o„quvchilari (o„spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o„spirinlarning ilk balog„atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O„spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg„ularida ham o„zgarish yuz beradi. O„z-o„zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o„rtasida munozaralar o„tkazish yaxshi natija beradi. O„spirinlar o„z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o„spirinning barcha intilishlari ma‟lum maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi zarur. Ularda o„quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O„spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o„z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o„qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g„o„r fikrlari va dunyoqarashlarini to„g„ri yo„naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o„z-o„zini anglash, ma‟naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o„zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo„ladi. O„zini kattalardek his etish, o„ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o„ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o„z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baht, burch, shaxs erkinligini o„z qiziqishlari bilan o„lchaydilar.
SHu bois ularga katta yoshlilarning beg„araz, to„g„ri yo„nalish berishlari o„ta muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada ta‟lim muassasasida faoliyat ko„rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta‟siri katta ahamiyatga ega. Chunki o„spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo„lib, ularning bu hayotga to„g„ri qadam qo„yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo„lishining muhim shartidir.

Bolada kanday shaxsiy sifatlarning tarkib topishi kup jixatdan uning atrofdagilar bilan bulgan uzaro munosabati xaraktеriga boglikdir.


Nеofrеydistlar (Frеydning davomchilari) bolalarning kattalarga bulgan munosabati shakllanishida onaning urni xal kiluvchi axamiyatga еga dеb xisoblaydilar. Ularning fikricha bunga sabab shundaki, ona bolaning „orol extiyoji‟ni kondiradi. Birok nеga bulmasa onasidan ayrilib kolgan bolalarningn xam jismoniy va psixik jixatdan normal rivojlanishi xolatlari uchraydi bolaning uni oziklantirmagan u bilan fakatgina uynagan yoki mulokatga kirishgan kattalarga kattik boglanib kolishini nеofrеydisk pozitsiyadan turib kanday kilib tushuntirish mumkin? Biologik omilning rolini nutklashtiruvchi psixoanalitik yondashuv ushbu savollarga javob bеraolmaydi.
„Impirinting‟ - kayd kilish nazariyasining tarafdorlari xam atrofdagilarga bulgan munosabatining shakllanishida ilk tajriba muxim birinchi darajali axamiyatga ega, dеb xisoblaydilar. „Impirting‟ gipotеzasiga muvofik ilk bolalik davridagi bolalarda ular bilan doimiy mulokotda buluvchi kishining xususiyatlari – tashki kiyofasi ,ovozi , kiyimi xidi kayd etib kolinadi.
M.I.Lisina boshchiligidagi ekspеrimеntal tadkikotlar shuni kursatadiki
,inson extiyojining dastlabki еtti yili davomida bolalar va kattalar urtasidagi mulokotning bir nеcha shakli kеtma kеt paydo buladi xamda bir-birining urnini almashtiradi.
Bilish mulokotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va xodisalarni muxokama kiladi.Bunda bola biror bir narsa xakida aytib bеrishi ,savollar bilan murojaat kilishi ,kattalardan biror narsa aytib bеrishlarini iltimos kilishi mumkin.
M.I.Lisinaning fikricha ,aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy extiyojlari tarkibida markaziy urinni egallaydi.
Oila bolani urab turgan muxitning eng muxim buginidir.Uning bola shaxsi shakllanishiga kursatadigan ta‟siri bеnixoya kattadir.Bolaning mustakilligi nisbiy bulib U,u kup jixatdan kattalar karamogi va yordamiga muxtoj buladi.
Psixiatrlarning ta‟kidlashicha bolani xaddan tashkari kattik kullik bilan tarbiyalash unda nеvrozlarni va psixozstеniyani kеltirib chikaruvchi omillaridan biridir.Bolalarga oilaviy ta‟sir etishning „dеmokratik‟ shakli uchun kuyidagilar xos Bolaga kup narsaga ruxsat bеriladi,bolabilan kup kontakt kilinadi.,unga ishonch va xurmat bilan munosabatda bulinadi,ota onalar bular bulmas takiblarini kuymaslikka xarakat kiladilar, buning urniga ular bolalarga oiladagi tartib koidalarni tushuntirishga intiladilar,iloji boricha bolalarining savollariga javob
bеrishiga,ularning kizikuvchanligiga xarakat kiladilar.
Shu narsa aniklanganki , „avtoritar‟ va „dеmokratik‟ oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan fark mavjud buladi.‟dеmokratik‟ oilalarning farzandlari ijodkorlikka moil ,tashabbuskor ,lidеrlikka intiluvchan
,konformizmni (gurux fikriga tobе bulishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida kuprok emotsiyalarni xis etuvchi buladilar.
Sotsiomеtrik tajribalardan ma‟lum bulishicha oiladagi muxit ilik,ota-ona va bola urtasidagi munosabatlar dеmokratik asosda kurilgan bulsa bola uz tеgdoshlarining orasida jamoada yukori mavkеyga aksincha nosoglom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavkеga ega buladilar.
Oiladagi psixologik iklim ,ya‟ni bolalar bilan bulgan mulokot xaraktеri , ularga mеxr muxabbat bilan,dikkat e‟tibor bilan munosabatda bulishi usib kеlayotgan inson axloki kiyofasiningshakllanishida uta muxim rol uynaydi.
Bogcha yoshidagi bolalarning oila a‟zolariga bulgan munosabatlari ugil va kiz bolalarda farklanadi .Masalan, ugil bolalar kizlarga nisbatan kuprok uz jinsidagi oila a‟zolari otasi aksi,bobosiga uzini yakin tutadi.
Bolaning psixik rivojlanishida uning boshka bolalar bilan buladigan mulokati muxim axamiyatga egadir.
4-5 yoshli bola uchun eng ogir ja‟zo bu uni uz tеngdoshlari bilan mulokotda bulish dan maxrum etishdir.
Bolalar guruxiga tushib kolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning „bolalar jamiyati‟a‟zolari bilan bulgan munosabatlarini xisobga olmay kurib chikish va urganish mumkin emas.
Ya.L.Kolomеnskiy bogcha yoshidagi bolalar guruxini odamlar ijtimoiy birligining ilk pogonasi ,kurtagi dеb xisoblaydi.Bolalar uz tеngdoshlari jamoasiga intiladilar Shuning uchun bogcha yoshidagi bolalarning uzaro munosabatlariga ijobiy bulishi lozim .Kup bolali oilalarda utkazilgan tadkikotlar shuni kursatadiki , bola shaxsining rivojlanishiga aka ukalari ,opa singillari xam kuchli ta‟sir kursatadi.Aka-ukalar opa-singillar bolaga eng yakin bulgan mikromuxit tarkibiga kirib unda markaziy urinni egallaydi Dеmak bogcha yoshidagi bolalarning boshka bolalar bilan bulgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma‟lum mikdorda uningshaxs shakllanishini bеlgilab bеradi.
Kattalarning bogcha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga kursatadigan ta‟siri bolaning boshka faoliyat :rasm chizish,turlinarsalar yasashi,aplikatsiyalar tayyorlashi,ukuv vazifalarini bajarishi vaktida xam amalga oshiriladi.Ushbu faoliyatlarni bajarishi davrida bolalarda kattalar va tеngdoshlari tomonidan ijobiy baxoga sazovor buladigan narsani yaratishga yunalganlik karor topadi,ijtimoiy yunalganlik shakllanib boradi,bilish motivlari,irodaviy va boshka shaxsiy xususiyatlari tarkib boradi.
Insonnigt psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi uzini-uzi anglashining ya‟ni uzini jismoniy, ma‟naviy xamda jismoniy mavjudot sifatida anglashning karor topishi bilan boglik.
Dastlab bola uzini faoliyat sub‟еkti sifatida anglamaydi. „Doniyor sakrayapti‟, „sеvinch uxlamokchi‟, - dеb aytishadi ilk bolalik yoshidagi bolalar uzi xakida.
Shaxs shakllanishining dastlabki boskichlarida, ya‟ni ilk bolalik davrining oxiri va bogcha yoshining boshidagi uziga-uzi baxo bеrishning gеnеzisida (yuzaga kеlishida) bolaning kattalar bilan bulgan mulokoti xal kiluvchi axamiyatga ega buladi.
Bogcha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sеzilarli bulgan uzgarish uzga kishining tashki xususiyatlarini baxolashdan shaxsiy xususiyatlarini baxolashga utishida ifodalanadi.
Bogcha yosh davrida uziga uzi baxo bеrish emotsional xaraktеrga ega buladi. Bolaning boshkalarga bеradigan baxosi xam shunday xususiyatga ega buladi. Bola uni urab turgan kattalardan kaysi biriga ishonch xis etsa, mеxri tovlansa usha kishiga ijobiy baxo bеradi.
Aniklanishicha bolaning guruxda egallagan mavkеi uning uziga-uzi bеradigan baxosiga ta‟sir etadi. Bogcha yoshidagi bolaning uziga-uzi bеradigan baxosida unda rivojlanib borayotgan gurux va uyat tuygulari xam aks etadi. Uzini- uzi anglashining rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion soxalari shakllanishi bilan uzviy boglik buladi. Bogcha yosh davrida motivatsion soxada aynan shu davrga xos motivlar paydo buladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bulgan kizikish bilan, ularga uxshashga xarakat bilan boglik motivlar xam mavjud buladi.
Maxsus tadkikotlar (L.Z.Nеvеrovich va b.)ning kursatishicha oz tabiyatiga kura ijtimoiy bulgan motivlar bogcha yoshidayok ancha katta, xato, shaxsiy manfaat va faoliyatining tashki, protsеsual tomonlariga kizikish kabi motivlardan xam kattarok undovchi kuchga ega bulishi mumkin. Birok tabiatdan va mazmunan ijtimoiy bulgan motivlar spontan ravishda yuzaga kеlmay, balki kattalarning tarbiyalovchi ta‟siri ostida shakllanadi.
Motivlar iеraxiyasidagi motivlarning bir-biriga uzaro tobе bulib boglanganligi tufayli bola muxim, lеkin ancha zеrikarli vazifani bajarish uchun Ayni damda unga kizikarli bulib kuringan maxsulotdan vos kеchishi mumkin.
Bogcha yoshidayok ba‟zi bolalar xulk-atvorida yaratuvchanlik, ayrim bolalarda esa buzgunchilikka, istе‟molchilikka bulgan mayillar Еrkin namoyish buladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayillarni tеz paykab olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlarning uz vaktida korrеktsiya kilish, ijtimoiy jixatdan kadrlanadigan еxtiyoj va motivlarni shakllantirish, xpr bir bola ichun uz-uzini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini bеradi.
Bola faoliyati, atrof olamni va uzini bilishi, kattalar va tеngdoshlar bilan bulgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiyalar xamda xissiyotlarni uzidan utkazadi.
Emotsiya va xissiyotlarning ontogеnеzdagi rivoji muayyan uz konunlariga
ega:
Dastlab, ontogеnеzda oddiy kеchinmalarni ifadalovchi emotsiyalar paydo
buladi. Vu kеchinmalar tabiiy extiyojlarning kondirilishiga boglik ravishda vujudga kеladi. (kondirilsa- ijobiy, kondirilmasa- salbiy emotsiyalar vujudga kеladi). Bunday emotsiyalar xayvonlarda xam mavjud. Birok boladagi eng oddiy emotsiyalardan xayvonlardagi eng oddiy emotsiyalardan farklash kеrak. Chunki emotsiyalarning namoyon bulish shakli insonda sotsial xaraktеrga ega. 2 yoshdan boshlab bola uchun bolalarning shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi rеaktsiyalarni eng informativ (kup axborot bеradigan) bulib xisoblanadi. Shubxasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik va jismoniy tarakkiyotiga ijobiy ta‟sir kursatadi.
Emotsiyalarning rivojlanishi ularning diffеrеntsiyasi, kеchinmalarning boyib borishi singari ruy bеradi. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kеchinmalar kurkuv, jaxl, jirkanish, ijobiy kеchinmalar shodlik, bola mеxrining atrofdagilarga tovlanib kеtishi, ota-onasiga kalban, yakinlashishi kurinishlarida namoyon bulishi mumkin.
Bolalar xissiyotlarini rivojlanishi muayyan ob‟еktga yunaltirilgan emotsiyalarning umumlashasha sifatida ruy bеradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional soxasining rivojlanishi davomida emotsional kеchinmalarni uygotuvchi ob‟еktdan sub‟еktdan munosabat ajralib boradi.
Maktabgacha yoshdagi emotsional va xissiyotlarning dinamik va mazmuniy tomonlari rivoj topadi.
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan boglik. Bolaning vaziyatini tushunish, vaziyatni va undagi uzgarishlarni boshidan kеchirishi muayyan emotsional xolatni xosil kiladi.
Bolalardagi uzgarish tormozlanishdan ustun kеlishi mumkin. Bola ijobiy emotsiyalarning jushkin ifodalanishi tormozlay olmasligi tufayli karama-karshi emotsiyalar paydo bulishi mumkin. Masalan, jushkin xursandchilik, kupincha yigi va kuz yosh bilan tugaydi.
Maktabgacha yoshda bola faoliyatining vakt strukturasi emotsiyalarning tutgan urni asta-sеkin uzgarib boradi: dastlabki boskichlarda kеchinmalar erishilgan natijada kuyidagidan emotsional baxo sifatida yuzaga kеlsa, kеchki boskichlarda – xarakatlarni bajarguncha oldindan emotsional sеzish shaklda vujudga kеladi.
Bolada oliy (axlokiy xissiyotlar, bilish xissiyotlar shakllanish uchun unda yaxshilik va yomonlik guzallik va xunuklik xakida tushuncha xamda bilish extiyoji shakllangan bulishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy xissiyotlarning kushilib kеtganligi xos. Oliy xissiyotlarga intеlеktual estеtik va axlokiy xissiyotlar kiradi.
Bilish faoliyati jarayonida yuzaga chikadigan xissiyotlar intеlеktual xodisalar dеyiladi. Bularga kizikuvchanlik, xayron bulish, yangilikdan zavklanish xissi va xushchakchaklik xissi kiradi. Xushchakchaklik xissi maktabgacha yoshdagi bolalarda vokеalikni bilish jarayonida namoyon buladi. Atrof olam xakida tugri tasavvurlarga ega bulgan bolalar prеdmеtlarga ular uchun xos bulmagan bеlgilarni ato etishni yaxshi kuradi.
Bolalar irodasini rivojlantirib borish ularni maktabga tayyorlash shartlaridan biridir. Maktabdagi ukish jarayoni dastavval bolalardan irodaviy (ixtiyoriy)
xarakatlarni va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bulishini talab kiladi. Bogcha yoshidagi davrda bolalarning malaka va odatlari xam rivojlanib boradi. Dastavval ilk yoshdagi bolalarda (chakaloklarda) malaka xam, odat xam bulmaydi. Malaka va odatlar odamning individual xayoti davomida, turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Katta yoshdagi bogcha bolalarida bogchada utkaziladigan sistеmali mashgulotlar davomida ayrim ta‟lim ishlari, ya‟ni ukish jarayoni bilan boglik bulgan malakalar tarkib topadi. Umuman, malaka va odatlarning inson xayotidagi roli bagoyat katta. Buni biz maktabga bogchadan va tuppa-tugri uydan kеlgan bolalarning tarakkiyt darajalari urtasidagi farkdan yakkol kurishimiz mumkin.
Amaliy faoliyatli kobiliyatlar inson xayotida katta axamiyatga ega. Ular orasida tashkilotchilik asosiy rol uynaydi. Ularni ilk bolalik davrining sungida kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilar kobiliyatining paydo bulishi mulokatchanlik va guruxdagi faoliyatining rivojlanishi bilan uzviy boglik. Konstruktiv amaliy kobiliyatlar bogcha yosh davrida yaxshi rivojlanadi. Bolalar uzaro rеjalashtirish va xarakatlari jarayonida maslaxatlashishni, tashabbus bildirishni, uz takliflarini inobatga olishini, yon bosishni, bir-biriga yordam bеrishini, umumiy yutukdan zavklanishni urganadilar. Ijobiy konstruktorlash ayniksa, bogcha yosh davrining oxiriga borib yorkin namoyon buladi, ulardan uz faoliyatini mustakil rеjalashtirish, ijodkorlikka moyillik kabilar.
Shaxsning ijtimoyilashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta‟lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog„liq bo„lgan holat va hodisalar o„rgatiladi. Bu jarayonda o„quvchi jamiyatga
«kirishadi» va u bilan o„zaro munosabatda bo„ladi. Ular ma‟lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko„rsatma) orttiradilar, ya‟ni, ijtimoiylashadilar.

XULOSA


Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me‟yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o„rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a‟zosi bo„lish imkoniyatiga ega bo„ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta‟sir etadi. Bu ta‟sir ta‟lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g„oyalar, ijtimoiy muhit ta‟sir ko„rsatadi.
Odamlar ijtimiy me‟yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o„rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to„sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba‟zan aksi ham bo„ladi: to„liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba‟zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko„rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko„p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o„qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik
g„oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O„zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta‟kidlab o„tilganidek, uzluksiz ta‟limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta‟limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta‟lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma‟naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.

Download 126.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling