Bola shaxsini shakllantirishning
Download 53.98 Kb.
|
1403947738 48953
Bola shaxsini shakllantirishning muhim shart sharoitlari Reja : 1.Bolalar jamoasi xakida tushuncha. 2.Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari. 3 .Bolalar jamoasining shakllanishiga yorda m beruvchi omillar. 4.Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni takomillashtirish. Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma’lum bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о‘zi hamma kuch - xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо‘lishini talab etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va rolini tug‘ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib a’zosi bо‘lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir. Bolalar jamoasini shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab birgalikdagi faoliyat kо‘pincha dunyo bilan bog‘liq bulgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо‘lib, tez buziladi Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u bolalarga birgalikda о‘ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi о‘yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5 qiz qо‘g‘irchoq bilan «Oila» о‘yinini о‘ynaydi, tarbiyachi esa, ularga rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k. Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi. Ikkinchi xususiyat bolalar jamoasining barqaror bо‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi. Birgalikdagi faoliyat jarayonida о‘yin va mehnatdan keng foydalaniladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi hamma bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot о‘tkazayotgan jarayonda uning о‘zi hammaga kо‘rinib turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо‘lishi kerak. Tarbiyachi shunday mashg‘ulot jarayonida о‘rtoqlarining ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka, haqiqatgо‘ylikka о‘rgatadi hamda bolalarning о‘z tengdoshlariga xayrixoh munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi. Bolalyr jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalar о‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, о‘zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bо‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi. Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bо‘lib koladi, u boshqa bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bо‘lsa yon bosishi о‘rganib oladi. Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi kerak. Keyinchalik jamoada hayot tajribasining tо‘plapishi natijasida «men», «meniki» tushunchasining о‘rnini «biz», «bizniki» degan tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning о‘zini jamoa a’zosi deb tushunib olganidan va о‘z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga buysundira oladigan davridan boshlanadi. Yaxshi о‘rtoq bulish,- bu boshqalar bilan о‘zini bir qatorda qо‘yishi, ular tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish, shu bilan birga sen yolg‘iz emassan, sen tо‘g‘ringda boshqalar ham о‘ylaydi, senga boshqalar ham g‘amxо‘rlik qiladi degan ma’noni anglatadi. Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart - sharoitlar zarur hisoblashadi. Bular: bog‘cha xodimlarining о‘zaro xamjihat bо‘lishi; bolalar hayotini tashkil etish; о‘yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi hamda mikdor jihatdan ham bolalar soniga tо‘g‘ri kelishi; bolalarda о‘zaro ahillik, g‘amxurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar; bolalar uchun har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish; oila bilan mustahkam aloqa о‘rnatish, bolalarga xulq - atvor meyorlari va qoidalarini о‘rgatib borish. - bolalar о‘rtasida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish. Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasiga har doim katta odam rahbarlik qiladi. Bunda bolalarning harakatlari ma’lum tomonga yо‘naltiriladi, boshqariladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda . jamoatchilik munosabatlarining boshlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab guruhidir. Bunga bolalarning dо‘stlashishi, birga о‘ynash va mehnat qilish xohishi, qobiliyati, boshqalarning xohishi qiziqishi bilan hisoblashishi, bir-biriga yordam bera olishi, topshiriqni vijdonan bajarishi, narsa va buyumlarni asrashi kabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi. Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy yо‘naltirilgan hodda takllanishiga yordam boradi, bolada insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi. Bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulh-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim о‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq meyorlari va qoidalarini о‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga о‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni yoki telefon qilishni taklif etadi. Bogchada bolalarning tug‘ilgap kunlarini nishonlash an’anasi о‘zaro munosabatlarga samimiylik kiritadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xarakterning irodaviy xususiyatlari о‘z oldiga maqsad qо‘yib, unga erishish uchun esa har qanday qiyinchilikni yengib, boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, biror ishdan о‘zinii tiya bilish, ishda dalillikni tarbiyalash zarurdir. Bolalarning kayfiyati kо‘p jihatdan bog‘cha va uyda ular hayotining tashkil etilishi va mazmuniga bog‘liq. Sog‘lom bola kattalar singari о‘zining jismoniy kuchiga va umumiy rivojlanishi darajasiga qarab tо‘laqonli yashashga harakat qiladi. U xilma - xil kechinmalar, yangi tushuncha va tasavvurlarga tashna bо‘ladi. Buning uchun tarbiyachi bolalarni sira ishsiz va mashg‘ulotsiz qoldirmasligi kerak. Bog‘cha yoshi davrida ta’lim - tarbiya ishi tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, bolalarda avvalo intizomlilikni shakllantirishga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda intizomlilikni va xulq madaniyatini tarbiyalashda quyidagi shart - sharoitlar muhim. tarbiyachi ota - onalarning xulq madaniyati, ma’naviy yetukligi, obrо‘ –e’tibori hamda ularning о‘zaro munosabatlari; bolalar yashaydigan xona asbob-anjomlarning tо‘g‘ri joylashtirilishi; bolalar guruhida, ularning rivojlanishi, yosh xususiyatiga mos bо‘lgan о‘yinchoqlarning yetarli bо‘lishi, tarbiyalashda bolaning ongliligiga asoslanishi; tarbiyachining bolalar guruhida iltifotlilik xarakterini shakllantirish, ularni va tozalik hamda ozodalikka о‘rgatib borishi. Demak, ta’lim-tarbiya ishini tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, bolalarda bunday sifatlarning hammasi muyaaffaqiyatli shakllantiriladi. ADABIYOTLAR RO`YXATI: Download 53.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling