Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
bola-shaxsining-rivojlanishida-tarbiyaning-roli
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 46 BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA TARBIYANING ROLI S.S. Ismatova 1 , H.M. Shokirova 2 Maqolada tarbiya va bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli haqida ma’lumot berilgan. Kalit so`zlar: tarbiya, ta’lim, maktabgacha ta’lim, mehnat, o’yin, mashg`ulot. Tarbiya - inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarni ko`zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo`lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o`zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma- xil faoliyat turlarida ro`y beradi. Natijada bola o`zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o`zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo`lgan insoniy tajribani o`zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o`zlashtirish usullarini hali egallamagan bo`ladi. Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo`lgan mazmunni tanlaydi, uning o`zlashtirishiga rahbarlik qiladi, bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo`shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o`zi doimiy bo`lib qolmaydi. U o`zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o`zgaradi, o`sayotgan odam shaxsiga ta’sir ko`rsatish usullari tobora xilma-xil bo`lib boradi. Tarbiyaning o`zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog`liq bo`lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko`nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o`zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo`lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o`zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo`lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o`zlashtirish; buyum asosidagi o`yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta’lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg`a harakatlantiradi. Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o`tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog`liq bo`ladi, avval erishilgan bosqich yanada yuqoriroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo`shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo`ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko`zi ojiz va kar bolalar uchun mo`ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa, aniq namoyon bo`ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi. Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo`lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo`yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog`liq bo`ladi. Hayotning dastlabki yillarida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o`z ichiga oladigan yo`l-yo`riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo`ladi. Tarbiyachilar bolalar bilan muomalada bo`lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. 1 Ismatova Sayyora Sobir qizi - Shofirkon tuman 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston). 2 Shokirova Hikoyat Muhammmadovna - Shofirkon tuman 30-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston). Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 47 Shunday yo’l bilan bolalar o`ziga xos buyumlar bilan bog`liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o`zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi. Buyumlar bilan bog`liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha ta’lim muassasasida ham bir va ikki yoshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar to`g`risida dastlabki bilimlarni o`zlashtiradilar, bola ikki yarim yoshga to`lganda buyumlar bilan bog`liq faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o`yin va tasviriy faoliyatga o`tish uchun asos yaratiladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo`ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O`yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to`g`risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishga ko`maklashadi. Muntazam mehnat topshiriqlari o`z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo`ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko`nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Mashg`ulotlardagi eng oddiy o`quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko`nikmalarni shakliantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o`zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakliantirishga qaratilgan bo`ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O`zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o`yinlarda va mehnatda qo`llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishi ga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg`otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012. 2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО- ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38. © S.S. Ismatova, H.M. Shokirova , 2022. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling