Bola shaxsining shakillanishi
Download 28.09 Kb.
|
Bola shaxsining shakillanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Rolli o‘yin - bog‘cha yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo‘lib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarini umumlashtirgan xolda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tyygusi, o‘zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrofmuhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada o‘z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o‘xshatish tuyg‘usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo‘ladi va kattalarning xulq-atvori, yurish-turishining ham obyekti, ham subyekti hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b. Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s. Download 28.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling