Bo’lajak chet tili o’qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish


Download 50.08 Kb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi50.08 Kb.
#1328769
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мухамедова Гули НамДУ апрел 2023

TADQIQOT METODOLOGIYASI
O’qituvchining ijodkorligi u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondoshuvida aks etadi. So’nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jaraѐnini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati [5].
Pedagogning kreativlik kompetentligi uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’z-o’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ kompetentlik negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi.
Kreativ kompetentlik bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq. Pedagogning kreativ kompetentligi an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi [6, 7]:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o’ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
- zakovatli bo’lish.
Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo’lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshish;
- yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;
- ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.
Har bir pedagogning o’zini o’zi rivojlantirishi va o’zini o’zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq. Pedagogning kreativlik kompetentligini rivojlantirishda quyidagi metodlardan foydalanish samarali sanaladi (1-rasm) [8]:


Download 50.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling