Bo’lajak millionerga maslahatlar


Investitsiya qilish qoidalari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana09.01.2022
Hajmi1 Mb.
#258881
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]

Investitsiya qilish qoidalari. 

Agarda  siz  pullarni  sifatli  va  qiymati  doimiy  ravishda  o’sib  boradigan  real 

aktivlarga  investitsiya  qilish  maqsadida  jamg’arib  bormasangiz,  xech  qachon  boy 

bo’la olmaysiz. Boy odamlar avvalo pullarni maqsadga va aqlga muvofiq ravishda 

investitsiya  qiladilar  va  undan  so’nggina  qolgan  pullarni  sarf-harajatlari  uchun 

ishlatadilar.  Aslo  yodingizdan  chiqmasin: daromad  hayot  tarzini  anglatadi, boylik 

esa  aktivlar  bilan  o’lchanadi!  Agarda  sizning  olayotgan  daromadlaringiz  miqdori 

bir  yildagi  sarf-harajatlaringizdan  anchagina  ortib  ketsa,  demak,  siz  o’zingizni 

boyman  desangiz  bo’ladi.  O’z  daromadlaringizning  taxminan  70%  ga  yashashni 

o’rganing, qolgan qismini esa yigíb, ularga qimmatli aktivlarni sotib oling.  

Investitsiya qilganda nimalarga ahamiyat berish kerak bo’ladi? 

Investitsiya qilishning uchta asosiy tarkibiy qismi mavjud: 

 

Aktivlar qiymati vaqt o’sishi bilan ko’payishi kerak. 



  Aktivlar  dividend,  ijara  haqqi  yoki  foizlar  shaklida  daromad  keltirishi 

kerak. 



 

AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH 

  Tavakkalchilik  (risk)  qancha  miqdorga  ega  ekanligiga  e’tibor  berish 



kerak. 

Ushbu uchta elementni bitta investitsiyada kerakli miqdorda amalgam oshirish 

mumkin  emas.  Agar  kam  tavakkalchilik  darajasida  daromadning  tez  o’sishiga 

harakat qilsangiz, u xolda daromadning o’sishi juda kam miqdorda bo’ladi. Agarda 

ko’p  daromad  olishni  va  o’sish  miqdori  katta  bo’lishini  istasangiz,  u  xolda  katta 

tavakkalchilik darajasini tanlashingiz kerak bo’ladi.  




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling