Siz yayrab-yashnab yashashingiz kerak. Ayni zamonda va ayni makonda.
Agar boylik va kambag’allik orasida tanlov qilish zarur bo’lsa, xech ikkilanmay
boylikni tanlang. Kerak bo’lsa uning uchun tog’ oshing, suv keching. Shunaqasi
qaytanga qadrli va shirin bo’ladi! Moddiyat umrni sarflash uchun arzimaydi
deyishadi. Lekin kim aytadi boylik faqat moddiy foyda keltiradi, deb? Siz
nimagadir ahd qildingiz va unga erishdingiz – bu o’ziga xos ma’naviy qoniqish
hissini ham olib keladi. Bu muvaffaqiyat dollar shaklida keldi nimayu, jahon
adabiyoti durdonalaridan sanalmish kitoblar shaklida keldi nima? Biri ikkinchisiga
xalaqit bermaydi, ko’p o’rinlarda esa ular bir-birini taqozo qiladi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |