hozirdanoq atrofdagilarga o’zingiz haqingizda boy odam ta’asurotini qoldirishga
harakat qiling. Eng yaxshi kiyimingizni kiying, iloji boricha kundalik mayda-
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
chuyda harajatlarni qisqartiringu, kechki ovqatni yaxsi restoranda qiling. Kino,
teatr yoki konsertga tushing. Magazinlarni sayr qiling – biror narsa sotib olishingiz
shart emas. Shunchaki, sotuvchidan imkoni bo’lishi bilan sotib olgingiz kelayotgan
buyumingizni ko’rsatishini so’rang. Oq ko’ngil bo’ling. Esingizdan chiqmasin,
yomon hayollar qachondir o’z ijodkorlariga qaytadi. Bu yaxsi fikrlar va pullarga
ham tegishli. Bu hammaga ma’lum bulgan bumerang (qaytib kelish) qonunidir.
Haqiqatdan ham yordamga muhtojlarga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsating.
Har bir yaxshiligingizning javobi bo’ladi, bu koinot qonuniyatlaridan biridir.
Bergan pullaringiz yana ko’payib sizga qaytadi. Qilgan savoblaringiz yana
o’zingizga qaytadi. Shunday qilib, siz o’zingizni oliyjanob va badavlat his eta
borasiz va albatta, shunday odamga aylanasiz ham.
Do'stlaringiz bilan baham: